«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


Download 343.9 Kb.
bet33/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

10-Amaliy mashg’ulot
Tish silliqlovchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari


XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma tish silliqlash stanoklarida turli xil shakldagi shesternyalar tishlarini silliqlash ishlarini profillangan jilvir toshlar bilan ishlov berish usuli bilan bajaruvchi tish silliqlovchilar uchun mo'ljallangan.
2. Tish silliqlovchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'lmagan;
2.2. tibbiy ko'rikdan o'tgan;
2.3. kasbiy ko'nikmalarga ega, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha o'qigan, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shaklda guvohnoma olgan;
2.4. Nizomga muvofiq kirish instruktaji, hamda bevosita ish joyida xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktaj o'tgan.
2.5.yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlash zaruriyati bo'lganda "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus o'qish va instruktaj o'tgan;
3. Tish silliqlovchi quyidagilarga majbur:
3.1. Korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini bajarish;
3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona hududida spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik;
3.3 Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. Ish vaqtida o'zi bilan birga ishlarni bajarishning xavfsiz usul va yo'llari bo'yicha bilimlari sinalganligi haqidagi guvohnomani olib yurish;
3.5. Berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan, saqlagich ko'zoynak, saqlovchi moslamalardan foydalanish;
3.6. Yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam ko'rsata bilish, voqea sodir bo'lgan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbarga xabar berish;
3.8. Ishni bajarishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.9.Stanokda aniqlangan nosozliklar va xavfsizlik talablari buzilish sabablari to'g'risida ustaga xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;
3.10. O'zi ishlayotgan stanokni ishlatish (ekspluatasiya qilish) bo'yicha yo'riqnomani bilish va bajarish.
4. Ish vaqtida tish silliqlovchilarga ta'sir etadigan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari:
4.1. abraziv chang;
4.2. jilvir toshlarning yorilib ketish xavfi;
4.3. elektr tokidan shikastlanish.
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzish hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling