Energetika va konchilik ishi


Konning qisqacha geologik


Download 203.92 Kb.
bet3/18
Sana04.02.2023
Hajmi203.92 Kb.
#1165341
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
ANGREN KO\'MIR

1.2 Konning qisqacha geologik tavsifi.


Geologik tuzilishi bo‘yicha Angren koni maydoni paleozoy, yura bo‘r, paleogen neogen va to‘rtlamchi qatlamni o‘z ichiga oladi. Yura qatlamlari tarkibi asosan ko‘mir svitalaridan tashkil topgan.
“Angren” razrezi maydoni o‘lchamlari ochish kengligi bo‘yicha 2.5 km, cho‘zilish bo‘yicha esa 4.5 km bo‘lib, 1-qidiruv uchastkasi va Angren shimoliy-g‘arbiy uchastkalari oralig‘ida joylashgan.
Razrez maydoni shimoliy-g‘arbiy tamondan Chotqol tizmalari bilan chegaralangan bo‘lib, tog‘-yon bag‘rini Chet-su, Oqtosh, Dukent va Qora-boy soylari kesib o‘tgan.
Ko‘mir konining yonidan Oxangaron daryosi oqib o‘tib, Sirdaryoga borib quyiladi. Ochish burchagining mavjudligi va еr satxining relefining hisobga olsak, Razrez maydonida qoplama kon jinslari qalinligi g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishlarda ortib boradi. Masalan: razrezning 1-uchastkasida kon jinsining qatlami og‘iligi 4.6 m bo‘lsa, Shimoliy Angren uchastkasida bu ko‘rsatkich 8.5 m gacha ortib boradi.
Ko‘mir qatlami qalinqligi va tuzilishi bo‘yicha “Yuqori” va “Qalin” komplekslarga ajratilgan. “Yuqorigi” kompleksining o‘rtacha umumiy qalinligi 21.6 m ga teng bo‘lib, sof ko‘mir qatlamlari kon jinslari bilan aralashgan xolda uchraydi.
“Qalin” kompleksining o‘rtacha qalinligi 31,81 metrni tashkil qiladi.
Bu kompleksda sof ko‘mir kon jinslari bilan kamroq aralashgan umumiy ko‘mir massasining 85-95% ni tashkil qiladi.


1.3 Kondagi tog‘ jinslarining fizik-mexanik xarakteristikalari


Tuproqning unumdor qatlami faqat tabiiy holda uchraydi. Ajratilgan sugmenkalar ag‘darmalarni biologik rekultivatsiyasi uchun tuproq qatlamini yoki uchastkalar, yaylov va o‘tloqlarni hosil qilish uchun tuproq sifatida ishlatilishi mumkin.
Angren maydonida olib borilgan mukammal qidiruv ishlarida qazib olinayotgan qo‘shimcha foydali qzilmalar qishloq xo‘jaligini quydagi yo‘qotishlarda foydalanish uchun qabul qilingan.
Kulrang va har xil rangli kaolinlar tuproqli komponentlar sifatida quruq yo‘l qurishda portland sement va g‘isht ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ishlatiladi.
Kulrang kaolinlar qurilish keramikasi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Oloy va Turkiston qatlamlari ohaktoshlari va sement silikatlaridan iborat. Korbanat sifatida qurilish ohaklarini ishlab chiqarish mumkin.
Razrez maydonida “Qalin” kompleksining tarkibida eni 450-700 m anomal tuzilishga ega bo‘lgan bo‘lak mavjuddir. Bu bo‘lak kon ishlari olib borilayotgan “Appartak” uchastkasigacha cho‘zilgan. Bu bo‘lak kon jinslarini orliq qatlamlariga xosdir. Bu zonada ko‘mir qatlamlariga pachkasi 25-30% kamayadi.
Ko‘mir qatlami 2-80 qiya yotiqlikka ega. Xozirgi kunda qazish ishlari 250 m chuqurlikda, ochish ishlari esa 150m chuqurlikdan yukorida olib borilmoqda.
Razrezni ochish kapital transheya vositasida amalga oshirilgan. Kon jinslari pog‘onalari kapital transheya bilan to‘g‘ri se’ezdlar vositasida ochilgan.
“Qalin” kompleksning qazish gorizonti transport konveyrga ortish orqali olib boriladi. Konveyrlar ochiqda ko‘mir qatlamining ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, keyin qiya stvol orqali davom etib, “Jigariston” ko‘mir saralash punktigacha davom etadi.
Konni ekspluatatsiya qilish jarayonida razrezning g‘arbiy borti mustahkamligiga ta’sir etuvchi ilgari noma’lum qo‘shimcha uzilishlar, qatlam buzilishlari aniqlangan.
Kon “Yuqorigi” kompleksining o‘rtacha qalinligi 10 metrni tashkil qiladi. Pachkalar soni 1dan 8 gacha.
Qatlamlarning chang miqdori toq qatlamlarda 22%, juft qatlamlarda 16% ni tashkil qiladi.
“Qalin” kompleksi 4 ko‘mir pachkadan tashkil topgan.

  • Asosiy pachka 8÷11m

  • Yuqorigi pachka 5÷12m

  • O‘rta pachka 2÷3.5m

  • Pastki pachka 3÷6m

Chang miqdori 22% gacha.

Download 203.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling