Energiya istemolini bashorat qilish usullari va iqtisodiy samaradorligi
Download 39.49 Kb.
|
Energiya istemolini bashorat qilish usullari va iqtisodiy samara
ENERGIYA ISTEMOLINI BASHORAT QILISH USULLARI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda) va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 431-modda) qonunlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonining yagona tartibini o‘rnatadi, shuningdek ushbu jarayonda ishtirok etayotgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Asosiy atamalar va tushunchalar 1. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan: elektr energetikasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi; yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi; elektr tarmoq — elektr energiyasini uzatish va taqsimlashga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari ho‘jaligi obyektlari majmui; elektr energiyasining tranziti — bir davlat elektr tarmoqlari orqali, boshqa davlat hududida ishlab chiqarilgan va uchinchi davlat hududiga mo‘ljallangan elektr energiyasini uzatish; elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish tarmoqlari va yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga); elektr stansiyasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilish qismidan, elektr energiyasini o‘zgartirish uchun uskunalardan va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilma; blok stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog‘i orqali ulangan, hamda tezkor-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari; energetika korxonalari — elektr energiyani (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonida ishtirok etuvchi korxonalar (elektr energiyani ishlab chiqaruvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari korxonalari, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, blok stansiyalar, shuningdek magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalanilayotgan yuridik shaxslarning elektr tarmoqlari xo‘jaligi obyektlari); elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar bilan elektr energiyasini xarid qilish, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini sotish, magistral elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasi uzatish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi berilgan elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning tarkibiy qismi; hisob-kitob davri — uning doirasida elektr energiyasi (quvvati) iste’moli sarfi (hajmi) belgilanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi shart bo‘lgan vaqt davri (oy); hisob-kitob amalga oshiriladigan elektr energiyasini hisobga olish uskunasi — elektr energiyasini hisobga olish uskunasi bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish — elektr energiya uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisobga olish asboblarining ko‘rsatgichlariga asoslanadigan, elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishda uning haqiqiy hajmlarini o‘lchash tizimi; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmui — elektr energiyasi (quvvati) uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan hisoblash majmui yoki ularning yig‘indisi, shuningdek o‘zaro bir-biri bilan belgilangan chizma bo‘yicha ulangan bir birikmaning qurilmalari yig‘indisidan tashkil topadigan va elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish uchun mo‘ljallangan uskunalar (tok va kuchlanishning o‘lchash transformatorlari, schetchiklar, telemetrik datchiklar, informatsion-o‘lchash tizimlari va ularning aloqa tarmoqlari va boshqalar) elektr energiyani hisobga olishning o‘lchash majmuini tashkil etadi; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasi — elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmuasi o‘rnatiladigan elektr energetika obyektidagi nuqta. Elektr energiyasini hisob-kitob hisobini yuritish nuqtalarining joylashishi o‘zaro bog‘langan energetika korxonalari o‘rtasidagi shartnomalarda (odatda, balans bo‘yicha mansublik chegarasida) oldindan kelishiladi; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlarini yig‘ish — energetika korxonalari o‘rtasida elektr energiyasini (quvvatini) oldi-sotdi va uzatish shartnomalari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasidan hisoblash davri (kalendar oyi) uchun ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayoni. I bob. Umumiy qoidalar 2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashayotgan energetika korxonalarning faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak: milliy energetik resurslardan oqilona foydalanish, energiya va ishlab chiqarish potensialidan samarali foydalanish. Energiya ta’minoti tizimini loyihalash, qurish, kengaytirish, qayta jihozlash va ekspluatatsiya qilishda energiyadan oqilona foydalanish masalasi bu ishlarning zaruriy qismini tashkil etishi kerak; elektr energiyasini uzatish va taqsimlash rejimlarini maqbullashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarish hisobiga energiya va yoqilg‘i sarfini kamaytirish; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritishni tashkil etish; tezkor-dispetcherlik boshqaruvini tashkil etish; elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, uzatuvchi va taqsimlovchi elektr qurilmalarda mehnat xavfsizligini ta’minlash. 3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi xo‘jalik subyektlarining yangidan qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan elektr qurilmalarini loyihalash Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari, shaharsozlik me’yorlari va qoidalari, shuningdek boshqa normativ hujjatlari talablariga muvofiq bajarilishi kerak. 4. Elektr qurilmalarni ekspluatitsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va boshqa ishlar O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36 (120)-son, 405-modda), Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, Elektr stansiyalarining uskunalari, bino va inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish qoidalari va Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarining (ro‘yxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plami, 2004-y., 16-son, 194-modda) talablariga muvofiq bajarilishi kerak. 5. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi xo‘jalik subyektlarining elektr qurilmalari elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlarining talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilishi shart. 6. Elektr energiyasining ishlab chiqarilayotgan, uzatilayotgan va taqsimlanayotgan umumiy hajmi hisobga olinishi majburiydir. Hisobga olish davlat standartlari va o‘lchash aniqliklari me’yoriga muvofiq bajariladi. 7. Elektr energiyasini hisobga olish vositalarini metrologik nazorat qilish, davlat metrologik xizmati organlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmati tomonidan bajariladi. 8. Elektr energiyasining sifatini nazorat qilish “O‘zstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi. 10. Elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashda energetika korxonalari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish haqida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonunlarining va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. 11. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari hamda ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi. II bob. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash 1-§. Elektr energiyasini ishlab chiqarish 12. O‘zbekiston Respublikasining elektr energiya resurslari o‘zida ishlab chiqarilgan hamda boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import qilingan elektr energiyasidan iborat bo‘ladi. 14. Elektr energiyasini ishlab chiqarishning hajmi va iste’moli hajmi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan tasdiqlanadigan elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq shakllanadi. 15. Yoqilg‘ining strategik zaxirasini shakllantirish, to‘plash va saqlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-iyundagi 287-56-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat strategik zaxirasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilanadi. 16. Elektr stansiyalari elektr energetika sohasida davlat nazorat organi bo‘lgan va elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralar qo‘llanishini, shuningdek undan oqilona foydalanishni nazorat qiluvchi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energetik nazoratga olinishi lozim bo‘ladi. 2-§. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatish va taqsimlash 17. Elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash iste’molchilarning elektr ta’minoti uchun amalga oshiriladi. 18. Elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalardan elektr energiyasini, keyinchalik uni magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha uzatish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish maqsadida, sotib olish tuzilgan shartnomaga muvofiq elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi tomonidan bajariladi. 19. Elektr energiyasini sotib olish va sotish hajmi elektr energiyasini (quvvatini) elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi. 20. Elektr energiyasini uzatish magistral elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha amalga oshiradilar. 21. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan elektr energiyasi hajmi, elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisining elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan sotib olingan elektr energiyasining umumiy hajmidan, boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import va tranzit qilingandan hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va iste’molchilar tarmoqlariga bevosita elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalaridan kelib tushgan elektr energiyasining ayirmasidan tashkil topadi. 22. Hisob-kitob davrida magistral elektr tarmoqlari korxonalarining tarmoqlari orqali elektr energiyasini uzatish uchun sarf, elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisining elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalari va blok-sansiyalardan sotib olingan elektr energiyasining umumiy hajmidan, shuningdek boshqa davlatlar elektr energetik tizimlaridan import qilingan elektr energiyasini yagona sotib oluvchi tomonidan hududiy elektr tarmoqlariga sotilgan, va eksport qilingan hajmining ayirmasi bilan aniqlanadi. Magistral elektr tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasini uzatishga ketgan uning sarfi, magistral elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan elektr energiyasining sotib olinishi hisobiga qoplanadi. Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda uning texnologik yo‘qotishlarini hisoblash Elektr energiyasini elektr tarmoqlari bo‘ylab uzatish va taqsimlashda texnologik yo‘qotishlarning normativlarini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) muvofiq amalga oshiriladi. 23. Elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonasidan va blok-stansiyalardan elektr energiyasini sotib olish, elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish, shuningdek elektr energiyasini uzatish va elektr energiyasini uzatishda uning sarflari uchun magistral elektr tarmoqlari korxonalariga to‘lov tariflari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi. 24. O‘tgan hisob-kitob davridagi elektr energiyasini sotib olish, sotish va uzatishning noto‘g‘ri aniqlangan hajmi aniqlanganda joriy hisob-kitob davrida yuritilayotgan tarif bo‘yicha tegishli korrektirovka kiritiladi. 25. Elektr tarmoqlari “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinishi lozim. 3-§. Tezkor-dispetcherlik boshqaruvi 26. Elektr energiyasining ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’moli qilish jarayonining uzluksizligi tizim operatori tomonidan bajarilayotgan yagona tezkor dispetcherlik boshqaruvi (keyingi o‘rinlarda — YaDB) tomonidan ushlab turiladi, uning vazifasi yagona elektr energetika tizimining faoliyatini ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’moli balansini ushlab turish, avariyaviy rejimni oldini olish, shuningdek uni bartaraf etish, avariyaviy rejimning bartaraf etilganidan so‘ng tizim ishonchligini tiklash, iste’molchilarni energiya ta’minotning barqarorligi va ishonchligini ta’minlash, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida minimal texnologik sarfni ta’minlovchi optimal rejimni tanlashdan iboratdir. 27. Dispetcherlik boshqaruv, xizmat va punktlarining rejim xususiyatidagi tezkor farmoyishlari yagona elektr energetika tizimiga ulangan barcha energetika korxonalari uchun majburiydir. 28. Yagona elektr energetika tizimiga ulangan energetik korxonalarning kelishilgan holda ishlashi sutka davomida markazlashgan YaDB asosida bajariladi. 29. YaDB iyerarxik tuzilmasi asosida bajarilib, alohida darajalar orasidagi tezkor nazorat qilish va boshqarish vazifalarini taqsimlashni, shuningdek pastki darajani yuqori darajaga bo‘ysunishini nazarda tutadi. 30. Yuqori turuvchi dispetcherlik xizmatining tezkor farmoyishlari idoraviy mansubligidan qat’iy nazar elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida qatnashuvchi barcha energetika korxonalarining past pog‘onadagi dispetcherlik tuzilmalari tomonidan bajarilishi majburiydir. 31. Yagona elektr energetika tizimi tomonidan YaDB amalga oshirilayotganda tezkor farmoyish bajarilmasligi, moddiy zararga olib kelgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlik keltirib chiqaradi. 32. Elektr energiyasini (quvvatni) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida qatnashuvchi energetika korxonalari yagona elektr energetika tizimini YaDB uchun zarur bo‘lgan texnik axborotni yuqori turuvchi dispetcherlik xizmatiga taqdim etishi shart. 33. Dispetcherlik xizmati rahbariyati va xizmatchilar qonunchilikka muvofiq quyidagilarni ta’minlashga javobgardir: yagona elektr energetik tizimning ishonchli va tejamli ishlashini; yagona elektr energetik tizim asosiy tarmoqlarining ishonchli tezkor sxemalarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni; yagona elektr energetik tizimining barqaror ishlashini; elektr energiyasi sifati bo‘yicha talablar bajarilishini; elektr energiyasini uzatishga uning sarfi me’yorlarini va tasdiqlangan maqbul rejimdan asoslanmagan holda chetga chiqilishi tufayli me’yordan yuqori sarflarni yo‘qotishni. IV bob. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish 1-§. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish tizimiga bo‘lgan asosiy talablar 48. Elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish va keltirilgan hisobni yuritish bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish o‘rnatilgan tartibda barcha energetika korxonalarida bajarilishi shart. 49. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonida qatnashuvchi barcha energetika korxonalarida elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 500 kV — 6 kV li elektr tarmoqlari va past kuchlanishli zanjirlarda elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritishning har bir nuqtasida elektr energiyasini qabul qilish va berish hajmini kWh va kVArh da, quvvatini kW da o‘lchash imkoniyati mavjudligi; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari O‘zstandart” agentligi tomonidan ro‘yxatdan va metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan hamda qo‘llanishga ruxsat etilgan bo‘lishi shart; elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish majmualari elementlarining aniqligi va xar bir elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasida o‘lchalishi lozim bo‘lgan parametrlar ulangan uskunaning kuchlanishi va quvvatiga muvofiq aniqlanishi lozim; elektr energiyasining (quvvatining) hisob-kitob hisobini yuritish majmualarining uskunalari mazkur Qoidalar ilovasining 1- va 2-jadvallarida o‘rnatilgan o‘lchash aniqligini ta’minlashi shart; elektr energiyasi uchun hisob-kitob amalga oshiriladigan hisob yuritish asboblari Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — HEK) standarti, 60687 (0,2S klassi), 60687 (0,S) Standarti yoki GOST 30206-94 (MEK 987-92 ), 61035 (1,0 klassi) yoki GOST 30207 (MEK 1036-90), HEKning 61268 Standarti (2,0 klassi) talablariga muvofiq bo‘lishi shart; elektr energiyasi uchun hisob-kitob amalga oshiriladigan hisob yuritish asboblari Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasining moslik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari zanjirlari, kuchlanish transformatorlarining katak va kameralari, ularning saqlagichlari, kuchlanish zanjirlarining avtomatik uzgichlari, sinash bloklari va hisob yuritish zanjirlarining barcha oraliq klemmniklari tashqi kirishdan himoyalangan bo‘lishi va o‘zaro hamkor tomonlar vakillarining ishtirokida muhr bilan muhrlangan bo‘lishi kerak; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarini ekspluatatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari ishga tayyorligi yiliga kamida 99% ni tashkil etishi lozim; elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualari davlat metrologik tekshiruvidan va nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘ladi. Oraliq qiyoslashdan o‘tkazish intervali davlat metrologik xizmati tomonidan o‘rnatiladi. 50. Xar bir energetika korxonasi elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtalarida elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarini o‘rnatish va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlashi shart. 51. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualarining texnik holatiga va metrologik xizmat ko‘rsatishga javobgarlik energetika korxonasining metrologiya xizmatiga yuklatiladi. 52. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmualariga texnik xizmat ko‘rsatish, faoliyatning ushbu ko‘rinishini amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq vakolatli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilishi lozim. 53. Elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmuasini o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, haqiqiy joylashish joyidan qat’iy nazar hisob-kitob hisobini yuritish majmuini o‘z balansiga kirituvchi energetika korxonasi yoki iste’molchiga taalluqlidir. 2-§. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish 54. Elektr energiyasining davlatlararo uzatishlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi elektr uzatish tarmoqlari orqali olib o‘tiladigan elektr energiyasining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (davlat ro‘yxati 1433, 2004-yil 17-dekabr) muvofiq davlatlararo elektr uzatish tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. 55. Elektr energiyasining davlatlararo o‘tkazmalarini hisobga olish elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini shakllantirish, moliyaviy hisob-kitobni amalga oshirish, ushbu oqimlarda elektr energiyasining texnologik sarfini aniqlash, shuningdek elektr tarmoqlarining ish rejimlarini maqbullashtirish maqsadida amalga oshiriladi. 56. Davlatlararo elektr uzatish tarmoqlari bo‘ylab elektr energiyasining (quvvatining) o‘tkazmasiga bo‘lgan texnik talablar, shuningdek elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar hukumatlararo bitimlar asosida shartnomalarda kelishib olinadi. 57. Davlatlararo elektr energiyasi uzatmalari tarmoqlaridagi elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish tizimlari mazkur bobning 1-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 58. Davlatlararo elektr uzatish tarmoqlarida o‘rnatilgan hisob-kitob hisobini yuritish tizimlari o‘zaro munosabatdagi tomonlar vakillari tomonidan birgalikda davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Tekshiruv shartlari va tartibi tomonlarning shartnomasida aniqlanadi. 59. Yagona elektr energiya tizimining magistral elektr tarmoqlari bo‘yicha elektr energiyasining davlatlararo tranzit uzatmalari amalga oshirilishi mumkin. Elektr energiyasining tranzit uzatmalari tartibi va shartlari hukumatlararo bitimlar va xalqaro huquq normalari asosida shartnomalarda aniqlanadi. 3-§. Elektr energiyasining hisob-kitobi hisobini yuritishni avtomatlashtirish 60. Energetika korxonalarida elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritishni avtomatlashtirish maqsadida elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari kiritilishi lozim bo‘lib, quyidagi vazifalarni hal etishni Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling