Energiya resurslardan oqilona foydalanish — texnika va texnologiyalar taraqqiyotiga asoslangan usullarda va atrof muhitga ta`siri minimal holga keltirilgan holda energiya resurslardan foydalanib maksimal samradorlikga erishish
Energiya balansi— belgilangan vaqt oralig’ida energiya xo`jalik tomonidan qabul qilingan va sarflangan, qoldiq qolgan energiya resurslarni ko`rsatkichlari qiymatlari umumlashmasi.
Aktiv quvvat-o`zgaruvchan tok zanjiridagi o`rtacha quvvat;
Aktiv quvvat-o`zgaruvchan tok zanjiridagi o`rtacha quvvat;
Aktiv elektr energiyasi - biron-bir boshqa turdagi energiyaga aylanadigan elektr energiyasi;
Avariya rejimi-elektr energetikasi ob`yektlari ishlashi texnologik parametrlarining yagona elektr energetikasi tizimining ishonchli ishlab turishi buzilishiga va iste`molchilarga elektr energiyasi etkazib berilishi cheklanishiga olib kelishi mumkin bo`lgan, yo`l qo`yib bo`lmaydigan tarzda buzilishi;
Avariya-elektr tizimi yoki uskunada normal ish rejimi buzilishi bilan bog’liq bo`lgan hodisa;
Ma`lumotlar tahlili- energetik samaradorlik ko`rsatkichlarini va energiya tejamkorlik imkoniyatlarini yig’ilgan hujjatli ma`lumotlar va berilgan instrumental tekshirish ma`lumotlari asosida aniqlash;
Elektr energiyasini sifat tahlili-elektr energiyasi sifatini belgilangan qiymatlarga nomutanosiblik sabablarini aniqlash;
Maishiy ta`rif - maishiy iste`molchilar uchun belgilanadigan (shaxsan yoki favqulotda) ta`rif;
Elektr ta`minoti sifati-o`rnatilgan yoki faraz qilingan chegaralardan tashqariga chiqadigan, texnikaviy me`zonlardan chetga chiqishni tavsiflovchi ko`rsatkich;
Elektr ta`minoti sifati-o`rnatilgan yoki faraz qilingan chegaralardan tashqariga chiqadigan, texnikaviy me`zonlardan chetga chiqishni tavsiflovchi ko`rsatkich;
Tijorat ta`rifi – erkin kasb egalari, savdo korxonalari va boshqa shunday istemolchilar uchun belgilanadigan (shaxsan yoki favqulotda) tarif;
Do'stlaringiz bilan baham: |