Enertsial va noenertsial sanoq sistemasi
Inertsiya kuchlarining xususiyatlari
Download 100.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqEnertsial va noenertsial sanoq sistemasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galileyning nisbiylik prinsipi Galiley- Nyuton mexanikasidagi nisbiylik prinsipi Galiley nisbiylik prinsipi
- FOYDALANILAGAN ADABOYOTLAR
Inertsiya kuchlarining xususiyatlari
1. Inertsiya kuchlari faqat noinertsial sanoq sistemadagina ta’sir qiladi. .
3. Inertsiya kuchlari uchun Nyutonning III-qonunini qo’llab bo’lmaydi. Tekis aylanma harakat qlayotgan sistemaning har bir nuqtasi markazga intilma kuch ta’sirida bo’lib, u bilan bogliq sanoq sistemasi noinertsial sistemani hosil qiladi. Tezlanuvchan harakat qiluvchi ushbu sistemadagi inertsiya kuchini ko’raylik. Massa markazidan o’tgan qo’zgalmas o’q atrofida o’zgarmas burchak tezlik bilan aylanayotgan disk olaylik. Disk bilan birgalikda uning markaziga prujina bilan bog’langan jism ham aylanma harakat qilishi mumkin. Tinch holatda bo’lgan disk ustidagi jism aylanish o’qdan ma’lum bir masofada joylashgan bo’lsin. Disk aylanma harakatga keltirilsa, sharchaga radius bo’ylab markazga intilma kuchga teskari yo’nalishda markazdan qochma inertsiya kuchi ta’sir qilib prujinani cho’zadi. Galileyning nisbiylik prinsipi Galiley- Nyuton mexanikasidagi nisbiylik prinsipi Galiley nisbiylik prinsipi — Nyutonnint klassik mexanikasida barcha inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mexanika qonunlari birday boʻlganida namoyon boʻladi. Biror inersial sanoq tizimida oʻtkaziladigan har qanday mexanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki tugʻri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab boʻlmaydi. Bu holatni birinchi bulib 1636 y.da G. Galiley aniqlagan. Moddiy nuqtaning harakati nisbiydir: uning holati, tezligi, trayektoriyasining shakli ushbu harakat qaysi inersial sanoq tizimi (sanoq jismi)ga nisbatan qaralishiga bogʻliq. Shuning bilan birga, klassik mexanika qonunlari barcha inersial sanoq ti-zimlarida birday boʻladi. Mexanik harakatning nisbiyligi va mexanika qonunlarining turli inersial sanoq tizimlarida birday bulishi G. n. p. mazmunini tashkil qiladi. Matematik jihatdan G. n. p. mexanika tenglamalarining harakatlanayotgan nuqtalar koordinatalarini (vaqtning ham inersial sanoq tizimidan boshqasiga oʻtishdagi almashtirishlarga — Galiley almashtirishlariga nisbatan invariantligini ifodalaydi Inersial sistemaning tinch xolatda yoki to’g’ri chiziqli tekis xarakatda ekanligini sistemaning ichida o’tkazilgan xech qanday mexanik tajribalar yordamida aniqlab bo’lmaydi. Mexanika nuqtai nazaridan xamma inersial sistema- lar mutlaqo ekvivalentdir. Ulardan istalgan birini tinchlikda deb hisoblab, boshqa xamma inersial sistemalarning tezliklarini unga nisbatan aniqlash mumkin. Bu xulosa nisbiylikning mexanik prinsipi yoki Galileyning nisbiylik prinsipi deb yuritiladi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi bu xulosani umumlashtiradi: sistemaning ichida o’tkazilgan elektrik, yorug’lik yoki boshqa hodisalarga xos tajribalar yordamida, umuman sistema ichida o’tkazilgan xar qanday tajriba yordamida xam sistemaning to’gri chiziqli tekis xarakatini payqab bo’lmaydi deb tasdiqlaydi. FOYDALANILAGAN ADABOYOTLAR S. E Frish, A.V Timoreva “Umumiy fizika” I.V. Savelyev “Umumiy fizika kursi” 1-qism S.X Astanov. Umumiy fizika kursidan ma’ruzalar matni http://fayllar.org Download 100.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling