«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI


Download 343.9 Kb.
bet25/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

ISh VAQTIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
Ish vaqtida frezalovchi quyidagilarga majbur:
11. Ishni texnologik xartaga muvofiq bajarish.
12. Stanokka ishlov beriladigan detallarni va moslamalarni o'rnatishdan oldin, ularni qirindi va moylardan, ayniqsa to'g'ri o'rnatishni va mahkam qotirishni ta'minlash uchun birbiriga tegadigan asos (baza) va mahkamlash yuzalarini tozalash;
13. Ishlov beriladigan detallarni o'rnatish va qotirishda quyidagilar zarur:
13.1. massasi va gabarit o'lchamlari ushbu stanok pasportidagi ma'lumotlarga mos keladigan detallarni o'rnatish;
13.2. detalni to'g'ri o'rnatish va mustahkam qotirish;
13.3. kalitni gaykaga to'g'ri qo'yish va gaykani siltamasdan tortish;
13.4. detalni imkon qadar ishlov beriladigan yuzaga yaqinroq masofadagi joylarida qotirish;
13.5. detallarni ishlov berilmagan yuzalarda qotirishda qisuvchi jag'larida kertiklari bo'lgan tiski va moslamalarni qo'llash;
13.6. stanokka detalni shunday o'rnatish kerakki, stanok ishlaganda detalning chiqib ketishi yoki texnologik jarayonni buzilishiga imkoniyat bo'lmasin.
14. Detallarni qotirish uchun pnevmatik, gidravlik va elektromagnitli moslamalardan foydalanganda havo yoki suyuqlik uzatish trubkalari, hamda elektr simli qurilma mexanik shikastlanishidan ehtiyot bo'lish.
15. Frezalash vaqtida quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilish:
15.1. ushbu detal uchun operasiya xartasida ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash;
15.2. detalni frezaga ishchi aylanma harakat olganidan keyin uzatish;
15.3. detalga frezani astasekin kiritish, freza detalga tegmasdan oldin mexanik uzatmani ulash.
15.4. dastaki uzatishda kesish tezligi va chuqurligini keskin oshirish taqiqlanadi.
15.5. frezaning xavfli aylanish zonasiga qo'llarni kiritmaslik;
15.6. qovushqoq metallarga ishlov berish vaqtida qirindi sindiruvchi frezalarni qo'llash;
15.7. faqat ishga yaroqli frezalardan foydalanish. Frezani o'rnatishdan oldin freza korpusida tishlar yoki qattiq qotishmali plastinalarning mustahkam qotirilganligini va ishonchliligini, qattiq qotishmaning butunligini va to'g'ri charxlanganligini tekshirish;
15.8. Qattiq qotishmalarning uvalangan, yoriq, kuygan joylari bo'lmasligi kerak (agar kesuvchi qirralari o'tmas bo'lib qolgan yoki uvalangan bo'lsa frezani almashtirish);
16. Stanokning to'siqlari mavjudligini ko'zdan kechirish va faqat to'siqli stanoklarda ishlash. Agar ishchi zonada to'siqlar bo'lmasa himoya ko'zoynagi bilan ishlash kerak.
17. Tezkorlik usulidagi frezalashda qirindilarni ushlab qolish va qaytarish uchun (maxsus qirindi qaytargichlar, qirindi yig'uvchidagi qirindi ushlagich va qaytargich shaffof ekranlar va individual himoya vositalari himoya ko'zoynaklari va himoya shchitlari) to'siqlarni va moslamalarni qo'llash.
18. Og'ir stanoklarda ishlaganda, agar detallarga ishlov berilishini kuzatishning imkoniyati bo'lmasa, unda sex polidan stanokka bevosita xizmat ko'rsatish va buning uchun maxsus mo'ljallangan barqaror va mustahkam tagliklardan foydalanish;
19. Frezalarni o'rnatish va yechish vaqtida kesuvchi qirralarga tegib jarohatlashdan ehtiyot bo'lish;
20. O'rnatilagan va qotirilgan frezalarni urishini tekshirish (radial va tores urishi 0,1 mm dan oshmasligi kerak);
21. Frezani shpindeldan urib chiqarishda biror vositasiz qo'l bilan tutib turmaslik: elastik qistirama (prokladka) lardan foydalanish;
22. Shpindel teshigini, opravka yoki frezalar quyruq (xvostovik) larini va oraliq vtulkalar yuzalarini shpindelga o'rnatishdan oldin tub joylarini astoydil tozalash va artish. Asboblar quyruq (xvostovik) larini shpindel teshigiga o'rnatish vaqtida zich, lyuftsiz o'tqazilganligiga ishonch hosil qilish;
23. Shpindel buralmasligi uchun freza opravkalari va frezalarni shpindelga tezliklar qo'tisi ulangandan keyin kalitlar bilan qotirish;
24. Oraliq vtulkalarni, opravkalarni yoki frezalarni shpindeldan olishda stanok stoliga yog'och taglik qo'yib, maxsus urib chiqaradigan asbobdan foydalanish;
25. Ishlov beriladigan detalni o'lchash yoki uni almashtirishni freza xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyin bajarish;
26. Frezalash stanogining harakatdagi stoli yo'nalishida turmaslik va stanok to'liq to'xtamaguncha uni ustidan o'tmaslik;
27. Qirindi bilan shikastlashdan saqlanish uchun quyidagilar zarur:
27.1. ishlov beriladigan detal yoki frezaga qirindi o'ralishiga yo'l qo'ymaslik;
27.2. qirindi sindirgichlardan foydalanish;
27.3. o'z vaqtida ish joyidan va stanokdan qirindilarni olib tashlashni nazorat qilish;
27.4. stanokdan qirindilarni maxsus ilgakli asbob va cho'tkalar bilan olib tashlash;
27.5. aylanayotgan frezalar yaqinidagi qirindilarni faqat dastasining uzunligi 250 mmdan kam bo'lmagan cho'tkacha bilan olib tashlash;
28. Sovitish va moylash suyuqliklaridan foydalanishda quyidagilar zarur:
28.1. suyuqlik uzatilishini rostlash vaqtida yetkazuvchi trubkani ravon, siltamasdan qayta qo'yish;
28.2. suyuqlikni qirindi olinishini osonlashtiradigan oqim bilan kesuvchi asbobga uzatish.
29. Stanokni to'xtatish vaqtida quyidagi ketmaketlikka amal qilish kerak:
29.1. uzatishni o'chirish;
29.2. frezani ishlov beriladigan detaldan chetga olish;
29.3. frezani (shpindelni) aylanishini o'chirish.
30. Detalga qo'lni bosib stanokni to'xtatmaslik, qo'l freza ostiga kirib ketishi mumkin.
31. Quyidagilarda stanokni to'xtatish va elektryuritgichni o'chirish:
31.1. qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok oldidan uzoqlashganda;
31.2. ishlarni vaqtincha to'xtatganda;
31.3. elektroenergiya uzatishning uzilishida;
31.4. sovitish suyuqligini uzatish to'xtaganda;
31.5. kesuvchi asbobda kuchli titrash paydo bo'lganda;
31.6. jihozlarda nosozliklar aniqlanganda;
31.7. stanokni yig'ishtirish, moylash, tozalashda;
31.8. frezalarni kesuvchi qirrasini tekshirish yoki tozalashda, hamda u singanda.
32. Frezalovchi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga va ishda jarohatlanishga olib keladigan quyidagi usullarga yo'l qo'maslikka majbur:
32.1. har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoqg'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash.
32.2. nosoz stanoklarda ishlash;
32.3. stanokni ishlash vaqtida to'siqlarni va himoya qurilmalarini ochish va yechish;
32.4. nosoz kesuvchi asboblar va moslamalardan foydalanish;
32.5. elektryuritgichni ulash yo'li bilan frezani opravkaga kalit bilan qisish;
32.6. freza va opravkalarni o'rnatgandan keyin qisib tortilgan bolt kallagida kalitni qoldirish;
32.7. kesuvchi asboblarni ho'l latta yoki cho'tkalar bilan sovitish;
32.8. usta va texnologning ruxsatisiz o'rnatilgan kesish tezligini oshirish;
32.9. dastaki uzatishda kesish tezligi va chuqurligini keskin oshirishga yo'l qo'yish;
32.10. frezani aylanish xavfli zonasiga qo'llarni kiritish;
32.11. stanok ishlab turgan vaqtda ishlov beriladigan detalni o'lchash;
32.12. chiqayotgan qirindilarni o'ziga to'g'rilash;
32.13. frezada va opravkada qirindilarni yig'ilib qolishiga yo'l qo'yish;
32.14. qirindilarni bevosita qo'l va asbob bilan olib tashlash;
32.15. stanok ishlab turgan vaqtda stanok ustidan biror bir narsani olish va berish, boltlar, gaykalar va boshqa biriktiruvchi detallarni qisib tortish;
32.16. shesternyalarni yopadigan kojuxlar bo'lmaganda ishlash;
32.17. frezalash stanogini harakatlanuvchi stoli yo'nalishida turish va stanok to'liq to'xtamaguncha uni ustidan o'tish;
32.18. sovitish suyuqlikdan lattani qo'lda siqib foydalanish, nasos bilan uzatish to'xtagan vaqtda sovitish suyuqlikni og'iz bilan so'rish;
32.19. stanok va ishlov beriladigan detalga shlangdan havo puflash;
32.20. detalga qo'lni bosib stanokni to'xtatish;
32.21. frezani shpindeldan urib chiqarayotgan vaqtda qo'l bilan ushlab turish;
32.22. ish joyini va o'tish joylarni ivirsitish va tiqilinch qilib qo'yish.



Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling