Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Download 262.31 Kb.
bet1/18
Sana20.06.2023
Hajmi262.31 Kb.
#1630181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
5 kurs ishi E.I.ABTIV tayyor



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK QURULISH INSTITUTI

ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH” FAKULTETI



INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
Axborot boshqarishni instrumental vositalari ” fanidan
Kurs ishi
Bajardi Ergashev Ibrohimjon ______
Amaliyot rahbari Imamnazarov. E ______
Maruzachi Imamnazarov.E ________
Rais To’xtasinov. M ______


Namangan-2021


MUNDARIJA
Kirish
Asosiy qism
I bob. Texnik ob’yektlarni boshqarishda mikrokontrollerlarni roli

    1. Mikrokontrollerlar arxitekturasi...................................___

    2. Bir kristalli mikrokontroller asosiy xarakteristiki va sinflanishi......................................................................................___

    3. Mega va Tiny AVR mikrokontrollerlari........................___

    4. Masalaning qo`yilishi........................................................___

II bob. Mikrokontrollorlarni printsipial sxemasini ishlab chiqish
2.1. Mikrokontrollerlar uchun Flowcode (Windows) dasturi...........................................................................................___
2.2. FLOWCODE dasturidan foydalanib, mikrokontrollorlarni printsipial sxemasini ishlab chiqish tehnologiyasi...........................___

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
ilova
Kirish.
“XXI asr axborot texnologiyalari asri” - degani kabi butun jahon taraqqiyoti tobora axborot - texnologiyalari bilan tez sur’atda rivojalanib bormoqda. Xususan biz kabi yoshlarni zamon talabiga javob beruvchi mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Informatika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi kadrlariga katta talab mavjud. Ma’lumki, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga eng birinchi turtki juda murakkab hisoblashlarni tezda bajarishga tug’ilgan katta ehtiyojdir. II jahon urushi oxirlaridan boshlab hisoblash texnikalari rivojlantirilib borildi. Hozirgi paytda esa juda tez hisoblovchi shaxsiy kompyuterlarning paydo bo’lishi hisoblash sohasida sezilarli yangiliklarni ta’minlamoqda. Jumladan, katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kompyuter qurilmalari va texnikasi yildan - yilga rivojlanib bormoqda. Bularga misol qilib, mikroprosessor, tizimli blok,operativ xotira va hokazolarni keltirish mumkin. Ushbu dastur sanoatda qo’llaniladigan avtomatik elementlari qurilmalari tarkibiga kiruvchi: turli datchiklar o’zgartirgichlar, etuvchi mexanizmlar, jumladan zamonaviy harorat, namlik, bosim, sarf va boshqa mexanizmlar, transformatorlar, sinxron va asinxron dvigatellarni tuzilishi va ishlash printsiplarini, hamda zamonaviy mikroprotsessorli qurilmalarni: mikroprotsessor, mikrokontrollerlar, ularning arxitekturalari, sinflari, yaratilish texnologiyalari, dasturlash tillari kabi materiallarni bulardan tashqari virtual laboratoriya o’z ichiga olgan. Bundan tashqari instrumental vositalardan foydalanib boshqarish tizimlarini yaratilishi, ularni sintez va analiz qilish usullari ko’rib chiqilgan hamda fan tarihi va rivojining tendentsiyasi, istiqbolli va respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va xududiy muammolarning fanning rivojlanish istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi. Axborot boshqarish tizimlarining instrumental vositalari ixtisoslik fani hisoblanib 4,5 va 6 – semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (oliy matematika, fizika, texnik tizimlarda axborot texnologiyalari) va umumkasbiy (axborotlarga ishlov berishni algoritmlash, muhandislik dasturlari, elektronika va sxemotexnika, kompyuter tizimlari va telekkommunikatsiyalar) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.
Mikroprotsessorlar kursining maqsadi mikroprotsessor tizimlarining tuzilish prinsipi va turli funksional murakkab, ya’ni mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlar asosida boshqariladigan qurilmalarning ishlatilishini o‘rganishdir.
Mikroprotsessorlar kursi dasturga mos ravishda nazariy materiallar, nazorat ishlari, laboratoriya ishlari va kurs ishlarini o‘z ichiga oladi. Nazariy materiallarning o‘zlashtirilishini osonlashtirish uchun ushbu ishda uslubiy ko‘rsatmalar, adabiyotlarga murojaat, ayrim hollarda esa savolning kengroq yoritilishi ,hamda talabaga berish uchun mavjud bo‘lgan adabiyotlardan birini tanlab olish imkonini beruvchi bir nechta adabiyotlar ko‘rsatib o‘tilgan. Mikroprotsessorlar kursi ikki kismga bulingan.
Birinchi qisimda mikroprotsessorlar, ularning arxitekturalari, turlari, ishlash prinsiplari va ular uchun assembler tilida dasturlar yaratish tamoyillariga qaratiladi. Birinchi qisimdan olingan bilimlarni umumlash uchun talablarga uch savoldan iborat bo’lgan nazorat ishi beriladi.
Ikkinchi qisimda mikrokontrollerlar, ularning ish prinsiplari, mikrokontrollerlar asosida ishlaydigan qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratish. qurish prinsiplari va ularni ishlatilish qoidalari ko‘rib chiqiladi. Mazkur kurs ishi maxsus dasturiy tillarda va FlowCode dasturidan muhitlardan foydalangan holda yaratilib, real qurilmalarga sozlash etaplari buyicha amaliy malaka oshirishga mo‘ljallangan.



Download 262.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling