Energiya (qadimgi yunoncha: ἐνέργεια) fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir. Energiya
Download 127 Kb.
|
10maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov Savollari 1.
Faradey qonuni quyidagicha yozish mumkin: konturda vujudga keladigan induksion elektr yurituvchi – kontur o’rab turgan sirt orqali o’tadigan magnit oqimining o’zgarish tezligiga miqdoran teng, ishorasi esa qarama – qarshidir. Induksiya EYK magnit oqimining o’zgarish usuliga bog’liq emas. Induksiya EYK ning tabiati. Endi EYK ning vujudga kelish tabiati bilan qiziqaylik. Buning uchun tajriba o’tkazamiz. Bir qismi harakatga kelishi mumkin bo’lgan kontur magnit maydonga kiritilgan.Bir jinsli magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm tekisligiga qarab perpendikulyar yo’nalgan bo’lsin. Harakatlanuvchi qism ichidagi elektronlarga Lorens kuchi ta’sir etadi. Harakatlanuvchi qismning o’rni 1 dan 2 ga o’zgarganda, kontur o’rab turgan magnit oqimi ham o’zgaradi. Harakatlantiruvchi qism ichidagi elektronlarga ta’sir qilgan Lorens kuchi ularni harakatga keltirib, induksiya EYK ni vujudga keltiradi. Elektromagnit induksiya uchun Faradey qonuniga muvofiq, harakatsiz kontur o’zgaruvchan magnit maydonda turganida ham EYK induksiyalanishi mumkin. . Lekin bu holda uni Lorens kuchi vujudga keltirgan deya olmaymiz.Chunki Lorens kuchi harakatsiz elektronlarga ta’sir etmaydi. Bu muammoni hal qilish uchun Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi atrofda elektr maydonni va bu elektr maydon esa induksiya elektr yurituvchi kuchini vujudga keltiradi deb tushintirdi. Chunki elektr maydon harakatsiz elektronlarga ham ta’sir qiladi.Elektromagnit induksiya EYK voltlarda ifodalanadi.Sinov Savollari 1. Energiya saqlanish qonunini tushuntirib bering va tabiatda energiya saqlanish qonuniga misollar keltiring. 2. Elektr iduksiya hodisasini tushuntirib bering. 3. Lens qoidasi va matematik ifodalarini tushuntirib bering. 4. Induksion elektr yurituvchi kuch tabiati haqida nimalarni bilasiz ?Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Allaev Q.R., Siddiqov I.X., Hakimov M.H., Ibragimov R.I., Siddiqov O.I., Shamsutdinov H.F. «Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi».-O‘quv qo‘llanma, T.: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014. 304 b. 2. Рожкова Л.Д. Карнеева Л.К. Чиркова Т.В. «Электрооборудование электрических станций и подстанций» 4-издания –М.: Издательский центр «Академия», 2007. 3. Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007.Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling