Energetika va konchilik ishi


Download 203.92 Kb.
bet2/18
Sana04.02.2023
Hajmi203.92 Kb.
#1165341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ANGREN KO\'MIR

GEOLOGIK QISM

O‘zbekistondagi ko‘mir konlarida qazish ishlarida qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalar tahlili


1.1 Angren ko‘mir koni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Angren ko‘mir razrezi Toshkent shaxridan 110 km janubiy-sharqda Oxangaron daryosining vodiysida joylashgan. Kon maydoni 70 kv.km. ni tashkil qiladi. Rel’efning balandlik nuqtalari kon xududida 850m dan 1300 m gacha asosiy suv manbai bo‘lib Oxangaron daryosi xisoblanadi.
Angren razrezidan yuqorida daryo suv okimining boshkarib turilishi uchun to‘g‘on qurilgan.
Daryo razrez borti orqali tunel vositasida yo‘naltirilgan.
Xudud iqlimi o‘ta kontinental bo‘lib o‘rtacha yillik xarorat +13,10 ni tashkil kiladi. Seysmologik kursatgichlari buyicha xudud 8 balli zonaga kirtilgan. Kondagi yillik o‘rtacha temperatura.
Iyul oyida +27oS
Dekabr oyida -12oS
Maksimal xarorat + 42.6oS
Minimal xarorat -27oS
Yillik yog‘ingarchilik 445.2÷855.3 mm.
Razrez maydoni tog‘ jinslari minimal soz tuproq, qum, maydalangan xarsang toshning shag‘al va qum aralashmasi, qumloq va qumli tuprok materialli mayda xarsang toshli konchimeratlar, mergillar, oxaktoshlar, xar xil rangli va kulrang kaolinlar, qurigan kvars porfirasi shaklida namoyon bo‘ladi.
Geologik tuzilishi bo‘yicha Angren kon maydoni paleozoy, yura bo‘r, paleogen neogen va to‘rtlamchi katlamni o‘z ichiga oladi. Yura katlamlari tarkibi asosan ko‘mir svitamaridan tashkil topgan.
“Yuqorigi” ko‘mir kompleksi ko‘mir qatlamlari kon jinslari bilan aralash holatda uchraydi. Bu kopleks ko‘mir qatlamlari qalinligi quydagi tartibda joylashgan.
VI-qatlam yukorigi 0.8÷2.5m
V-qatlam yukorigi 1.1÷1.2m
V-qatlam pastki 0.5÷0.8m
IV-qatlam pastki 1.4÷2.3m
I II-qatlam yukorigi 1.5÷2.5m
III-qatlam pastki 1.7÷2.1m
I1-qatlam pastki 1.1÷2.2m
I-qatlam pastki 3.2÷5m



Download 203.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling