«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi
Download 343.9 Kb.
|
3. Amaliy mashg`ulotlar
XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma bosim ostida ishlovchi idishlarni texnik tekshiruviga, ichki tekshiruviga, gidravlik sinovdan o'tkazishga va hokazolarga (matn davomida bosim ostida ishlovchi idishlarga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlarga) tayyorlash bo'yicha ishlarni bajaruvchi chilangar - ta'mirlovchilar uchun mo'ljallangan. 2. Bosim ostida ishlaydigan idishlarga texnik xizmat ko'rsatish ishlariga ruxsat beriladigan shaxslar: 2.1.18 yoshdan kichik bo'lmaganlar; 2.2. Tibbiy ko'rikdan o'tganlar; 2.3. Kasbiy ko'nikmaga ega bo'lgan, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shakldagi guvohnoma olganlar; 2.4. Yuk ko'taradigan mexanizmlar; pnevmatik asbob va boshqalar bilan ishlash zarurati bo'lganda ishga ruxsat berilishdan oldin qo'shimcha maxsus o'qishni va"Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq mehnat muhofazasi bo'yicha instruktajni o'tish; 2.5. Kirish instruktajini va korxonada amal qiluvchi "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ish joyida instruktajni o'tganlar. 3. Bosim ostida ishlovchi idishlarga texnik xizmat ko'rsatish ishlarini bajaruvchi chilangar - ta'mirlovchi quyidagilarga majbur: 3.1. Ichki mehnat tartibi qoidalariga (IMTQ); korxonadagi mehnat va dam olish tartiblariga amal qilish; 3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik; 3.3. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish; 3.4. Texnologik karta va ish yo'riqnomalar talablarini bajarish; 3.5. Ish vaqtida yonida ishga ruxsat berilganligi va ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi to'g'risidagi guvohnoma bo'lishi; 3.6. Korxonada amal qiluvchi me'yorga muvofiq berilgan maxsus kiyim, maxsus poyabzal, saqlovchi moslamalar va himoya vositalardan (saqlagich ko'zoynak, himoya kaskasi, "Lepestok" respiratori va h.k.) foydalanish; 3.7. Yong'in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi talablarini bajarish ; 3.8. Baxtsiz hodisa ro'y berganda jabr ko'rgan shaxslarga birinchi yordamni ko'rsatish, imkoni boricha voqea sodir bo'lgan joyda vaziyatni saqlab turish va sodir bo'lgan voqea haqida bevosita rahbarga xabar berish; 3.9. Ish bajarganda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish; 3.10. Barcha aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilishining boshqa holatlari haqida ustaga (brigadirga) xabar berish va tegishli choralar ko'rilgunga qadar ishga kirishmaslik; 4. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar mehnat ichki tartib qoidalariga (MITQ) muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. 5. Bosim ostida ishlaydigan idishlarga texnik xizmat ko'rsatishda ta'sir etadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar: idish ichida bajariladigan ishlar, balandlikda bajariladigan ishlar, ishlayotgan sexda bajariladigan ishlar, zararli moddalar ta'siri va h.k. 6. Bosim ostida ishlovchi idishlarga texnik xizmat ko'rsatish asosiy jihozning (qoliplash mashinalar, kompressorlar va h.k.) rejali - ehtiyotdan qilinadigan remont ishlarini o'tkazganda amalga oshirish. Download 343.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling