Energetika va konchilik ishi
Razrezda ag‘darmalarni shakllantirish ishlari
Download 203.06 Kb.
|
sherzod qoziyev
Razrezda ag‘darmalarni shakllantirish ishlari.
Qazib olish texnologiyasi, transport va ikkilamchi kaolin ag‘darmani xosil qilishning hozirgi holati. Angren razrezini ochish ishlari tashqi ag‘darma va obyekt, hamda balandlikka bog‘liq ravishda 3 ta transheya orqali amalga oshiriladi. Ochish tranport tizimi - qoplama jinsni ichki va tashqi ag‘darmaga tashishdan iborat. Qoplama jinlarning umumiy xajmining atiga 2 % gravitatsion transport tizimi orqali tashiladi. Bunda pog‘ona balandligi 10-15 m ni, ishchi maydonning minimal eni 40-50 m ni tashkil qiladi. Ikkilamchi kaolin qoplama jins kabi qazib olinadi. Ikkilamchi kaolinni qazib olishda maydalash talab etiladi. Bunda EKG markali ekskavatorlardan foydalaniladi. Kon massasini burg‘ilashda 2SBSH-200 markali stanoklar ishlatiladi. Burg‘ilanadigan skvajinaning diametri 200 mm ni tashkil qiladi. Pog‘onalarda qazish ishlarida EKG-4,6, EKG-4u, EKG-8i i EKG-12,5 ekskavatorlaridan foydalaniladi. Tashish vositasi sifatida temir yo‘l transporti qo‘llaniladi. Temir yo‘l transporti yordamida tashilayotgan qoplama jinslar xajmi umumiy xajmning 67 % ini tashkil qiladi. Angren razrezining yuqori texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan biri pog‘ona balandligi va kovjoy kengligini to‘g‘ri tanlanganligidir. Pog‘ona balandligi quyidagi omillar bilan ifodalanadi: qo‘llanilayotgan ekskavatorning ko‘tsatgichlari va uning ishlash uslubi, kon jinsining fizik-mexanik xususiyatlari, qazib olinayotgan qatlamning qattiqligi va boshqalar. Yagona xavfsizlik qoidalarida pog‘onaning xafvsizlik balandligi belgilangan: pog‘ona balandigining chegaraviy qiymati: mexanik ekskavatorlar uchun yumshoq jinslarni qazishda - ekskavatorning maksimal qazish balandligi; qattiq jinslar uchun (qazish oldidan maydalash talab qilinadigan)- ekskavatorning maksimal qazish balandligidan 1.5 barobar balandlikkacha ortadi. Pog‘ona balandligi (qoida doirasida) razrezda ishchi pog‘onalar soni kamayishi hisobiga yuqori texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlanadi. Ichki ag‘darmaga tashilayotgan qoplama jinslar massasi kondan qazib olinayotgan umumiy ag‘darma jinslar massasining 23 % ini tashkil qiladi. Ichki ag‘darmaga tashilayotgan qoplama jinslarning 64 % i temiryo‘l, 36 % i avtomobil tranporti vositasida tashiladi. Avtomobil transporti sifatida yuk ko‘tarish qobilyati 40 va 75 tonna bo‘lgan BelAZ rusumdagi yuk mashinalaridan foydalaniladi. Ag‘darmani tartiblashda EKG-8i va ESH-10/70 ekskavatorlari ishlatiladi. Ichki ag‘darma razrez maydonining sharqi va janubiy- sharqida joylashgan. Qoplama jinslarni qazib olish joyidan ichki ag‘darmagacha bo‘lgan masofa 3-5 km ni tashkil qiladi. Download 203.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling