Energetika va konchilik ishi


Download 203.06 Kb.
bet3/18
Sana17.02.2023
Hajmi203.06 Kb.
#1208853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
sherzod qoziyev

1.3 Kondagi tog‘ jinslarining fizik-mexanik xarakteristikalari


Tuproqning unumdor qatlami faqat tabiiy holda uchraydi. Ajratilgan sugmenkalar ag‘darmalarni biologik rekultivatsiyasi uchun tuproq qatlamini yoki uchastkalar, yaylov va o‘tloqlarni hosil qilish uchun tuproq sifatida ishlatilishi mumkin.
Angren maydonida olib borilgan mukammal qidiruv ishlarida qazib olinayotgan qo‘shimcha foydali qzilmalar qishloq xo‘jaligini quydagi yo‘qotishlarda foydalanish uchun qabul qilingan.
Kulrang va har xil rangli kaolinlar tuproqli komponentlar sifatida quruq yo‘l qurishda portland sement va g‘isht ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ishlatiladi.
Kulrang kaolinlar qurilish keramikasi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Oloy va Turkiston qatlamlari ohaktoshlari va sement silikatlaridan iborat. Korbanat sifatida qurilish ohaklarini ishlab chiqarish mumkin.
Razrez maydonida “Qalin” kompleksining tarkibida eni 450-700 m anomal tuzilishga ega bo‘lgan bo‘lak mavjuddir. Bu bo‘lak kon ishlari olib borilayotgan “Appartak” uchastkasigacha cho‘zilgan. Bu bo‘lak kon jinslarini orliq qatlamlariga xosdir. Bu zonada ko‘mir qatlamlariga pachkasi 25-30% kamayadi.
Ko‘mir qatlami 2-80 qiya yotiqlikka ega. Xozirgi kunda qazish ishlari 250 m chuqurlikda, ochish ishlari esa 150m chuqurlikdan yukorida olib borilmoqda.
Razrezni ochish kapital transheya vositasida amalga oshirilgan. Kon jinslari pog‘onalari kapital transheya bilan to‘g‘ri se’ezdlar vositasida ochilgan.
“Qalin” kompleksning qazish gorizonti transport konveyrga ortish orqali olib boriladi. Konveyrlar ochiqda ko‘mir qatlamining ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, keyin qiya stvol orqali davom etib, “Jigariston” ko‘mir saralash punktigacha davom etadi.
Konni ekspluatatsiya qilish jarayonida razrezning g‘arbiy borti mustahkamligiga ta’sir etuvchi ilgari noma’lum qo‘shimcha uzilishlar, qatlam buzilishlari aniqlangan.
Kon “Yuqorigi” kompleksining o‘rtacha qalinligi 10 metrni tashkil qiladi. Pachkalar soni 1dan 8 gacha.
Qatlamlarning chang miqdori toq qatlamlarda 22%, juft qatlamlarda 16% ni tashkil qiladi.
“Qalin” kompleksi 4 ko‘mir pachkadan tashkil topgan.

  • Asosiy pachka 8÷11m

  • Yuqorigi pachka 5÷12m

  • O‘rta pachka 2÷3.5m

  • Pastki pachka 3÷6m

Chang miqdori 22% gacha.

Download 203.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling