Energiya tejamkorligining xorijiy tajribasi reja:. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi pf-3358-son Farmoni


Download 24.79 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi24.79 Kb.
#1289999
Bog'liq
ENERGIYA TEJAMKORLIGINING XORIJIY TAJRIBASI


ENERGIYA TEJAMKORLIGINING XORIJIY TAJRIBASI
Reja:
1. . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni
2. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
3. . Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va elektr energetikada nazorat tizimini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi)ga aylantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishini va ko‘mirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
3. Quyidagilar:
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning xodimlarning cheklangan soni 42 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 12 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hududiy bo‘limi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘iga, zarurat bo‘lganda, boshqaruvning markaziy apparati va inspeksiyaning hududiy bo‘limlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va ta’minot xarajatlari smetasi doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
4. Belgilansinki, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli qarori tahririda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi” deb yuritiladi) elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi hududiy bo‘limlar va Toshkent shahar bo‘limi kiradi.
Hududiy bo‘limlar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga hisobot beradi.
3. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatini “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va davlat boshqaruvining boshqa organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi 337-sonli qarori tahririda)
6. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
II. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishini va ko‘mirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
8. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, energiyani ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;
(8-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya iste’molchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ularni sarflash normalariga rioya etilishi, elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar va yo‘riqnoma hujjatlarga ular tomonidan rioya etilishi;
iste’molchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining texnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda texnikadan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan texnologiya talablarining ular tomonidan ta’minlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;
nazorat ostidagi energiya iste’mol qiluvchi obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va ko‘mirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;
nazorat ostidagi obyektlarning energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’moli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tarmoqlariga ulashning texnik shartlari iste’molchilar tomonidan bajarilishi;
(8-bandning “a” kichik bandi sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan hamda zamonaviylashtirilayotgan ko‘p energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarning balans energetika sinovlari o‘tkazilishi;
elektr energiyasi va ko‘mir ishlab chiqarish, ularni taqsimlash va iste’mol qilish balanslariga rioya etilishi;
sanoat korxonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi ta’minlanishi;
b) quyidagilarda qatnashadi:
elektr energetika tarmog‘ini va ko‘mir sanoatini rivojlantirishning konsepsiyalari va milliy dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek energiyani tejaydigan tadbirlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
loyihalar ekspertizasi va yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan obyektlarni elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish xavfsizligini ta’minlash yuzasidan foydalanishga qabul qilib olish ishlari, shuningdek iste’mol obyektlarining energiya ta’minoti loyihalarini ularning ishonchliligi, xavfsizligi va texnik shartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda kelishadi;
elektr energiyasini iste’molchilarga berishda elektr energiyasi sarfi normativlarini ishlab chiqish;
nazorat ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida qatnashish;
ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan tiklanadigan energiya manbalari dasturlarini tuzish va kelishish hamda tegishli o‘quv yurtlarida energetika obyektlari (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparatlar)ni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashda xavfsizlik masalalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
nazorat ostidagi obyektlardagi baxtsiz hodisalar va halokatlarni tekshirish;
v) belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish hamda ko‘mirdan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini davlat boshqaruvi organlarining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
(8-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishga doir talablar mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlari loyihalarini elektr xavfsizligi va energiya samaradorligi yuzasidan ko‘rib chiqadi va kelishadi;
(8-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
nazorat ostidagi obyektlar xodimlarini tayyorlash va ushbu obyektlarda ishlarning bexatar olib borilishi va mehnat muhofazasi ta’minlanishi masalalari bo‘yicha ularning bilimlarini tekshirish tartibini belgilaydi;
energiya ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish hamda ko‘mirdan foydalanish yuzasidan texnik talablarni belgilaydi;
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi organlari nazorati ostida bo‘lgan obyektlarda ishlab chiqarishning xavfsizligi bo‘yicha xorijiy texnologiyalarni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida ekspert xulosasi beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “v” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
9. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek unga qarashli hududiy bo‘linmalar orqali belgilangan tartibda hal etadi.
III. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
10. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
a) quyidagilar ustidan nazoratni amalga oshirish:
yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda energiya iste’molchilari tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda ular sarfi normalariga rioya etilishi, ular tomonidan elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar va yo‘riqnoma hujjatlarga rioya etilishi;
iste’molchilarning elektr va issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarining texnik holati, elektr stansiyalari, yordamchi stansiyalar va tarmoqlarda texnikadan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan elektr va issiqlik energiyasi iste’moli hisobi yuritilishining holati, shuningdek elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tarmoqlariga ulashning texnik shartlari iste’molchilar tomonidan bajarilishi;
(10-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
sanoat korxonalarining va ularga tenglashtirilgan elektr energiyasi iste’molchilarining elektr qurilmalarida reaktiv quvvat kompensatsiyasining maqbul darajasi ta’minlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
elektr energiyasining elektr bilan isitish maqsadlarida qo‘llanilishi;
b) belgilangan tartibda quyidagilarni tekshiradi:
elektr stansiyalari, tarmoqlar va yordamchi stansiyalar qurayotgan qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan belgilangan texnologiya talablari ular tomonidan ta’minlanishi yuzasidan normalar va qoidalar talablariga rioya etilishi;
nazorat ostidagi energiya iste’mol qiluvchi obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va ularni texnika bilan qayta jihozlash loyihalarining energiya va ko‘mirdan oqilona va samarali foydalanish talablariga muvofiqligi;
nazorat ostidagi obyektlarning energiya iste’mol qiluvchi qurilmalarida rejim-sozlash ishlari bajarilishining sifati;
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlab turgan va foydalanishga topshirilayotgan, shuningdek rekonstruksiya qilinayotgan va zamonaviylashtirilayotgan ko‘p energiya talab qiladigan qurilmalar va asbob-uskunalarda balans energetika sinovlari o‘tkazilishi;
obyektlarda mutaxassislar va ishchilarning xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologiya ish tartiblarini va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni bilishi;
korxonalar rahbarlari va muhandis-texnik xodimlarining xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalarini bilishi;
v) zarurat bo‘lganda, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlari, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasi o‘tkazilishini tayinlash hamda elektr energiyasi elektr bilan isitish maqsadlarida qo‘llanilganda elektr ta’minoti loyihalarini kelishish;
g) vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va korxonalardan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni, shuningdek energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilishda joriy nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
d) nazorat ostidagi korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga qonun hujjatlari, qoidalar va normalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
e) “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
j) xavfsizlik qoidalari va normalari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish;
z) energiya qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha qoidalar, normalar va yo‘riqnomalar buzilganligi uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish hamda elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun jazolar qo‘llash;
i) texnika xavfsizligi, elektr, issiqlik energiyasi va ko‘mirdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
k) falokatlarning holatlari, sabablari va baxtsiz hodisalarni texnik tekshirishda qatnashishda tekshirish natijalari bo‘yicha “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining elektr, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va iste’mol qilish hamda ko‘mirdan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
11. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i mazkur Nizomga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan elektr energetika va ko‘mir sanoati korxonalari faoliyati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar sifati;
(11-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining to‘liq bajarilishi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
elektr energetika va ko‘mir sanoati sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati masalalari bo‘yicha “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan beriladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradilar.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari mansabdor shaxslarining ma’muriy jazolash choralari qo‘llanilishi bo‘yicha xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinadi.
12. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari mansabdor shaxslari o‘z xizmat majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IV. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
13. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Boshliqning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Boshliq maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, boshliqning o‘rinbosarlari — vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosari esa — Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadi. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy bo‘limlarining bosh inspektorlari elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha katta davlat inspektorlari hisoblanadi.
(13-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
14. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i:
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, uning hududiy bo‘limlari faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi hamda inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
zarurat bo‘lganda tuzilmaga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining markaziy apparati va hududiy bo‘limlari xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining tarkibiy bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘limlarning bosh inspektorlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Boshliq qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining davlat nazorati funksiyasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslariga belgilangan namunadagi guvohnomalar beriladi.
16. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi xodimlarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.
17. Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy bo‘limlarining bosh inspektorlari belgilangan tartibda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tayinlanadilar.
18. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil fevraldagi 96-son qaroriga
5-ILOVA
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi (“O‘zdavenergonazorat” agentligi) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 94-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 12-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 25-apreldagi 141-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 3-bandi.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) 6-ilovaning 5-bandidagi “O‘zdavenergonazorat” agentligi” so‘zlari chiqarib tashlansin, “boshliq o‘rinbosari” so‘zlari “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 2-bandidagi hamda ushbu qarorga 2-ilovaning 12-bandidagi “agentligi” so‘zi “davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatidagi “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi” so‘zlari “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 153-modda)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 26-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda) 2-bandining birinchi xatboshi hamda 6-bandining birinchi xatboshidagi “agentligi” so‘zi “davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 87-modda):
a) 6-ilovada:
12-banddagi “agentligiga”, “agentligi”, “agentligining” so‘zlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyasi”, “inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nizomga ilovadagi “agentligiga”, “agentliklarining”, “agentliklari” so‘zlari tegishli ravishda “inspeksiyasiga”, “inspeksiyalarining”, “inspeksiyalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 7-ilovadagi “O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori” so‘zlari “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 9-son, 105-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 6-7-son, 53-modda, 20-son, 153-modda, 23-son, 183-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)
Download 24.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling