«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


Download 343.9 Kb.
bet36/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

25. QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
25.1. Stanokka sinalmagan jilvir toshlarni o'rnatish;
25.2. Stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish, stanokka tirsakni tirash va abraziv asbobga qo'l tegizish;
25.3. To'siq va saqlash qurilmalarini ochish va olish;
25.4. Harakatdagi ishlov berilayotgan detal va jilvir toshga to'liq to'xtamaguncha teginish;
25.5. Jilvir tosh yon yuzasi bilan ishlash, agar jilvir tosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa;
25.6. Har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan stanokda ishlash.


AVARIYA VAZIYATLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
26. Ish joyida avariya vaziyati yuzaga kelganda tish silliqlovchi quyidagilarga majbur:
27. Stanokni o'chirish va ishlar rahbariga zudlik bilan xabar berish.
28. Yong'in ro'y bergan vaziyatda mavjud bo'lgan o't o'chirish vositalari bilan o'chirishga kirishish, shu bilan bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish.
29. Jabrlanganlar bo'lganda, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga xavf soluvchi xavfli omillarning organizmiga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning ahvolini baholash.
30. Jabrlangan kishini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish (nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakka tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lama qo'yish va shu kabilar).
31. Tibbiy tez yordamni chaqirish, yoxud jabrlangan kishini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish;
32. Voqea yuz bergan joyda imkon boricha vaziyatni saqlab turish.


ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
33. Stanokni va elektryuritgichni elektr tarmog'idan o'chirish.
34. Ish joyni tartibga keltirish: stanokdan qirindilarni, asboblarni olish, iflosliklardan tozalash,
stanokning ishqalanuvchi yuzalarini artish va moylash.
35. Asboblarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish.
36. Smenali ishda ish joyni smenachiga topshirish.
37. Ish jarayonida stanok ishlashida aniqlangan barcha nosozliklar haqida ustaga xabar berish.
38. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish yoki dush qabul qilish.

Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling