«Sust xotin» marosimi. Dahshatli qurg‘oqchilikning biron-bir chorasini topa olmagan qadimgi ajdodlarimiz yomg‘ir so‘rab turli-tuman marosimlar o‘tkazishgan, har-hil tangrilarga, avliyo va anbiyolarga sig‘inishdan o‘zga chora topa olmagan. Mazkur marosim ham shu chorasizlikning mahsuli sifatida vujudga kelgan.
Ular qishloqdagi barcha xonadonlarga kirib, «Sust xotun» qo‘shig‘ini aytishgan. Xonadon egalari qo‘g‘irchoq ustidan suv sepib, marosim ishtirokchilarini xursandchilik bilan qarshi olishgan va marosimni o‘tkazuvchilarga xayr-ehsonlar berganlar.
Qo‘shiqda yomg‘ir tangrisi Sust xotinga iltijo qilish, uning shaxsiyatini ulug‘lash yetakchilik qiladi. Shuning uchun u quyidagi naqarot bilan boshlanib, xuddi shu naqorat bilan yakunlangan:
Sust xotin, sulton xotin,
Ko‘lankasi maydon xotun.
Qo‘shiqning qolgan baytlari bevosita qo‘ng‘iroq ko‘targan ayol tomonidan aytilgan. Ularda dehqon sepgan bug‘doyning mo‘l hosil berishi, xonadonining shod-xurramlikka to‘lishi, buning uchun esa Sust xotinning yomg‘ir hadya etishi lozimligi kuylanadi:
Hosillar mo‘l bo‘lsin, Sust xotin,
Dehqonning uyi to‘lsin, Sust xotun,
Yomg‘irlarni yog‘dirgin, Sust xotin,
Yomonning uyi kuysin, Sust xotin.
«Sust xotin» qo‘shig‘i boshlovchi ayolning so‘zga chechanligi bilan bog‘liq holda davom etaveradi. Nihoyat, naqorat ikki-uch marta takrorlash bilan marosim ham, unda ijro etiladigan qo‘shiq ham yakunlanadi.
Yozgi marosim folklori. Yozgi marosimlar folkloridan faqat shamol to‘xtatish bilan bog‘liq ayrim janrlar saqlangan. Bular «Choy momo» marosimida ijro etiladigan qo‘shiqlardan iborat.
«Choy momo» marosimi». Uzoq ajdodlarimiz shamolga g‘ayri tabiiy kuch-qudratga ega bo‘lgan jonli mavjudot sifatida munosabatda bo‘lganlar. «Choy momo» marosimi esa ana shunday qarashlarning yorqin ifodasidir.
Ma’lumki, yoz oylari boshoqli ekinlar ayni yetilgan, mevalar g‘arq pishgan mahalda surunkali qattiq shamol bo‘lsa, yetilgan hosil nobud bo‘lishi mumkin. Mana shunday bir paytda tabiat kuchlari oldida o‘zlarini ojiz sezgan ota-bobolarimiz «Choy momo» marosimiga murojaat etishdan o‘zga chora topa olmaganlar.
Choy, choy, Choy momo,
Do'stlaringiz bilan baham: |