Eng asosiy qoida: tarjima va obrazni garmonizatsiya qilish paytida qanchalik
Download 136.05 Kb. Pdf ko'rish
|
80 TA SO\'Z
Eng asosiy qoida: tarjima va obrazni garmonizatsiya qilish paytida qanchalik bachkana, aqlga sig‘maydigan, haqiqatdan yiroq bo‘lgan holat tasavvur qilinsa shunchalik so‘zlarning yodda qolishi hamda unutilmasligi osonroq, tezroq va samaraliroq bo‘ladi! 1. Afraid [efreid] adj. – qo‘rqqan, cho’chigan; (Alfred) tasavvur qiling, Alfred degan o‘zga sayyoralik oldingizga kelganida qo‘rqqaningizdan hushingizdan ketdingiz. 2. Agree [egrii] v.– fikriga qo‘shilmoq,rozi bo’lmoq; (egri) tasavvur qiling, egri chinorga gapiryapsiz va u fikringizni ma’qullab “ha, ha” deb turibdi. 3. Angry [enngri] adj.– Jahli chiqqan, badjahl; (Angren) tasavvur qiling, Toshkentning Angren tumani jahldorligi uchun boshqa tumanlar bilan urushyapti. 4. Arrive [errayv] v. – yetib kelmoq, kelmoq; (arra) tasavvur qiling ustasiz, ish joyingizga hamma asboblaringizni o‘zingiz olib keldingiz va faqat arra o‘zi yetib keldi. 5. Attack [ettek] v. – hujum qilmoq, hujum uyushtirmoq; (katak) tasavvur qiling tovuqsiz, mushuk hujum qilgani uchun katta kirib oldingiz. 6. Bottom [botem] n. – tag, pastki qism; (bodom) tasavvur qiling, bir uydek keladigan katta bodomning tagida xazina bor va uni olyapsiz. 7. Clever [klever] adj. – aqlli, ziyrak; (kelaver) tasavvur qiling ustozsiz, bir bola sizga shogird tushishlikni xohlayapti va siz unga telefonda “aqlli bo‘lsang kelaver” deb bir necha marotaba aytyapsiz, u esa hayron… 8. Cruel [kruuel] adj, – shafqatsiz,berahm; (qurol) tasavvur qiling, jangda foydalaniladigan qurollar suhbat qilyapti va ular orasidan qilich chiqib, “oramizda eng zolimi men bo‘laman” deb baqiryapti. 9. Finally [fayneli] adv, – vanihoyat, axiyri; (fayllar) tasavvur qiling, kompyuteringiz siz yo‘qotgan fayllarni o‘zini ichidan qidirib, “va nihoyat topdim” deb xursand bo‘lib aytyapti. 10. Hide [hayd] v. – yashirinmoq,bekinmoq; (hayit) tasavvur qiling, qo‘chqoringiz bor va u hayit bayramida sizdan yashirinish uchun muzlatgichga kirib olgan. 11. Hunt [hant] v. – ovlamoq, ov qilmoq; (qand) tasavvur qiling, o‘rmonga jonli oq qandlarni ovlayapsiz. 12. Lot [lot] n. – juda ko‘p; (voydod) tasavvur qiling, pulingiz juda ko‘pligidan va boyligingizdan voydod deb yig‘layapsiz. 13. Middle [midl] n.– o‘rta; (mitti) tasavvur qiling, oyni o‘rtasida orzuyingizdagi umr yo‘ldoshingiz mittigina bo‘lib ko‘rinib qoldi. 14. Moment [moment] n. – daqiqa, on, zum; (mamont) tasavvur qiling, zooparkdagi fil bir zumda mamontga aylanib qoldi. 15. Pleased [pliizt] adj. –hursand, mamnun; (parazit) tasavvur qiling, parazitlar mahsulotlaringizni yeb, “biz sizdan mamnunmiz” deb aytyapti. 16. Promise [promis] v. – va’da bermoq (ayfon pro va mis) tasavvur qiling, Apple korporatsiyasiga “iPhone Pro” versiyasini misdan yasashga buyurtma beryapsiz va ular “kelasi safar shunday qilishga va’da beramiz” deyapti. 17. Reply [replay] v. – javob bermoq; (qanday eplay?) tasavvur qiling, maktabga prezident kelganda o‘qituvchingiz qiyin savol berib “oddiy savolga javob berishni eplolmading” deya baqirdi va siz “qanday eplay?” deb yig‘layapsiz. 18. Safe [seif] adj. – xavfsiz, bexatar; (dev) tasavvur qiling, uyingizga dev keldi va siz xavsizlik uchun katta seyfingizga yashirinyapsiz. 19. Trick [trikk] n. – hiyla; (tirik) tasavvur qiling, bir jinoyatchidan tirik qolish uchun hiyla ishlatib qochib qoldingiz. 20. Well [vel] adv. – yaxshi; (bel) tasavvur qiling, belingiz bilan gaplashasiz va og‘rigan paytda yaxshi bo‘lishini aytsangiz yaxshi bo‘lib qoladi. 21. Adventure [edvenche] n. – sarguzasht; (divancha) tasavvur qiling, uyingizdagi bir divanchangiz jonlandi va birgalikda sarguzashtlarga boy sayohatga ketyapsiz. 22. Approach [eprooch] v. – yaqinlashmoq, yaqin kelmoq; (patirchi) tasavvur qiling, dunyodagi barcha patirchilar patirlarini maqtab sizga yaqinlashib kelyapti 23. Carefully [keirefulli] adv. – ehtiyotkorlik bilan; (kafelli) tasavvur qiling, kafelli basseynda atrofidasiz va ehtiyotkor bilan yurmaganingiz uchun sirpanib yiqildingiz. 24. Chemical [kemikl] n. – kimyoviy modda; (kommunal) tasavvur qiling, hozirgi kunda hamma odamlar kommunal to‘lovlarni kimyoviy moddalar bilan to‘lashyapti. 25. Create [kriieit] v. – yaratmoq,yasamoq; (krovat) tasavvur qiling, ustasiz va kuniga 50 tadan krovat yasayapsiz. 26. Evil [evil] adj.– yovuz,yomon; (Seul) tasavvur qiling, dunyodagi barcha yovuzlar Seul shahrida va siz u yerga borib ularga qarshi jang qilyapsiz. 27. Experiment [eksperiment] n. – tajriba,sinov ; (eksperiment) tasavvur qiling, noodatiy eksperiment o‘tkazdingiz va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildingiz. 28. Kill [kill] v. – o‘ldirmoq; (kilo) tasavvur qiling, hozirgi kunda ortiqcha kilo yig‘ib semirgan hayvonlar qonuniy o‘ldirilyapti. 29. Laboratory [laberetori] n. – laboratoriya; (laboratoriya) tasavvur qiling, insonlar orasida olimlar ko‘payib ketgani uchun uyda emas laboratoriyalarda yashaydigan bo‘ldik. 30. Laugh [laf] n. – kulgu; (harf) tasavvur qiling, kulganingizda og‘zingizdan harflar chiqib ketadigan bo‘lib qoldi. 31. Loud [laud] adj. – baland, shovqinli; (Davut) tasavvur qiling, donishmand Hazrat Davut davridasiz va u kishi baqirganda ovozi balandiligidan tog‘lar titrayapti. 32. Nervous [nerves] adj. – xavotirlangan,xavotirga tushgan; (nervenniy kelinlar) tasavvur qiling nervenniy kelindan qaynona xavotirlangan. 33. Noise [noiz] n. – shovqin,yoqimsiz ovoz; (nos) tasavvur qiling, bir do‘stingiz har doim nos chekkanda shovqinli tovushlar chiqarib asabingizni buzadi. 34. Project [projekt] n. – loyiha; (projektor) tasavvur qiling, dunyodagi eng katta projektorni yaratish bo‘yicha loyihangiz amalga oshdi va shuni orqasidan boyib ketdingiz. 35. Scare [skeier] v. – qo‘rqitmoq,daxshatga solmoq; (skeyt) tasavvur qiling, skeytda uchayotganingizda u jonlanib sizni qaltis harakatlar bilan boshqarib qo‘rqitdi. 36. Secret [sekret] n. – sir; (dekret) tasavvur qiling, ishda homiladorligingizni sir tutib dekretga chiqmadingiz va ishxonada to‘lg‘oq tutinb qoldi. Erkak kishi bo‘sangiz biron tanishingizni tasavvur qilishhingiz mumkin. 37. Shout [shaut] v. – baqirmoq,qichqirmoq; (shart) tasavvur qiling, baqirish musobaqasidasiz va tomog‘ingiz qirilguncha baqirishingiz shart. 38. Smell [smel] v. – hidlamoq,hidlab ko’rmoq; (mel) tasavvur qiling, melni (bo‘r) hidlaganingizda yoqimli hid kelyapti va uni yeb ko‘ryapsiz. 39. Terrible [terebl] adj. – juda yomon; (terlab o‘l) tasavvur qiling, odamlar issiqda juda yomon terlab o‘lib qolyapti. 40. Worse [vors] adj. – yomonroq; (voris) tasavvur qiling, bir davlat rahbari o‘zidan yomon voris qoldirgani uchun mamlakat barbod bo‘di. 41. Alien [eilien] n. – o‘zga sayyoralik; (ey ilon) tasavvur qiling, o‘zga sayyoraliklarning uchar likopchasidan ilonlar tushub kelyapti va siz o‘zga sayyoraliklarga qarab “ey qaranglar, ilon, ey ilon” deyapsiz. 42. Among [a’mong] prep.– orasida, ichida; (eman) tasavvur qiling, eman daraxtlari orasida bir archa yig‘layapti. 43. Chart [chaart] n. – diagramma; (chat) tasavvur qiling, online o‘qiyapsiz va diagrammaga oid mavzularni telegram chatida muhokama qilyapsiz. 44. Cloud [klaud] n. – bulut; (kloun); tasavvur qiling, bulutlardan yomg‘ir o‘rniga klounlar yog‘yapti. 45. Comprehend [kamprihend] v. – tushunmoq,anglamoq; (kampir hind) tasavvur qiling, bir hind kampirni ko‘rib qolidingiz u sizga gapirayotganda tushunmayapsiz. 46. Describe [diskraib] v. – tasvirlamoq; (disk) tasavvur qiling, bitta diskda butun umringizni tasvirlovchi video bor. 47. Ever [ever] adv. – qachon bo‘lmasin, ilgari; (ter) tasavvur qiling, siz umuman terlamaydigan odamsiz va qachon bo‘lmasin terlashni orzu qilyapsiz. 48. Fail [feil] v. – muvaffaqiyatsizlikka uchramoq; (fayl) tasavvur qiling, biznesingiz haqidagi fayllaringizni o‘g‘irlab sizno muvaffaqiyatsizlikka uchratishdi. 49. Friendly [frendli] adj. –mehribon, g’amxo’r do‘stona; (bentley) tasavvur qiling, shahringizda hamma bilan do‘stona munosabtda bo‘lgan odamga bentley sovg‘a qilinyapti. 50. Grade [greid] n. – baho; (reyd) tasavvur qiling, maktabda o‘qituvchilar emas militsiyalar reyd o‘tkazib o‘quvchilarni baholayapti. 51. Instead [insted] adv. – o‘rniga; (institut) tasavvur qiling, institutda o‘qishni o‘rniga oshxonada o‘qiladigan ahmoqona zamon tushib qoldingiz. 52. Library [layberi] n. – kutubxona; (lablari) tasavvur qiling, kutubxonadasiz va u yerdagi kitoblar lablar chiqarib gapiryapti. 53. Planet [planet] n. – sayyora; (planeta) tasavvur qiling, koinotdagi sayyoralarni sotib olyapsiz. 54. Report [ripoort] n. – hisobot,o’uvchi tabeli; (sport) tasavvur qiling, dunyodagi eng mashhur sportchilar natijalari haqida sizga hisobot berishyapti. 55. Several [sevrel] – bir nechta; (Sevara) tasavvur qiling, bir nechta Sevara ismli qizlar sizni quvlayapti 56. Solve [salv] v. – yechmoq,javob topmoq; (salat) tasavvur qiling, jamiyatda shunday salat paytdo bo‘ldi, yesangiz hamma muammolarni hal qilyapti. 57. Suddenly [sadnli] adv. – to‘satdan,kutilmaganda,birdaniga; (sotqinlik) tasavvur qiling, bir yaqin insoningiz to‘satdan sizga sotqinlik qildi. 58. Suppose [sepouz] v. – taxmin qilmoq,deb uylamoq; (sepochka) tasavvur qiling, sepochkani (zanjir) po‘lat yoki oddiy temirdan tayyorlanganini taxmin qilib bir do‘stingiz bilan bahslashyapsiz. 59. Universe [yuunivers] n. – koinot; (universal) tasavvur qiling, koinotda “universal pictures” kino kompaniyasing filmlarini tomosha qilib turibsiz. 60. View [vyuu]v. – ko‘rmoq,qaramoq; vyu vyu tarqal tarqal 25 soat million ko’rmoqda. 61. Appropriate [aproprieit] adj. –mos, to’g’ri, muvofiq; (apparat) tasavvur qiling, butun boshli bir katta do‘konda oshingizga muvofiq bo‘lgan foto apparatni topolmayapsiz. 62. Avoid [evoid] v. – yaqinlashmaslik,chetda turmoq; (covid) tasavvur qiling, laboratoyadasiz va sizga “covid 19” virusi yoniga yaqinlashmaslik aytildi. 63. Behave [biheiv] v.– o‘zini tutmoq,odob saqlamoq; (behi) tasavvur qiling, yoningizda behi bor va u jonlanib o‘zini masxarabozlardek tutyapti. 64. Calm [koom] adj. – xotirjam; (qalam) tasavvur qiling, asabiylashganingizda qalam yesangiz xotirjam bo‘ladigan odatingiz bor va hozir shunaqa qilyapsiz. 65. Concern [konso‘rn] n. – tashvish, g‘am; (konsert) tasavvur qiling, hamma konsertga borib xush kayfiyatda o‘tiribdi sizni esa g‘am tashvish tark etmayapti va baqirib yig‘layapsiz. 66. Content [kentent] n. – xursand,shod; (qon ketdi) tasavvur qiling, har safar xursand bo‘lganida ko‘zlaridan qon ketadigan do‘stingiz bor va hozir shunday bo‘lyapti. 67. Expect [ikspekt] v. – umid qilmoq,ishonmoq,kutmoq; ekspert tasavvur qiling butun dunyoga o’zizga yoqqan gullarni ekspert qildingiz va ishonasiz sizga katta foyda keltiradi. 68. Frequently [frikventli] adv. – tez-tez; (fri) tasavvur qiling, tez-tez kartoshka fri yeyishga borib turmasangiz kasal bo‘lib qolyapsiz. 69. Habit [habit] n.– odat; (obed) tasavvur qiling, obed vaqtida ovqatlanish o‘rniga bitta saqichni yutib yuborib to‘yib qoldingiz. 70. Instruct [instrakt] v. –ta’lim bermoq,ko’rsatma bermoq; (instruksiya) tasavvur qiling, yangi olib kelgan televizoringizni qanday ishlatish bo‘yicha instruksiyasi bo‘lmagani uchun o‘zingiz o‘rganyapsiz. 71. Issue [ishuu] n. – masala, muammo; (ish yo‘q) tasavvur qiling, dunyoda ish yo‘qligi muammo emas. 72. None [nan] pron, – hech qancha; (non) tasavvur qiling, yer sayyorasida hech qancha non qolmadi. 73. Patient [peishent] adj.– sabrli,toqatli; (peshin) tasavvur qiling, kun bo‘yi sabrsiz bo‘lib faqat peshin paytida sabrli bo‘lib yurasiz. 74. Positive [poozitiv] adj.– ijobiy; (pozitiv) tasavvur qiling, muammolarni tirjayib pozitiv kutib oladigan optimistsiz. 75. Punish [panish] v.– jazolamoq; (tanish) tasavvur qiling, bir tanishingiz jinoyat qilgani uchun uhni emas sizni jazolashyapti. 76. Represent [reprizent] v. – vakil bo’lmoq; (president) tasavvur qilmoq, har safar kostyum shim kiyganingizda o‘zingizda prezident ko‘rinishi aks etganini his qilasiz. 77. Shake [sheik] v. – silkitmoq,siltanmoq; (sherik) tasavvur qiling, attraksionda qo‘rqqaningizdan qichqirib sherigingizni silkityapsiz. 78.Spread [spred] v. - tarqalmoq, surkamoq, surtmoq; (spirt) tasavvur qiling, spirtni ichib yuborib butun tanangizga tarqay boshlaganida hushingizdan ketib qoldingiz. 79. Stroll [stroul] v. – sayr qilmoq,aylanib kelmoq; (stol) tasavvur qiling, hamma itni o‘rniga stolingizni yetaklab sayr qilyapsiz. 80. Village [vilij] n.– qishloq; (chellenj) tasavvur qiling, O‘zbekistondagi qishloqlar orasida tezroq rivojlanib shaharga aylanish chellenji boshlandi. Download 136.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling