Energetika va konchilik ishi
Download 203.06 Kb.
|
sherzod qoziyev
2 KON-TEXNIK QISM
2.1 Razrezning kon-texnik sharoitlari va kon ishlarini olib borish to‘g‘risidagi umumiy malumotlar Angren ko‘mir koni qatlamlarining kon-geologik sharoitini hisobga olgan holda razrezda qoplama jinslarni ichki va tashqi ag‘darmaga tashishda temir yo‘l va avtomobil transportini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ko‘mirni va qoplama jinslarni qazib olishda pog‘ona balandligi 10-12 metrni tashkil qiladi. Ishchi maydon kengligi ish hajmiga bog‘liq ravishda 35-70 metr oralig‘ida o‘zgaradi. Janubiy - g‘arbiy, g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy ko‘chish jarayoni o‘zgarishi natijasida ko‘mir va kaolin pog‘onalari balandligi 8-15 metrgacha kamaydi. Ish fronti yo‘nalishi sharqdan g‘arbga yo‘nalgan. Ko‘mir qazib olish “Yuqori” kompleksda asosan EKG-4U ekskavatori yordamida temir yo‘l transportiga yuklanadi. Buning natijasida ko‘mirning maydalanishi 40-45 % ni tashkil qiladi. “Qalin” kompleksda pog‘onani qazib olish ekskavator yordamida konveyer transportiga yuklanadi. Qoplama jinslar ekskavator yordamida qazib olinib qulay tranport vositasi yordamida tashiladi. Xozirgi vaqtda pog‘onalarda qazib olish ishlarida EKG-5A va EKG-4U ekskavatorlari qo‘llaniladi. Qoplama jinslarni qazib olish va yuklashda EKG-4,6, EKG-4U, EKG-8I, EKG-12,5 i EKG-15 ekskavatorlari ishlatilmoqda. Angren ko‘mir konida qazib olinayotgan ko‘mirning portlovchanligi va qoplama jinslar tasnif jixatdan ikkinchi va uchinchi kategoriyaga ta’luqlidir. Bunday xolda qoplama jinlarni qazib olib olish vaqtida maydalash va portlatish usulidan foydalanishni talab etadi. Jinslarning qattiqligi prof. M.M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha 3-5 bo‘lgan xolda jinsning maydalanishi umumiy xajmga nisbatan 69 %, 5-7 bo‘lganda 31 % ni tashkil qiladi. Umumiy xajmga nisbatan maydalanish 4 % atrofida bo‘lganda oldindan yumshatish talab etilmaydi. Angren razrezada portlatish uchun burg‘ilashda SBR-160 i 2SBSH-200 stanoklaridan foydalaniladi. Angren razrezida qazib olish ishlari Yuqori va “Qalin” komplekslarda olib boriladi. Qazib olinayotgan ko‘mirning 61 % i “Qalin” kompleksga, 39 % i “Yuqori” kompleks hissasiga to‘g‘ri keladi. “Angren” razrezi maydoni o‘lchamlari ochish kengligi bo‘yicha 2.5 km, cho‘zilish bo‘yicha esa 4.5 km bo‘lib, 1-qidiruv uchastkasi va Angren shimoliy-garbiy uchastkalari oraligida joylashgan. Razrez maydoni shimoliy-garbiy tamondan Chotkol tizmalari bilan chegaralangan bulib, tog-yon bagrini Chet-su, Oktosh, Dukent va Kora-boy soylari kesib utgan. Ko‘mir konining yonidan Oxangaron daryosi oqib o‘tib, Sirdaryoga borib quyiladi. Ochish burchagining mavjudligi va er satxining relefining xisobga olsak, Razrez maydonida qoplama tog‘ jinslari qalinligi g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlarda ortib boradi. Masalan: razrezning 1-uchastkasida tog‘ jinsining qatlami og‘iligi 4.6 m3/t bo‘lsa, Shimoliy Angren uchastkasida bu ko‘rsatkich 8.5 m3/t gacha ortib boradi. Ko‘mir qatlami 2-80 qiya yotiqlikka ega. Xozirgi kunda qazish ishlari 230 m chuqurlikda, ochish ishlari esa 150m chuqurlikdan yukorida olib borilmoqda. Download 203.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling