Energetika va atrof muhit Darsning maqsadi


Download 87 Kb.
bet1/6
Sana09.01.2022
Hajmi87 Kb.
#266378
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Energetika va atrof muhit Darsning maqsadi


Energetika va atrof muhit
Darsning maqsadi: rivojlanib borayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarishning tashqi muhitga ta’siri to`g`risidagi tushunchaga ega bo`lish.
Reja:

1. Energetika va energotashuvchilar haqida

2. Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri.

3. Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri

4. Atom elektr stansiyalarining ekologik ustivorligi.

5. Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari


Energetika va energotashuvchilar haqida

Energetika - bu energotashuvchilar quvvatidan foydalanib enegoresurslarni ishlab chiqarish, ularni o`zgarish, saqlash va ulardan foydalanish. Energoresurslarga sanoatda, transportda va elektr stansiyalarida hosil qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi.

Elektr energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo`lib, hozirgi kunda sanoat, transport, qishloq xo`jaligi va kundalik turmushimizni elektr quvvatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Sivilizasiya yuqorilab borayotgan, sanoat va transport rivojlanayotgan, Er yuzida demografik o`sish davom etayotgan sharoitda elektr energiyasiga bo`lgan talab benihoya tez sur’atlar bilan oshib borayapti. Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga oshayotgan bo`lsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-15 yil kifoya. Bunday talabning kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa o`z navbatida hozirgi zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko`mir, mazut, tabiiy gaz kabi organik yoqilg`ilarning sarfini yanada ko`paytirish, ularning zahiralarini kambag`allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvati ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organik yoqilg`ilar bo`lib, dunyo bo`yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy qismi (59%) shu yoqilg`ilarni issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr quvvati (23%) suv oqimi hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro zaryadi (17%) hisobiga atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda.

Yuqorida keltirilgan har uchchala energiya manbaining ham atrof muhitga u yoki bu darajada ta’siri bor. Ayniqsa organik yoqilg`ining yondirilishi muhitni tajovuzkor omillar bilan jiddiy ifloslaydi. Ma’lumotlarga ko`ra hozirgi kunda dunyoda olinayotgan jami energiyaning 90% organik yoqilg`ining yondirilishidan olinayotgan bo`lib, uning asosiy qismi elektr energiyasi olishga, qolgani esa sanoatga va transportning ichki yonish dvigatellarida hosil qilinayotgan boshqa turdagi energiya olinishiga sarflanadi. Bu maqsadlarda har yili 10 mlrd. tonnadan ortiq organik yoqilg`i yondirilmoqda. Undan muhitga 1 mlrd. tonnadan ortiq turli aralashma chiqindilar, shu jumladan sog`liqqa jiddiy xavf soluvchi kanserogen moddalar chiqarib tashlanmoqda. Keyingi yuz yil ichida yonishdan havoga 1,5 mln. tonnadan ortiq mishyak, 1 mln.t. kremniy, 900 ming t. kobalt, katta miqdordagi karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, qurum va boshqa aerozollar chiqarildi. Faqatgina azot oksidlarining yillik chiqarilishi 20 mln. tonnaga etdi. SHu o`rinda tarixga bir nazar tashlaydigan bo`lsak, eramizning XIV asrida London shahri xonadonlarida ko`mirning yonishidan havoning ifloslanayotganligini ko`rgan Angliya koroli Eduard II ko`mir yoqishni qat’iyan taqiqlagan va qoidabuzarlarga o`lim jazosi belgilagan.

Organik yoqilg`i mutaxassislik nuqtai-nazaridan qaraganda qimmatbaho kimyoviy xom ashyo hisoblanadi. Uning yondirilishi nafaqat ekologik vaziyatni yomonlashtiradi, balki shu bilan birga iqtisodiy zarar hamdir. Bu to`g`rida D.I. Mendeleev, organik yoqilg`ini yondirish-pulni yondirish demakdir, degan edi. Ammo, yuqorida aytilganidek, energiya tashuvchi asosiy vosita hozircha organik yoqilg`i bo`lib qolmoqda. Lekin bundan yoqilg`ining barchasi ham elektr energiyasi ishlab chiqarilishi uchun sarflanayapti degan fikr kelib chiqmaydi. Umumiy energobalansda elektr energiyasining hissasi turli mamlakatlarda turlicha. Masalan, AQSH ning umumiy energobalansida neft 44 % ni tashkil qilgani holda elektr quvvatining faqat 13% neftni yoqishdan olinadi. Ko`mirdan foydalanishda esa buning aksi – umumiy energobalansda ko`mirning hissasi atigi 22 % bo`lgani holda, mamlakatda ishlab chiqiladigan elektr energiyasining 52 % ko`mirni yoqish bilan olinadi. Ko`mirdan elektr energiyasi ishlab chiqarish buyicha etakchi o`rinni Xitoy egallaydi (75 %).

Organik yoqilg`ining yonishidan elektr energiyasi olish Rossiyada ham rivojlangan. Bu mamlakatda olinadigan elektr quvvatining 40 % tabiiy gazni yondirish hisobiga, 18 % ko`mirni va 10 % dan kamrog`i mazutni yoqishdan olinadi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarning umumiy energobalansida neftning o`rni yuqori bo`lgani holda, uning aksariyat qismi sanoat va transportga sarflanadi. O`zbekistonda ishlab chiqiladigan jami 48 mlrd. Kvt. s elektr energiyasining 80 % ekologik toza yoqilg`i - tabiiy gazni yoqishdan olinadi.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling