Energiya tamirlash sexida transformatorlarni tamirlash va sinash ishlarini tashkil etish
To’satdan qisqa tutashuv sharoitida transformatorlarning chidamliligini sinash
Download 1.82 Mb.
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
To’satdan qisqa tutashuv sharoitida transformatorlarning chidamliligini sinash
Transformatorni to‘satdan qisqa tutashuv bo‘lganda sinash, chulg‘amlarning mexanik birikkanligini, chiqish simlari va transformatorning boshqa qismlari ishonchliligini, shuningdek to‘satdan qisqa tutashuv toklari ta’sirida chulg‘am izolyasiyasi issiqlikka chidamliligini tekshirish uchun o‘tkaziladi. ГОСТ 11677-85*, transformator qisqa tutashuv tokining karralilik miqdori Iq0 va davomiylik vaqti tqda tashqi qisqa tutashuvga shikastlanmasdan chiday olishi shart. Sinov dasturini tuzish uchun transformator hisobini, shu jumladan, mexanik kuchlanish hisobi; aktiv qismning chizmalari, chulg‘amlar va butun transformatorning montaji; prinspial elektr sxemasi; qisqa tutashuv chidamliligiga talablar; chulg‘amlarni texnologik qayta ishlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar; transformatorlarni tashish jarayonida turg‘unligini va mustahkamlikni hisoblash, shuningdek, yuksiz ishlash toki va isroflari, qisqa tutashuv toki, isrofi va qarshiligi xamda izolyasiya qarshiligi kerak bo‘ladi. Sinov dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: hisoblangan ma’lumotlarning tahlili va qurilmaning mustahkamligi bo‘yicha dastlabki xulosa (ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi); sinovlar amalga oshiriladigan qisqa tutushuv rejimlarni tanlab olishni asoslash va rejimlarning asosiy parametrlari (ushbu transformatorning texnik shartlariga; sinovning barcha rejimida qisqa tutashuv parametrlarni hisoblash (eng yuqori barqaror vaziyatli qisqa tutashuv toki, barcha chulg‘amlardagi zarbali qisqa tutashuv tokining eng yuqori qiymati, transformator ta’minlanish tomonidagi qisqa tutashuv to‘liq qarshiligi) sinov stendida sinash sxemasini tanlash; kuch va o‘lchash sinov sxemalari; nazorat o‘lchovlari va yordamchi sinovlar ro‘yxati; sinov o‘tkazish ketma-ketligi (bir fazali sinovda sinov rejimlari va fazasi navbati). Ta’minot sxemasining tokini kamaytirish uchun sinalayotgan 4 transformatorga, yuqori kuchlanish (YK) chulg‘ami tomonidan ta’minot beriladi. Past kuchlanish (PK) chulg‘ami sinov boshlanishidan oldin qisqa tutashtiriladi. O‘zgaruvchan tok generatori 1, o‘chirgich 2 uzilgan xol uchun oraliq kuchlanish 3 transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti xisobga olinib berilgan kuchlanishgacha qo‘zg‘atiladi. SHundan so‘ng o‘chirgich 2 tutashtiriladi va sinov kuchlanishi sinalayotgan transformator 4ga beriladi. Kuchlanish va tok qiymatlari ossillografga ulangan tok 6 va kuchlanish 5 transformatorlari yordamida o‘lchanadi. Ta’minot manbayi kuchlanish pasayishini kamaytirish uchun shinao‘tkazgichlar maksimal faza shinalari bir-biriga yaqin qilib to‘g‘ri bajariladi va sxema elementlari esa iloji boricha bir-biriga yaqin o‘rnatiladi. ГОСТ 20243– 74* ga muvofiq chidamlilik sinovi "Kuch transformatorlari. Qisqa tutashuv xolatida chidamlilik sinovi usullari"0,5÷1,0 s davomiylikdagi to‘rtda va beshinchisi qisqa tutashuv davomiyligi tq issiqlikka chidamlilik sinovidan tashkil topgan beshta qisqa tutashuv tajribasidan iborat. Agar besh tajribadan keyin ijobiy sinov natijalari bo‘yicha savol tug‘iladigan bo‘lsa, unda 0,5÷1,0 s davomiylikda oltinchi tajribaga ruxsat beriladi. Transformator beshinchi tajribaning oxirida chulg‘amlarning harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha qizishini xisobga olib oldindan qizdirilgandan so‘ng sinovdan o‘tkaziladi. Sinov rejimlarining soni (transformatorning har bir chulg‘ami uchun), odatda, bu sinovlar ortiqcha talabchanlik bo‘lmasligi uchun bittadan oshmasligi kerak. Sinov dasturi ikki yoki undan ko‘p sinov rejimini ko‘zda tutgan bo‘lsa, chulg‘am sinovi, faqat bitta rejimda chulg‘amning xar qanday qismidagi tok shu qism uchun maksimal qisqa tutashuv tokiga teng, boshqa rejimlarda esa bu tokning 80% dan oshmasligi kerak bo‘lgan shartlar bajarilsa, bir nechta rejimga ruxsat beriladi. Sinov rejimlarining ketma-ketligi hisoblarning kutilayotgan o‘sishiga muvofiq tanlanadi. Ikkita yoki undan ko‘p sinov rejimiga ega bo‘lgan uch fazali transformatorlar va shuningdek, quvvvati 1600 kVA dan ortiq transformatorlarning konstruksiya mustaxkamligi xaqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bir fazali qisqa tutashuv sinovi etarlidir (7.1-rasmda, sinalayotgan faza ikki strelka bilan belgilangan). Bir fazali sinovlar, boshqa ikki fazadan foydalanmasdan amalga oshirishga ruxsat beriladi, ya’ni har bir faza alohida transformator sifatida qaraladi. Bu holda qo‘shni fazalarning chulg‘amlari qisqa tutashgan va uchburchak usulda ulangan chulg‘amlar uchlari ochiq bo‘lishi kerak. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling