Malakaviy amalyot hisoboti rejasi kirish 2 Konning qisqacha geologik tavsifi
Download 326 Kb.
|
shaxta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Elektrovozlar ishlash prinsipi va ular yordamida yuk tashish 9 7 Konni shamollatish 12 8. Suv chiqarish qurilmasi 13 9. Elektr ta`minoti 13
MALAKAVIY AMALYOT HISOBOTI REJASI 1. 1.Kirish 2 2. Konning qisqacha geologik tavsifi. 3 3. Ko`chbuloq konining texnologiyasi sharoitlari 4 4. Shaxta maydonini ochish 6 5. Shaxtada qo’llaniladigan qazib olish tizimi 7 6. Elektrovozlar ishlash prinsipi va ular yordamida yuk tashish 9 7 Konni shamollatish 12 8. Suv chiqarish qurilmasi 13 9. Elektr ta`minoti 13 KirishTexnika va texnologiyalar jamiyat hayotining barcha sohalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan hozirgi zamonda davlatlarning rivojlanish istiqbollari ko’p jihatdan foydali qazilmalar bilan nechog’lik boyligiga bog’liq. Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda. Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25 yilda mineral xomashyo ishlatish hajmi ancha o‘sdi. Dunyo bo’yicha neft va gazga bo’lgan talab 5 barobar, temirga bo’lgan talab esa 3 barobar oshdi. O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Unda Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan. O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming yetti yuzga yaqin koni mavjud. Mamlakatimizning mineral xomashyo salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5 mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30 yilgacha qoplaydi. Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda 4-o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi. Oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon boshiga ishlab chiqarishda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 tonnadan oshadi. Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming tonna mis qazib olinmoqda. Respublikamizda konchilik sanoati rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar mavjud. Foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdordagi tabiiy va mineral xom-ashyo zahiralari yirik konlarda to’plangan. Ularni qazib olingan joining o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor. Konlarning ko’pchiligini ochiq usulda qazib olish mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan soda. Bundan tashqari mamlakatimizda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura, malakali kadrlar, konchilik sohasi mutaxassislarini tayyorlovchi oily va o’rta-maxsus o’quv yurtlari tizimi mavjud. Ko’pgina foydali qazilmalar konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo’llariga va hududlar o’rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan, suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalarni tashish uchun quvur transportiga ega Download 326 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling