Energiya (qadimgi yunoncha: ἐνέργεια) fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir. Energiya
Download 127 Kb.
|
10maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari.
Elektromagnit induksiya — magnit maydonida harakatlanuvchi oʻtkazgichda yoki berk kontur oʻrab turgan sirt orqali oʻtuvchi magnit induksiya oqimi oʻzgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (EYUK) hosil boʻlish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1833 yilda). Elektromagnit induksiyaning xususiy holi oʻzaro induksiya va oʻzinduksiya. Elektromagnit induksiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari. Elektr toki o’z atrofida magnit matdon hosil qiladi. Agar shunday ekan, uning teskarisi, ya’ni magnit maydoni elektr tokini vujudga keltira olmaydimi, degan savol tug’iladi. Olimlar uzoq vaqt bu savolga javob izlashgan va nihoyat, 1831 – yilda ingliz fizigi M. Faradey magnit maydon yordamida elektr toki vujudga kelishini tajribalar yordamida ko’rsatdi. Bu hodisaga elektromagnit induksiya hodisasi, vujudga kelgan tokka esa induksion tok deyiladi.Elektromagnit induksiya hodisasining kashf qilishini ulkan ahamiyat kasb etib, magnit maydon yordamida elektr toki hosil qilish mumkinligini isbotladi. Bu bilan elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjudligi ko’rsatilib, elektromagnit maydon nazariyasi yaratilishiga turtki bo’ldiElektromagnit induksiya hodisasi. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy g’oyasi quyidagilardan iborat: yopiq konturni o’rab turgan magnit maydon induksiyasining oqimi o’zgarsa, konturda elektr toki vujudga keladi. Bu tokka induksion tok deyiladi.Faradey tajribalari. Agar galvanometrga ulangan solenoid – ning ichiga o’zgarmas magnit kiritib chiqarilsa, U kirayotgan va chiqayotgan paytda galvanometr strelkasining og’ishi, ya’ni induk – sion tokning vujudga kelishi kuzatiladi. Magnit qancha tez harakatlansa, galvanometr strelkasining og’ishi ham shuncha katta bo’ladi. Agar magnitning qutblari almashtirilib harakatantirilsa, strelkaning og’ishi ham teskari tomonga o’zgaradi. Tajriba mag – nitni mahkamlab, g’altakni esa harakatga keltirib bajarilganda ham galvanometr induksion tok hosil bo’lishini ko’rsatadi.Faradey qonuni. Faradey o’zining ko’plab tajribalari asosida kontur ergashtiruvchi magnit induksiya oqimining o’zgarishi albatta induksion tokni vujudga keltiradi, degan xulosaga keldi. Induksion tokning qiymati esa magnit induksiya oqimining o’zgarish usuliga emas, sbalki uning o’zgarish tezligiga bog’liqdir. Agar zanjirda induksion tok vujudga kelsa, demak, bu elektr yurituvchi kuch mavjudligini ko’rsatadi. Bu EYK ga induksiya elektr yurituvchi kuchi deyiladi. Tajriba natijalarini tahlil qilgan Faradey indyksiya EYK va magnit oqimining o’zgarishi orasidagi munosabatni aniqladi.Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling