Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят
Download 0.53 Mb.
|
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Doston - xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida
Reja:
1. Doston - xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. 2. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari 3. Dostonlarning tasnifi. 4. Xalq dostonlarida turkumlik. Tayanch so`zlar: “Doston” so‘zi fors tilidan olingan, “Doston” so‘zining yana bir ma’nosini, Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat, «Baxshi» so‘zi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da to‘rt xil ma'no berishi ko‘rsatilgan: 1 – donishmand, 2 – dostonlarni kuylovchi, 3 – dam solib davolovchi tabib, 4 – Buxoro xonligida qurilish mablag‘ini nazorat qiluvchi 1. Doston - xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. “Doston” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “qissa”, “hikoya”, “tarix”[1] ma'nolarini ifodalaydi. O‘zbek badiiy adabiyotida dostonlar yaratilish usuliga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Birinchi turi yozma adabiyot vakillari tomonidan har bir bandi masnaviy – ikki misradan iborat, faqat she’riy shaklda yaratiladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Navoiyning «Xamsa» asaridagi beshta doston va hokazolar. Yozma adabiyotdagi dostonlar aruz vaznida yoziladi. Individual ijod mahsuli hisoblanadi. Binobarin, yozma adabiyotdagi dostonlar yakka shaxs ijodi an'analari asosida vujudga keladi. Ikkinchi tur dostonlar og‘zaki ijod mahsuli sifatida folklor an’analarga bo‘ysungan holda yaratiladi. Filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov ta’rificha, og‘zaki ijoddagi dostonlarda she’riy va nasriy parchalardan iborat badiiy manba – matn bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, dostonning muzikasi bo‘lishi lozim (Bu o‘rinda shuni aniqlab olish kerakki, har bir alohida olingan doston uchun alohida yirik muzika asari bo‘lishi shart emas). Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do‘mbira cherta bilishi yoki qo‘biz chala bilishi zarur. To‘rtinchidan, dostonni kuylayotgan baxshi yaxshi ovozga ega bo‘lishi va qo‘shiq aytish mahoratini egallagan bo‘lishi zarur[2]. Xalq og‘zaki ijodidagi doston folklorshunos olimlarning diqqatini alohida o‘ziga jalb qilgan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarkibida eng ko‘p o‘rganilgan, katta munozaralarga sabab bo‘lgan, qolaversa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi merosini butun dunyoga ma'lum va mashhur qilgan janrdir. “Doston” so‘zining yana bir ma’nosini ham bilib olish kerak. Bu – el orasida gapirilmoq, kuylanmoq, og‘izga tushmoq demakdir. Demak, dostonlarda ishtirok etgan qahramonlar, bir tomondan, asardagi obraz sifatida qayd etilsa, ikkinchi tomondan, el og‘ziga tushuvchi, shuhrat topuvchi inson tushunchasini ham o‘zida singdirgan bo‘ladi. Natijada, ayniqsa, ijobiy qahramonlarning og‘izga tushishi yoki muhabbat topishi xalq pedagogikasi talablariga ham javob beradigan inson bo‘lib tanilishi bilan bog‘lanadi. Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo‘shiq so‘zidan iborat bo‘lib, badiiy adabiyotda voqyea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma’nosini anglatadi. Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947-yilda Moskvada e’lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O‘zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug‘mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan. Shunday qilib, «Alpomish», Go‘ro‘g‘li turkumidagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi», «Malika Ayyor», «Ravshan» kabi o‘nlab asarlar, «Kuntug‘mish», «Rustamxon», «Oshiq G‘arib va Shohsanam» kabilar xalq og‘zaki ijodidagi doston janriga mansub namunalar bo‘lib, asrlar davomida el qalbidan samimiy hurmatga sazovor, shuhratga erishgan durdonalardir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling