Energetika va konchilik ishi
Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar komplekti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Download 203.06 Kb.
|
sherzod qoziyev
3.2. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar komplekti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Bajaradigan vazifasi bo‘yicha uzluksiz ishlaydigan mashinalar komplekti ochuvchi (qoplama jinslarni qazib oluvchi) va qazuvchi (usti ochilgan foydali qazilmani qazib oluvchi) turlarga bo‘linadi. Qazuvchi komplektlar foydali qazilmani qazib olib uni razrezning chegarasiga tashib berishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunga ko‘ra qazuvchi komplektlar tarkibi uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalardan, ya’ni ekskavator (rotorli yoki zanjirli), qayta yuklagich (kavjoy va pog‘onalar aro o‘rnatiladigan), transport vositalari (konveyer, temir yo‘l yoki avtomobil) dan tashkil topgan bo‘ladi. Qo‘llanadigan transport vositasiga nisbatan komplektlar ekskavator-konveyer, ekskavator-temir yo‘l, ekskavator-avtomobil ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Qoplama jinslarni qazib olishga mo‘ljallangan komplektlar razrezda qo‘llanadigan qazish tizimi bo‘yicha transport-ag‘darma, transport yoki aralash variantlariga bo‘linadi. Razrezda qoplama jinslarni qazib olish natijasida ochilgan foydali qazilma zaxirasini qazib olishda ham uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar komplektidan foydalaniladi. Bunda komplektlar tarkibi rotorli ekskavator, kavjoy va pog‘onalar aro qayta yuklagich hamda konveyer transportidan tashkil topadi. Ekskavator-konveyer komplektida rotorli ekskavatorlar foydali qazilmani yuqoridan qazib olishda samarali ishlaydi, pastdan qazib olishda esa uning samaradorligi 20-25% kamayadi. Xar ikkala qazish usulida ham ekskavator qazib olgan foydali qazilmani yuklash konsoli orqali transport vositasiga yuklanadi. Agar ekskavator yuklash qismining chiziqli parametri qazib olingan kon massasini transport vositasiga yuklash uchun etarli bo‘lmasa, u holda kavjoy qayta yuklagichidan foydalaniladi. Pog‘onalar aro qayta yuklagichlar xar hil balandlikda joylashgan texnologik zanjir zvenolari orasida transport aloqasini o‘rnatish maqsadida qo‘llanadi. Masalan, ekskavator turgan maydonda yuqorida va pastda joylashgan kommunikatsiyalari o‘rtasida transport aloqasini o‘rnatishda. Bunda o‘ziyurar qayta yuklagichlardan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Unumdorligi yuqori bo‘lgan uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlardan foydalanib qazib olingan kon massasini temir yo‘l vagonlariga yuklanganda komplekt tarkibini rotorli ekskavator, o‘ziyurar qayta yuklagich tashkil qiladi va u quyidagi funksiyalarni bajaradi: » kon massasini ekskavatsiyalash va yuklash ishlarining o‘zaro mustaqilligini ta’minlaydi; » vagonlarga kon massasini temir yo‘l transporti uchun belgilangan miqdorda yuklashni ta’minlashni; » foydali qazilmani vagonning har bir o‘qiga tushadigan yukni barobar bo‘lishini ta’minlaydigan qilib yuklaydi; » yuklangan kon massasini vagonga to‘kilib ketmasligini oldini oladi; » turli balandlikda joylashgan transport vositasi va ekskavatorning o‘zaro texnologik bog‘liqligini, shuninigdek ya’ngi gorizontlar ochishni, transheyalar o‘tishni va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlaydi. Download 203.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling