Energetika va konchilik ishi
Lentali konveyerlar va ularning
Download 203.06 Kb.
|
sherzod qoziyev
3.3. Lentali konveyerlar va ularning
qo‘llanish sharoitlari Odatda lentali konveyerlardan potok va sikl-potok texnologiyalar bilan ko‘mir va yumshoq (yumshatilgan) kon massalarini qazib olishda keng foydalaniladi. Potok texnologiyasida lentali konveyerlar uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatorlar, qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchi uskunalar bilan bitta komplektda ishlatiladi. Sikl-potok sxemalarda esa lentali konveyerlar maydalab-qayta yuklovchi punktlardan keyin o‘rnatiladi. Maydalab-qayta yuklash punktlariga kon massasini avtomabil, temir yo‘l transporti vositalarida tashib keltiriladi. Hozirgi vaqtda yuqorida keltirilgan kon massasini qazib-yuklovchi, transportlovchi va maydalab-qayta yuklovchi uskunalardan tashkil topgan hamda ko‘mir va kon jinslarini potok texnologiyasida qazib olishni ta’minlaydigan komplektlar “Konsko-Achinsk”, “Kuzbass” (Rossiya) va “Ekibastuz” (Qozog‘iston) basseynlari razrezlarida keng qo‘llanilmoqda. Istiqbolli ko‘mir konlarini potok texnologiyasi bilan qazib olishda tashiladigan kon massasi ichida qattiq, abraziv va boshqa jins bo‘laklari ham uchrashi mumkin. SHuning uchun, bunday sharoitlarda ishlatiladigan lentali konveyerlarda kuchli dinamik bosimlarga chidamli va samarali ishlashni ta’minlovchi omillar ko‘zda tutilgan. Hozirgi vaqtda ko‘mir razrezlarida qo‘llanilayotgan konveyerlar quydagi tiplarga bo‘linadi: kavjoy-ag‘darma konveyerlari; statsionar konveyerlar; magistral konveyerlar; uzatuvchi lentali konveyerlar. Yumshoq kon jinslarini qazib olishda parametrlari katta diopozonga ega bo‘lgan lentali konveyerlardan foydalaniladi. Uzluksiz prinsipda ishlaydigan komplektlar uchun ko‘plab ishlab chiqariladigan lentali konveyerlarning tasdiqlangan tipaji bo‘yicha hozirgi vaqtda unumdorligi 1250 va 5250 /soat bo‘lgan lentali konveyerlar ishlab chiqarilmoqda va ko‘mir razrezlarida qo‘llanilmoqda. Masalan, Polsha xalq respublikasi ko‘mir razrezlarida unumdorligi 12500 /soat (“Belxatuv” razrezi), unumdorligi 10000 /soat (CHexiya ko‘mir razrezlarida), unumdorligi 17400 /soat, lentasining kengligi 2500 mm bo‘lgan lentali konveyerlar GFR (“Grayfenxayni” razrezi) va boshqa ko‘mir razrezlarida keng qo‘llanilmoqda. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda potok va sikl-potok texnologiyalar yordamida qazib olishda foydalaniladigan lentali konveyerlani quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: • vazifasi bo‘yicha- kavjoy, uzutuvchi (torsoviy), ag‘darma, magistral konveyerlari; • o‘rnatish tipi bo‘yicha- maxsus suruvchi mexanizm yordamida suriluvchi, o‘zining yurish uskunasi bilan bo‘ylama-suriluvchi, statsionar konveyerlar; • tashiladigan yuk tipi bo‘yicha- qoplama jinslarni transportlovchi va foydali qazilmani tashuvchi lentali konveyerlar; • o‘rnatish qiyaligi bo‘yicha- gorizontal, qiya va o‘ta qiya lentali konveveyrlar; • konveyerni uzunligini o‘zgarishi bo‘yicha- teleskopli (uzayiluvchi), teleskopsiz (uzaymaydigan). Karyerlarda qo‘llanayotgan lentali konveyerlarning qisqacha texnikaviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan. (3.2-jadval). Potok texnologiyasida ko‘mirni ochiq usulda qazib olish komplektining bosh uskunasi sifatida tanlab olingan rotorli ekskavatorning ekspluatatsion unumdorligini ta’minlash uchun, shuninigdek tadqiqot ob’ektining kon-texnik va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda ushbu dissertatsiya ishida qazib olingan ko‘mirni tashish uchun 2LU-120A rusumli lentali konveyer tavsiya qilingan. 3.2-jadval
Uzluksiz ishlaydigan texnologik komplektlar tarkibida qo‘llanilganda, nazariy unumdorligi ekskavator nazariy unumdorligidan 20-30 % ko‘p bo‘lgan konveyerlar tanlab olinadi. Lentali konveyerlarning asosiy parametrlarini ularning nazariy unumdorligi, lentaning kengligi va xarakatlanish tezligi tashkil qiladi. Bu parametrlar o‘zaro quydagicha bog‘liq bo‘ladi: Q = 3600 * F * v va Q = C*v, bunda Q – yumshoq kon massasi bo‘yicha nazariy unumdorlik, /soat; F – lentada tashilayotgan kon massasi ko‘ndalang kesim yuzasi, ; v – lentaning xarakatlanish tezligi, m/sek; S – lenta novini (lotogini) to‘lganligini ifadolovchi o‘lchamsiz koeffitsient; lenta kengligi, m. Lenta kengligi dastlabki qabul qilingan lenta xarakatlanish tezligi bo‘yicha, yuqoridagi ifodalarni xisobga olgan xolda tanlab olinadi. Zamonaviy razrezlarda razrez ichi va undan tashqarida o‘rnatiladigan suriluvchi hamda statsionar konveyerlar uchun, tashiladigan yuk ko‘rinishlari bo‘yicha lentaning xarakatlanish tezligi quydagi miqdorlarda tavsiya etiladi: – ko‘mirni tashishda→ 4,5-4 m/sek, gacha; – tarkibida qattiq bo‘laklar bor yumshoq jinslarni tashishda → 5,5-6,5 m/sek, gacha; – rotor ekskavatoridagi konveyerlarda → 4,5 m/sek, gacha; – qayta yuklovchi, ag‘darma hosil qiluvchi va transport-ag‘darma ko‘priklaridagi konveyerlar uchun → 7-10 m/sek, gacha. Taxminiy hisoblashlar uchun lentali konveyerlarning nazariy unumdorligi quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi: Q = 525v – gorizontal o‘rnatilgan konveyerda; Q = 525v – qiya o‘rnatilgan konveyerlarda. O‘rnatilish qiyalik burchagi dan katta bo‘lganda konveyerlarning yuk o‘tkazish qobiliyati (lenta unumdorligi) kamayadi. Lentali konveyerlar unumdorlik koeffitsientinining o‘rnatilish burchagiga nisbatan kamayishi quydagicha: konveyerni o‘rnatish qiyalik burchagi, gradus… 10, 12, 14, 1 6, 18, 20. koeffitsientining qiymati………………… 1,0, 0,98, 0,96, 0,94, 0,92, 0,9. Tanlab olingan lentali konveyerning nazariy unumdorligini aniqlash: a) gorizontal o‘rnatilgan konveyeruchun. Q = 5253,15557*3,151754,55 /soat; b) qiya o‘rnatilgan konveyerlar uchun Q = 5253,15= 534,7*3,15= 1684,4 /soat. Download 203.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling