Energetika va konchilik ishi
Angren ko‘mir konidagi foydali qazilmalar va razrezdagi ko‘mir zahirasi
Download 203.06 Kb.
|
sherzod qoziyev
2.2 Angren ko‘mir konidagi foydali qazilmalar va razrezdagi ko‘mir zahirasi
Angren ko‘miri qora rangli bo‘lib, yuquvchan, zichligi kam, yarim yaltiroq bo‘laklardan iborat kulchanligi yuqori, tez yonuvchan o‘z-o‘zidan yonuvchan. Razrezning balans ko‘mir zaxirasi qazb olish chegaralarida 574.3mln. tonnani tashkil qiladi. Butun Angren razrezi bo‘yicha umumiy zaxira hajmi 831.4 mln tonnani tashkil qiladi. Asosiy razrez maydonida esa sanoat zaxirasi 492.458 mln tonnani tashkil qiladi. Angren ko‘mir konidagi foydali qazilmalar.
Angren ko‘mir konining balans ko‘mir zaxirasi qazib olish chegaralarida 576,3 mln t ni tashkil qiladi. Angren razrezi bo‘yicha umumiy zaxira xajmi 831,4 mln.t. Razrezning asosiy maydonida sanoat zaxirasi 492,458 mln.t ni tashkil qiladi. Razrez maydonini ochish asosan yuqorigi pog‘onalarida janubdan Oxangaron daryosidan keltiruvchi kanal orqali yarim turg‘un to‘g‘ridan–to‘g‘ri zaezdlar vositasida, shimoliy chegaralarda avtomabil yo‘larining yarim turg‘un trasasi bo‘yicha karyerli stansiyadan yarim turg‘un, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaezdlar trasasi orqali razrezning sharqiy borti bo‘ylab olib boriladi. Pastki pog‘onalarini ochish ishlari quydagicha olib boriladi: janubdan to‘g‘ri zaezdlar orqali chiqish transheyasi bo‘yicha janubiy qanotdan yani turg‘un qismidan birlamchi kon jinsi yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek turg‘un sezdlar tuzilishi bilan janubiy qanot bilan ichki ag‘darmalarga shimoldan to‘g‘ri zaezdlar “Shtolnaya” stansiyasidan birlamchi kon jinsi yo‘qolishiga chiqiladi. “Qalin” kompleksi garizontlari quydagicha ochiladi: Janubiy uchastkada foydali qazilma konveyerli ko‘targich vositasida qiya (180) tunnel bo‘ylab uch kompleksli saralash stansiyasiga uzatiladi. Shimoldan esa konveyer transheyasi bilan ko‘mir ko‘targich orqali ortish kompleksiga uzatiladi. Shimoliy razrez tomonidan “Shtolnya-2” stansiyasiga keluvchi qiya stvol tonnelining umumiy uzunligi 727,5 m bo‘lib, qiyalik burchagi 150 ni tashkil qiladi. Download 203.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling