Eng xavfli ko’priklar
Download 26.55 Kb.
|
Kopriklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xuangchuan shahridagi “Uch dara” shisha ko‘prigi.
- Gananing Kakum milliy bog‘idagi osma yo‘lak.
Xitoydagi yana bir “Burama ajdar” nomli sayr yo‘lagi. Uning uzunligi — 100 metr, vodiydan balandligi — 430 metrni tashkil etadi. Inshoot 99 ta egri-bugri shakldagi toblangan shishadan yasalgan. “Burama ajdar” yo‘lagi qo‘rqib ketgan xitoylik sayyohning virusdek tarqalgan videosi bilan mashhur bo‘lib, oyoqlar ostidagi oynalar “yorilib”, sayyohlarning dahshatli qo‘rquviga sababchi bo‘ladi.
Navbatdagi ko’prik ham Xitoyda joylashgan. Xuangchuan shahridagi “Uch dara” shisha ko‘prigi. Ko’prik po‘latdan va sirg‘anchiq shishalar yordami barpo etilgan. 2020-yilgacha “Burama ajdar” dunyodagi nafaqat eng baland, balki eng uzun shisha ko‘prik unvoniga ega edi. Biroq bu unvonni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Xuanchuan shahridagi “Uch dara” daryosi ustidagi yangi ko‘prikka nasib etdi. Sababi, ushbu ko‘prikning uzunligi yarim kilometrdan oshiq, shisha qalinligi esa 4,5 santimetrni tashkil qiladi. Gananing Kakum milliy bog‘idagi osma yo‘lak. Uzunligi — 330 metr, yerdan balandligi — 40 metrli ushbu yo‘lak yog‘och va arqonlar yordamida yaqin atrofdagi daraxtlarga mustahkamlangan. Umuman olganda, bunday yo‘laklar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uchraydi, ammo uni butun Afrikada faqat bitta uchratishingiz mumkin. U ham bo’lsa Kakum milliy bog‘ida joylashgan. Yo‘lak yettita ko‘prikdan iborat bo’lib, arqonlarga osilgan va daraxt tanalari esa tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Osma yo‘lakda tabiiy tropik o‘rmonlarni, fillarni, buyvol va leopardlarni tomosha qilish mumkin. E’tiboringiz markazida “Bu qiziq” sahifasi edi. Yana dunyoning eng qiziq ma’lumotlari bilan uchrashguncha salomat bo’ling. Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling