Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят


Download 0.53 Mb.
bet10/40
Sana19.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1102381
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ

Choy momosi o‘libdi,
O‘g‘li yetim qolibdi,
Bosa-bosa beringlar.
Bosilib qolsin bu shamol.
Uga-uga beringlar,
Ugilib qolsin shu shamol,
Oblo-hu, oblo-hu...
Xullas, «Choy momo» marosimi juda qadim zamonlarda kishilar tabiat va tabiat hodisalarini jonli mavjudot sifatida tasavvur qilib, ularga sig‘ingan paytlarda vujudga kelgan. Tarixiy taraqqiyot, kishilar ongining o‘sishi oqibatida ana shunday tasavvurlar sekin-asta unutila boshlagach, marosim ham turli-tuman o‘zgarishlarga uchragan holda bizning kunlarimizga yetib kelgan.
Kuzgi marosim folklori. Kuz dehqon hayotida katta o‘rin egallaydi. Bu faslda kishi yoz bo‘yi qilingan mehnatining samarasini yig‘ishtirib oladi; chorvador esa qishlovga yem-hashak, ozuqa tayyorlaydi.
Boshqa xalqlarda bo‘lganidek, o‘zbek kuzgi maromislar folklori ham juda boy bo‘lgan. Biroq o‘z vaqtida yozib olinmaganligi sababli ularning aksariyati izsiz yo‘qolgan. Hozirga qadar o‘zbek kuzgi marosimi folklori janrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug‘doyini o‘rib olish («Oblo baraka») va shamol chaqirish marosimlarigina saqlanib qolgan.
Oxirgi tutam bug‘doyini o‘rib olish marosimi yil bo‘yi qilingan mehnat samarasini nobud qilmay yig‘ib olishga xizmat qiladi.
Shamol chaqirish marosimi. Mazkur marosimni o‘tkazish tarzi, ishtirokchilar sostavi haqida hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro atroflarida shamol chaqirish marosimida aytiluvchi qo‘shiqning to‘rt misrasigina saqlanib qolgan xolos.
Qo‘shiqda shamol sifatida Haydar shaxsiyatiga, ya’ni Muhammad payg‘ambarning kuyovi Hazrati Aliga murojaat qilinadi. Afsonalarga ko‘ra, Haydar kuch-qudrati va tadbirkorligi bilan barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolni ham o‘z izmida saqlar emish. Agar unga iltijo qilib murojaat etilsa, u o‘zi tutib turgan shamolni qo‘yib yuborar emish. Bu narsa quyidagi to‘rtlikda ko‘zga yaqqol tashlanadi:
Haydar, ota-onang o‘libdir,

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling