«energo-mexanika» fakul’teti «mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi


AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI


Download 343.9 Kb.
bet30/41
Sana20.06.2023
Hajmi343.9 Kb.
#1633630
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
3. Amaliy mashg`ulotlar

AVARIYa VAZIYaTLARIDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI
30. Ish vaqtida avariya vaziyati yuzaga kelganda silliqlovchi quyidagilarga majbur:
30.1.ishni to'xtatish, stanokni el. tarmoqdan uzish va ishlar bajarilishi uchun javobgar shaxsga xabar qilish;
30.2. yong'in chiqqanda mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni uchirishga kirishish, bir vaqtda yong'indan saqlash xizmatini chaqirish;
30.3. jabrlanganlar bo'lganda, jabrlangan shaxs hayoti va sog'ligiga tahdid soluvchi xavfli omillar organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimini o'chirish va hokazo), ahvolini baholash;
30.4. sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
30.5.tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlangan kishini yaqin davolash muassasasiga transportda etkazish choralarini ko'rish;
30.6. voqea sodir bo'lgan joyida imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va ishlar rahbariga xabar berish.


ISh TUGATGANDAN KEYINGI XAVFSIZLIK TALABLARI
31. Stanokni elektr tarmog'idan uzish.
32. Ish joyini tartibga keltirish:
32.1. stanokni chang va kirdan tozalash, stanokning ishqalanuvchi qimslarini moylash, barcha ishga tushirish apparaturalarini yopish.
33. Asboblarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish.
34. Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish.
35. Maxsus ish kiyimi va poyafzalni shkafga yoki maxsus jihozlangan xonaga olib qo'yish.
36. Yuz-qo'llarni iliq suvda sovunlab yuvish yoki dush qabul qilish.

9-Amaliy mashg’ulot
Tish ochuvchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar
Reja:
1. Xavfsizlikning umumiy talablari.
2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari
3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari
4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari
5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari


XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI
1. Yo'riqnoma tish ochish stanoklarida silindrik va konussimon shesternyalarga, tishli g'ildiraklarga frezalash, zarb bilan o'yib ishlov berish, nusxalash va bosish usullari bilan ichki va tashqi tishlar kesish, mustaqil ravishda ularni sozlash ishlarini bajaruvchi tish qirquvchilar uchun mo'ljallangan.
2. Tish ochuvchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:
2.1. 18 yoshdan kichik bo'elmaganlar;
2.2. Tibbiy ko'rikdan o'tganlar;
2.3. Kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari
bo'yicha o'qiganlar, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar;
2.4. Tish qirqish stanoklarini sozlashga beshinchi va undan yuqori razryadli tish ochuvchilarqo'yiladi;
2.5. Kirish instruktaji va bevosita ish joyida "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq texnika xavfsizligi bo'yicha instruktaj o'tganlar.
2.6. Yuk ko'tarish mexanizmlari, charxlash stanoklari bilan ishlash zaruriyati uchun "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus o'qish va instruktaj o'tganlar;
3. Tish ochuvchi qo'yidagilarga majbur:
3.1. Korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini bajarish;
3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona territoriyasida spirtli ichimlik ichmaslik;
3.3. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;
3.4. Ish vaqtida o'zi bilan birga, ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimni sinash haqidagi guvohnomaga ega bo'lish;
3.5. Korxonada amal qiluvchi normalarga muvofiq berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;
3.6. Yongin xavfsizligi talablarini bajarish;
3.7. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam berishni bilish, voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbariga xabar berish;
3.8. Ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
3.9. Ustaga stanokning aniqlangan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablari buzilishi to'g'risida xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;
3.10. Ishlayotgan stanokni ekspluatasiya qilish bo'yicha yo'riqnomani bilish va bajarish.
3.11. Elektr toki kuchlanishi ta'siri ostidagi shaxslarni qutqarish yo'llarini va ularga birinchi yordam ko'rsatish usullarini bilish;
3.12. Yong'in o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;
3.13. Elektr va yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;
4. Tish ochuvchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar hisoblanadi:
4.1. Aylanuvchi mexanizmlar va detallar;
4.2. Elektr tokidan shikastlanish xavfi;
4.3. MSS (moylovchi- sovituvchi suyuqliklar);
4.4. Detallarni tushib ketishi.
5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomiga rioya qilmaslik hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq o'rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Download 343.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling