Энг қадимги халқ ОҒзаки ижоди намуналари. Миф, афсона, ривоят


-Mavzu: Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va


Download 0.53 Mb.
bet7/40
Sana19.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1102381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
ЭНГ ҚАДИМГИ ХАЛҚ ОҒЗАКИ ИЖОДИ НАМУНАЛАРИ

2-Mavzu: Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va
ularning badiiyati
Reja:

  1. O`zbek marosimlari va ularning turlari

  2. Mavsum marosimlari

  3. Oilaviy marosimlar

  4. Sehr- joduga asoslangan marosimlar

Tayanch so`zlar: Mavsumiy marosimlar folklori, oilaviy marosimlar folklori, “Mavsum” deganda, asosan, yil fasllari, “Gurgak” o‘yini, Qadimda o‘tgan “Boychechak” marosimi
Ma`ruza bayoni:
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to‘kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o‘tkaziladigan, xalq orasida qat’iy an’anaga kirib qolgan xatti-harakatlari marosim deyiladi. Marosimni o‘tkazish paytida ijro etiladigan qo‘shiq va aytimlar, o‘qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi.
O‘tkazilish vaqti, o‘rni va tarzi, funksiyalari va ishtirokchilar sostavi bilan marosim ikki katta qismga bo‘linadi. Bular:


Insoniyat tarixi kashfiyotlar tarixidir.Mangu vaqtni osmon jismlari harakati va tabiat hodisalari holatiga qarab lahza, daqiqa, kun, fasllar, yillar, asrlarga taqsimlash ham insonning ana shunday eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan. Bu kashfiyot tufayli asrlar davoida ovchilik, termachilik, chorvachilik, dehqonchilik rivojlandi.Xalqning asriy tajriba va bilimlari avlodlardan-avlodlarga yetib keldi.Zamirida mifologik dunyoqarash yotgan ibtidoiy dinlardan to xalqaro dinlargacha bo‘lgan ta’limotlar qaror topdi.Oilaviy, mahalliy, milliy, xalqaro urf-odatlar, irimlar, marosimlar, bayramlar paydo bo‘ldi va insoniyatning beqiyos ma’naviy qadriyatlariga aylandi.
Har bir xalqning milliy o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan an’ana va marosimlari, urf-odat va bayramlari bor.Asrlar bo‘yi yaratilib, zukko xalqning yuksak ijodiy salohiyati tufayli sayqallanib kelgan ana shunday an’analar aslida o‘sha millatning o‘zligini, milliy qiyofasini belgilaydi.Ikki azim daryo oralig‘ida shu muborak zamin-ona diyorimiz O‘zbekistonda o‘ziga xos qadimiy madaniyatni bunyod etgan zukko ajdodlarimizning yaratuvchilik, yasharish, yangilanish bilan bog‘liq eng ezgu va hayotbaxsh g‘oyalarini o‘zida mujassamlashtirgan navro‘z bayrami ham ana shunday betakror va muxtasham badiiy qadriyatlardan hisoblanadi. Zero “ko‘klam nafasi ufurib, mayin shabadalar esa boshlashi, tabiat uyg‘onib, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga yangi kuch, yangi g‘ayrat kirgandek, uning tomiriga, uning qon-qoniga hayot va bahor nafasi yugurgandek bo‘ladi, yuragimizni, butun borlig‘imizni yaxshilik va yaratuvchilikka undaydi”.
Q
adimgi tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalq qo‘shiqlari folklorning eng ko‘p tarqalgan, keng ommalashgan, suyumli va faol janrlaridan bo‘lib, xalqning bilimi, tajribasi, ma’naviy qadriyatlari xazinasi sanaladi. Prezidentimizning alla qo‘shiqlari haqida: “Ona allasi faqat chaqaloq orom olishi uchun aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi.Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuyg‘ular va orzular go‘dakning jismu jonida ildiz qoldiradi”,- deya bildirgan fikrlari qo‘shiqlarimizning ta’sir kuchi va tarbiyaviy mohiyatiga berilgan yuksak bahodir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling