Energitikaning sanoatdagi o'rni reja
Rivojlangan mamlakatlarda elektr energiyaning tarixi
Download 381.69 Kb.
|
ENERGITIKANING SANOATDAGI O\'RNI
2. Rivojlangan mamlakatlarda elektr energiyaning tarixi
Benjamin Franklin 1706 yilda tug‘ilgan. Uning elektr energetika to‘g‘risi-dagi kashfiyoti barchaga ma’lumdir. U 1750 yildan boshlab elektr energetika sohasini o‘rganib boshlangan. Uning kalxat deb nomlanuvchi eksperimenti, shu jumladan, uning kuzatuvlari natijasi elektr energetika tabiatini tasdiqlangan. U yashinning juda kuchli va xavfli ekanligini juda yaxshi bilar edi. U yashin ener-giyasidan himoyalanish maqsadida quruq ipakdan izolyasiya sifatida foydalanishni tavsiya etgan1. 1750-1850 yillar oralig‘ida Volta, Kulon, Gauss, Genri, Faraday kabi boshqa taniqli kashfiyotchi-olimlar tomonidan elektr va magnetizm to‘g‘risida ko‘plab buyuk kashfiyotlar kashf qilindi. Ushbu kashfiyotlar asosida elektr tokini magnit maydon hosil qilishi, ya‘ni elektr tokining oqishi hisobidan sim atrofida magnit maydon hosil bo‘lishligi aniqlandi. Bu esa, o‘z navbatida batareya (1800), elektr generator (1831), elektr motor (1831), telegraf (1837) va telefon (1876) kabi boshqa ko‘plab qiziqarli kashfiyotlar hamda ixtirolarni kashf qilinishiga olib keldi. Shunga o‘xshash kashfiyotlardan biri 1879 yilda Tomas Edison tomonidan kashf qilindi, ya‘ni bugungi kunda jamiyatimizda juda keng doirada foydalanayotgan ixtirolardan biri-lampochkani kashf qildi. 1882 yilga kelib 24 soat davomida Nyu-York kabi yirik shaharlarni yoritish, transport va boshqa sanoat korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun elektr motorlarga bo‘lgan talab keskin ko‘tarildi, ya‘ni bu o‘z navbatida elektr energiyaga bo‘lgan talabni ham ko‘paytirdi. 1880 yil oxiriga kelib elektr taqsimlovchi qurilmalarning kichik va markazlashtirilgan hududlari shaharlar bo‘ylab tarqaldi. Elektr energiyani energetik bloklar orqali to‘g‘ridan-to‘o‘g‘ri iste‘molchilarni uzatilishida isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilar edi, bu esa o‘z navbatida markazlash-tirilgan tarqatish qurilmalarini rivojlantirishiga yo‘l ochib berdi. Kuchlanishni oshirish va kamaytirish yoki energetik tizimlar yordamida uzoq masofalarga yotqizish jarayoni uchun yuqorida aytib o‘tilgan markazlashtirilgan taqsimlash qurilmalariga zarurat tug‘ildi. Elektr energiyani uzoq masofalarga yetkazish muammosini hal qilish uchun Jorj Vestingauz tomonidan kuchlanishni o‘zgartiruvchi qurilma, ya‘ni transforma-tor kashf qilindi. Ushbu qurilma elektr stansiya va podstansiyalarda o‘rnatilib, uzoqda joylashgan shahar va sanoat korxonalarini elektr energiya bilan ta’minlash imkonini berdi. 1896 yilda Niagara GESni qurilishi uzoq joylarda joylashgan sanoat korxonalarini muntazam elektr energiya bilan ta‘minlash va rivojlantirish imkoniyatini berdi. Niagara stansiyasi Nyu-York kabi 20 ta shaharlarni elektr energiya bilan ta‘minlashga sharoit yaratib berdi. Niagara GESni ishga tushirilishi bitta liniya orqali bir necha iste‘molchilarni elektr energiya bilan ta‘minlovchi birinchi katta energetik tizimni barpo etdi. 1900 yildan boshlab Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab bir qator energetik tizimlar paydo o‘lib boshladi. Bugungi kunda biz biladigan va shakllanayotgan ushbu energetik tizimlardan AQSh va Kanada davlatlari orasida uchta asosiy energetik tizim sifatida foydalanib kelinmoqda2. Download 381.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling