Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar


Download 69.47 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi69.47 Kb.
#213105
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy dasturlar paketlari

Ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar: MMDS, MES ishlab chiqarishni moslashuvchan qiluvchi, uni bozor talablariga moslashuvini tezlashtiruvchi, tsexlar ishini nazorat qiluvchi amaliy dasturlar paketlar.

Mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi hamma jarayonlar buyum detallarini loyihalashdan boshlab to foydalanuvga tayyor mahsulotni olguncha bo’lgan paytining zanjirini boshqaruvchi amaliy dasturlar paketlar: ERP tizimlari va boshqalar.

Ko’pchilik muammoga yo’naltirilagn amaliy dasturlar paketlar kompleksining narxi juda qimmat (ba’zan 1mln. dollardan ham yuqori). Lekin shunga qaramay, ko’pgina G’arb firmalari o’z ish jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida muammoga yo’naltirilgan kompleks amaliy dasturlar paketlardan unumli foydalanish yo’lidan bormoqdalar.

Nosanoat sohasidagi muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketlarga qo’yiladigan talablar ham sanoat sohasidagi amaliy dasturlar paketlarga qo’yiladigan talablarga ko’pchilik hollarda mos tushadi: ko’p satxli integrallashgan tizimlarni yaratish.

Muammoga yo’naltirilgan amaliy dasturlar paketlari ma’lum bir sohadagi muammoni amalga oshirishga mo’ljallangan. Masalan, buxgalteriya hisobi amaliy dasturlar paketi EHM da quyidagi ishlarni amalga oshirishga imkon beradi: ish xaqi hisobi, turli vedomostlarni shakllantirish, har bir xizmatchining har oyga hisob kvitantsiyasini chop etish va hokazo.

SHaxsiy EHM ning ko’pgina amaliy dasturlar paketlari ham muammoga yo’naltirilgan paketlar turkumiga kiradi. Paketning asosiy maqsadi biror muammoni echishda foydalanuvchini EHM bilan «do’stona aloqa» muhitini yaratishdan iborat bo’lib, u muloqot shaklida tashkil etilib, uning tezligi foydalanuvchini qoniqtiradigan bo’lishi kerak.

Amaliy dasturlar paketlari alohida modullardan, etakchi dasturdan ko’pgina

«monitor» deb ataluvchi etakchi dastur amaliy dasturlar paketlarni modullar ishini tashkil etadi. Foydalanuvchining ko’rsatmalariga ko’ra boshqaruvchi dastur kerakli modullarni tanlaydi va ishchi dasturni shakllantiradi. Ishchi dastur to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchi vazifasini bajaradi, chiqish sonlarini kerakli shaklda tayyorlaydi va ularni foydalanuvchiga taxlil uchun chiqarib beradi. Kerakli amaliy dasturlar paketlarni chaqirish va u yordamida kerakli axborotni qayta ishlash operatsion tizim boshchiligida amalga oshiriladi.

Ayrim muammo sohaga tegishli amaliy dasturlar paketlariga AO Diasoft firmasi mahsulotlari : buxgalteriya hisoboti, moliya menejmenti, xuquqiy tizimlar va

h.k. kiradi.

Moliyaviy menejment amaliy dasturlar paketlari firmalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish va taxlil qilish zaruriyati orqasida paydo bo’ldi. SHu sinfga mansub bo’lgan amaliy dasturlar paketlar EDIP (TSentrinvest Soft), Alьt moliyaviy (Alьt), moliyaviy taxlil (Info-Soft) FOCCAL (TSentrinvest Soft) larni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Xuquqiy ma’lumotnomalar tizimlari amaliy dasturlar paketlari uzluksiz ravishda to’lib boruvchi katta miqyosdagi qonunshunoslik axborotlari bilan unumli ishlash uchun xizmat qiladi. Bunday amaliy dasturlar paketlarga «Konsulьtant Plyus», «Garant», «Pravo» va boshqalar kiradi.

Keng qamrovli hisoblash tarmoqlarining asosiy vazifasi foydalanuvchining xudud bo’yicha yoyilgan umumtarmoq zahiralariga ma’lumotlar bazasiga, axborot uzatishga va boshqa ishlarga qulay, puxta erishish imkoniyatiga ega bo’lishdir.

Misol tariqasida keng qamrovli Internet tarmog’ida ishlatiladigan standart amaliy dasturlar paketlarni keltirish mumkin:



  • to’g’rilash va kiritish vositalari - Nets Cape, Internet Explorer;

  • elektron pochta (Mail), masalan Eudora.

Bank faoliyatidagi halqaro tarmoqlarda ma’lumotlarni tayyorlash va uzatish uchun quyidagi standart amaliy dasturlar paketlar keng tarqalgan: Swift, Sprint, Reuters.

Hisoblash jarayonini ma’muriylashtirishni tashkil etishni ta’minlash uchun 50

% dan ortiq dunyo tizimlaridagi EHM larning lokal va global tarmoqlarida Bay Networks (AQSH) firmasining amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi, ular ma’lumotlari, kommutatorlar, kontsentratorlar, marshrutizatorlar, xabarlar grafiklarini ma’muriylashtirishni boshqaradi.

SHunday qilib, tizimli va amaliy dasturlar ta’minoti foydalanuvchining dasturlari uchun axborotni qayta ishlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Undan tashqari amaliyotda ba’zan shunday asl nusxa masalalar uchraydiki, ularni echish uchun amaliy dasturlar paketlari qo’l kelmaydi. Bunday hollarda ushbu masalalarni echish uchun masalani echish shartlarini inobatga oluvchi maxsus dastur tuziladi va EHM da echiladi.



  1. Download 69.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling