Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari
Byuk Ipak yo’li Chjan Syan tavsifida
Download 0.81 Mb.
|
6-sinf tarix
Byuk Ipak yo’li Chjan Syan tavsifida. Mil. Avv. 138 – yili imperatori U-Di elchi Chjan Syanni ko’chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo’natadi. Xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj qilar edilar. Elchi xunnlar qo’liga asir tushadi va o’n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan-Shan dovonlari orqali Issiqko’lga chiqadi. Norin daryosi bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu yerda o’zi uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg’ona davlatiga qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi Xitoyning xunnlarga qarshi kurashida Farg’ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo’ladi. Lekin Farg’ona hukmdori faqat savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi. Chjan Syan janub sari sayohatini davom ettiradi. Oloy vodiysidan o’tib, yana xunnlar qo’liga tushib qoladi. Bir yildan keyin vataniga qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga ko’rgan-bilganlarini so’zlab beradi. U Xitoyga Farg’ona otlaridan birini va beda urug’idan olib kelgan edi. Bu otni xitoyliklar «samoviy» deb ataganlar. Imperator U-Di o’z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va yong’oq ekishni ham yolga qo’yadilar. Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab Mil. Avv. II – I asrlarda Xitoy mamlakatini Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan boglovchi jahon ahamiyatiga ega Buyuk Ipak yo’li deb ataluvchi karvon yo’li o’tadigan bo’ldi. Farg’ona vodiysida Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’lingan. Birinchisi o’zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali (yozda) Iloq vohasi va Toshkentga kelgan. Ikkinchisi janubiy tarmoq bo’lib, O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan.
Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati. Buyuk Ipak yo’lining tarixi Sharq va G’arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu tarix o’zaro hamkorlik a madaniyatlar boyitilishi tarixi bo’lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan. O’zbekiston hududi bu yo’lning chorrahasida joylashgan. O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo’li tufayli Sharq va G’arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bilan oshno bo’lganlar. G’arb mamlakatlari xalqlari esa O’rta Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o’zlari uchun kashf qildilar. O’zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So’g’diyona gilamlari, jun gazlamalari, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bo’lgan. Buyuk Ipak yo’li Sharq va G’arb mamlakatlari xalqlarini o’zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo’lish imkonini berdi. O’rta Osiyo bu yo’lning asosiy yo’nalishlari kesib o’tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar. Buyuk Ipak yo’li sharofati bilan O’rta Osiyo xalqlari G’arb va Sharqning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanishdilar. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling