Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari
Download 0.81 Mb.
|
6-sinf tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchilik va san’at.
Diniy e’tiqod. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya, So’g’diyonaning asosiy aholisi zardushtiylik dinida edi. Kanishka hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi qo’shib olinib yaqindan aloqalar o’rnatilgach, Kushon davlati hududiga kirib kela boshlagan buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O’rta Osiyoda mavjud bo’ldi. Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepada muhtasham buddaviylik ibodatxonalari bo’lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O’rta Osiyo bo’ylab tarqala boshladi.
Me’morchilik va san’at. Kushonlar davrida hozirgi O’zbekiston hududida binokorlik va me'morchilik yuksak darajada taraqqiy etdi. Dalvarzin va Eski Termiz singari shaharchalar xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan edi. Mudofaa devorlari ortida hukmdor qarorgohi joylashgan. Shaharlarning o’zi esa hunarmandlar mahallalariga va turar joy mavzelariga ajratilgan edi. Asosiy e'tibor saroylar va ibodatxonalar qurilishjga qaratilgan. Xolchayondagi (Surxon vohasi) Kushon hukmdorlari saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa) va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida o’sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san'atkorona namunalari saqlanib qolingan. Shahzodalar, saroy g’yonlari, jangchilar tasviri, Budda haykali hamda, ud cholg’u asbobini chalayotgan ayollar tasvirlangan mashhur Ayritom frizi shular jumlasidandir. Temir va suyak kandakorligi ham yuqori darajaga erishgan. Dalvarzintepada fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan. Kushon san’atida mahalliy an’analar, Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston ellinistik san'ati uslublari rivojlanishda davom etgan. 44-§. Buyuk Ipak yo’li Vujudga kelishi va tarmoqlari. Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G’arb xalqlari O’rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadimgi dunyoda mashhur bo’lgan Buyuk Ipak yo’li muhim o’rin tutgan edi. Bu yo’l Mil. Avv. II asrda vujudga kelgan va «Buyuk meridianal yo’l» deb atalgan. Bu yo’lga «Ipak yo’li» degan nom 1877 – yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yoli tashkil topmasdan avval O’rta Osiyo va Qadimgi Sharq hududida savdo va madaniy ayirboshlash uchun turli-tuman yo’llar mavjud bo’lgan. Eng qadimgi yo’llardan biri Mil. Avv. 3-2-mingyillikda vujudga kelgan «La’l yo’li»dir. U Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o’tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir la’l toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan. Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir'avnlari maqbaralaridan ham topilgan. Boshqa bir karvon yo’li Eron ahamoniylari sulolasining yo’li bo’lib, «Shoh yo’li» deb atalgan. U Mil. Avv. VI- IV asrlarda Kichikik Osiyo shaharlarini, O’rtayer Dengizi bo’yidagi Efes, Sard shaharlarini Eron poytaxtlaridan biri — Suza bilan boglab turgan. Tag’in bir yo’1 Eron, Baqtriya orqali So’g’diyona, Toshkent vohasi va Qazog’iston hududidan o’tgan va Oltoygacha borgan. Buyuk ipak yo’ 12 ming kilometrcha uzunlikda bo’lgan. U Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rtayer dengizi sohillarigacha borgan. Bu yo’lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaharlar joylashgan edi. So’g’diyonadan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan; Baqtriyadan tuyalar, Farg’onadan zotli otlar, Badaxshondan la’l; Hindistondan O’rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan; Xitoydan guruch keltirilgan; O’rta Osiyodan Xitoyga uzum, yong’oq, anor va boshqa dehqonchilik mahsulotlari tashilgan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling