Energiya tejamkorlikning dolzarbligi


Download 19.63 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1162547

Energiya tejamkorlikning dolzarbligi
Bugungi kunda energiya iste'moli samaradorligini sezilarli darajada oshirish muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, jahon yoqilg'i energetika balansining katta ulushini tashkil etuvchi neft va gaz zahirasining yuqori sur'atlarda kamayishi, atrof-muhitning ekologik vaziyatini sezilarli darajada yomonlashuviga olib keluvchi energiya iste'molining salbiy ta'sirini ortib borishini kamaytiradi.
Energiya iste‘moli hajmining oshishini zudlik bilan oldi olinmasa, bu bir tomondan, global ekologik inqirozga, ikkinchi tomondan ekologik falokatga olib kelishi mumkin.
Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo’lib turgan elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi takidlanmoqda.
Shuning uchun rusurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalar, zamonaviy uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, ham kundalik turmushda yuksak darajadagi energiya tejamkorlikka erishish bugungi kunning dolzarb masalasi xisoblanadi.
Elektr energiyani tejash tadbirlari
1.Kamxarajat (tashkiliy) tadbirlar;
2.Texnik tadbirlar. Avtomatik nazorat tizimlarini qo’llash shart sharoitlarini to’la ta‘minlash;
3.Avtomatik nazorat tizimini to’liq qo’llash.
Energiya tejamkorlik sohasida ustuvor yo’nalishlarga quyidagilar kiradi:
1. Noan`anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish;
2. Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida me`yoriy huquqiy bazani takomillashtirish;
3. Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor mexanizimlarini rivojlantirish;
4. Energiya tejamlashning respublika, soha va rasional dasturlarini ishlab – chiqish va bajarish mexanizmining samaradorligini oshirish;
5. Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik samaradorligini, davlat ekspertizasini takomillashtirish;
6. Energetik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish ustida nazoratni ta`minlash. YER sarfini rivojlanish - me`yorlash tizimini rivojlantirish.
9. Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank kreditlaridan foydalanishni kengaytirish sharoitlarini yaratish;
10. Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab-chiqarilgan yangi energiya samarador texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
Elektr energiyasini tejashning 2-xil usuli mavjud
Elektr energiyasini kerak bo’lmagan paytlarda ishlatmaslik.
Katta quvvatli elektr qurulmalarni kichik quvvatli qurulmalar bilan almashitirish orqali.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon tabiatdagi tabiiy energiya manbalari bo‘lmish quyoshni, shamolni, suv manbalarini va boshqalarni kuzatib kelgan. Ularga sig‘inib, ba’zilarini masalan, quyoshni, olovni xudo o‘rnida ko‘rganlar, ulardan foydalanish yo‘llarini axtarganlar. Turar joylarin quyoshga qaratib qurish, quyosh nurida suv isitish, shamolda xirmon sovurish, shamol hamda suv tegirmonlari qurib ulardan foydalanish va boshqalar. Mamlakatimizda birinchi bo‘lib qaytalanuvchi energiya manbalaridan biri bo‘lgan suv energiyasidan foydalanish, 1926 yili qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasini ishga tushirishdan boshlandi [3]. O‘tgan asrning 1987 yilida esa, 3 0000 S dan ortiq issiqlik to‘playdigan dunyoda eng katta quyosh pechi ishga tushirildi [4]. Hozirgi kunda mamlakatimizning Samarqand viloyatida 400 gektar maydonga quvvati 100 000 MVt ga teng quyosh elektrostansiyasi uchun Osiyo taraqqiyot bankining investitsiyalari kiritil-di va qurilish ishlari boshlab yuborildi [5]. Kichik quvvatli quyosh energe-tik qurilmalaridan respublikamizning barcha burchaklarida foydalanil-moqda [6]. SHamol energiyasidan foydalanish nazariyasi va usullari 1950 yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, Respublikamizda birinchi shamol energe-tik qurilmalaridan 1983 yilda, Navoiy viloyati Tomdi tumani chorvador-lari foydalana boshlashdi. CHorva mollarining go‘ngi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qoldiqlari hisobiga biogaz ishlab chiqarish va undan foydalanish esa, 1987 yillardan boshlab amalga oshirila boshladi [7]. Mamlakatimizda noana’naviy va qayti tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish va ulardan foydalanish, misli ko‘rilmagan tusda o‘ziga xos ravishda tobora ommalashib bormoqda. Noana’naviy va qayti tiklanuvchi energiya manbalariga energetik ob’ektlar qurish va ulardan foydalanish uchun chet el va xalqaro banklarning investitsiyalari kiritilmoqda. Noana’– naviy va qayti tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida Prezidentimizning 1995 yil 28 dekabrdagi 476-sonli «O‘zbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish haqida»gi [8], 2001 yil 22 fevralda «Energetikada iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi [9] hamda 2013 yil 1 martdagi 15 «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi [10] farmonlari qabul qilindi.
Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling