«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


Download 343.9 Kb.
bet32/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

12. QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
12.1 .Qo'lqoplarda va rezinali(napalchik) barmoqg'ilofsiz bintlangan barmoqlar bilan stanokda ishlash;
12.2. Stanokni ishlayotganda saqlovchi va himoyalovchi qurilmalarni ochish va olib qo'yish;
12.3. Mustaqil ravishda stanokni ta'mirlash.


AVARIYA VAZIYATLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI

13. Ish joyida avariya vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtda tish qirquvchilar quyidagilarga majbur:


13.1. Stanokni o'chirib qo'yish va ishlar rahbariga voqea haqida zudlik bilan xabar berish;
13.2. Yong'in ro'y bergan vaziyatlarda bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish, mavjud bo'lgan yong'in o'chirish vositalari bilan o'chirishga kirishish;
13.3. Jabrlanganlar bo'lsa, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga xavf soluvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirni yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning holatini baholash;
13.4. Jabrlanuvchini qutkarish bo'yicha shoshilinch tartibda zarur bo'lgan choralarni ko'rish (nafas olish yo'llarini tiklash, sun'iy nafas berish, yurakka tashqi massaj qilish, qon ketishini to'xtatish, bog'lama qo'yish va shu kabilar);
13.5. Tibbiy tez yordamni chaqirish, yoxud jabrlanuvchini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish;
13.6. Voqea yuz bergan joyda imkon boricha vaziyatni saqlab qolish.


ISh TUGAGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
14. Stanokni elektr tarmog'idan o'chirish.
15. Detallar, moslamalar va asboblarni ular uchun maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish.
16. Ish joyini tartibga keltirish, qirindilarni olib tashlash, stanokni kir va moylardan artib tozalash, stanokni ishqalanadigan qismlarini moylash.
17. Ish kiyim va oyoq kiyimlarni shkafga yoki maxsus jihozlangan xonaga olib qo'yish.
18. Ish vaktida aniqlangan barcha nosozlik haqida rahbarga xabar berish.
19. Yuz-qo'lni iliq suvda sovun bilan yuvish yoki dush qabul qilish.


Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling