Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
Buyuk Britaniya 60-70 yillarning ikkinchi yarmidagi xalqaro
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
Buyuk Britaniya 60-70 yillarning ikkinchi yarmidagi xalqaro
munosabatlar tizimida. Iqtisodiy rivojlanishning yomonlashib borish sharoitida Buyuk Britaniyaning Yevropa integratsiyasida qatnashuvi uning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. G.Vilson bu muammoni 1965 yil yanvar oyida Londonda U.Cherchillning dafn marosimida qatnashayotgan Fransiya prezidenti de Goll bilan norasmiy uchrashuvi vaqtida muhokama qildi. Ammo parlamentning yakdillik bilan bu masalaga munosabat bildirishga erishish juda qiyin edi. Faqatgina, 1967 yil 2 mayida YEIHga qabul qilinish to‘g‘risidagi rasmiy ariza berish masalasini hukumat umum palatasi muhokamasiga qo‘ydi va xujjatning to‘la qo‘llab-quvvatlanishiga erishdi (qo‘llaganlar-488 ovoz, qarshilar 62 ta) Fransiya rahbari bu gal ham Bkyu Britaniyaning “umumiy bozor“ga qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Ammo ilgarigi “temir veto”dan farlqi o‘laroq de Goll bu muammoning barcha iqtisodiy jihatlarni muhokama qilish uchun kechiktirish kerakligini bayon qildi. Buyuk Britaniyaning Yevropa “oltiligi” bilan to‘la mosligini ta’minlash uchun, uning fikricha, London Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan imtiyozli iqtisodiy munosabatlardan voz kechishi va jahon moliyaviy bozoridagi siyosatga mos holda yagona qishloq xo‘jaligi siyosatini tartibga solishi kerak edi. Fransiyaning “barqut vetosi” leyboristlar hukumatining Yevropaga bog‘liq bo‘lgan rejalarini o‘zgartirmadi. 1968 yilda Fransiya va Gfrning YEIHga a’zo bo‘lish talablarini qo‘shimcha tarzda kiritgan takliflarini rad etib, ular Yevropa mamlakatlari poytaxtlariga reja asosidagi diplomatik hujumlar uyushtirdi. Italiya rahbariyati hamda Beshlyuks davlatlari hukumatlari tomonidan bu qadamlar qo‘llab-quvvatlana bordi. De Goll hokimiyat teppasidan ketganidan so‘ng, g‘alaba bo‘lgan ishonch yana oshdi. Fransiyaning yangi prezident J.Pompidu va uning hukumati integratsion jarayonlarning faollashuvi, jumladan “Yagona Yevropa”ning kengayishi tarafdori edi. 1969 yilning oxiridan boshlab Buyuk Britaniyaning YEIHga a’zo bo‘lishi shartlari haqida muzokoralar boshlandi. E.Xit juda uzoq davom etgan “Yevropa uchun kurash” jarayonining iloji boricha tezroq nihyasiga yetkazishga ishtiyoqmand edi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati tizimiga qo‘shilishi haqidagi siyosiy qarorga 1971 yil may oyida E.Xitning Pompidu bilan uchrashuvi chog‘ida qabul qilingan. Fransiya va Britaniya diplomatiyasi federalistik loyihalarga emas, balki Gollchilarning “Vatanlar Yevropasi” g‘oyasiga nisbatan moyillik bildirdilar. Keyingi muzokoralarda Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga kirishi shakli ham aniq belgilandi. Besh yillikka mo‘ljallangan “moslashish davri”ni o‘tkazish ko‘zda tutilayotgan edi. Buyuk Britaniya va YEIH o‘rtasida savdo-sotiqqa oid bojlarning miqdori asta-sekin yiliga 20% dan qisqara boshladi. Shu davr mobaynida Buyuk Britaniya Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan imtiyozi savdoni bosqichma-bosqich qisqartirib borishi kerak edi. Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga qo‘shilishi shakli masalasidagi asosiy muammo valyuta-moliya sohasiga tegishli edi. 1970-1974 yillarda YEIHning o‘zida budjetni isloh qilish muhokamasi bo‘layotgan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, budjetini moliyalash uchun Buyuk Britaniya va Hamjamiyatining boshqa davlatlari Hamjamiyatlari fondiga uchinchi dunyo mamlakatlari (jumladan, Hamdo‘stlik mamlakatlari)dan keltirilgan qishloq xo‘jaligi importiga soliqlar, uchinchi dunyo mamlakatlaridan importning barcha bojxona to‘lovlari, hamda ustama narx uchun olinadigan soliqning bir qismini o‘tkazishlari kerak edi. Buyuk Britaniyaning Hamjamiyatiga bosqichma-bosqich kirib borishi hisobga olingan holda uning umumiy budjetga to‘lovlari 1973 yilda 100 million funt sterlingdan, 1980 yilda 300 million funt sterlinggacha ko‘tarilishi kerak edi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya “Umumiy bozor”ga kirayotganida Hamjamiyat budjetining 8%ini, 1977 yilda deyarli 19%, 1980 yilga kelib esa 24%dan ko‘prog‘ini to‘lashi kerak edi. qabul qilish shartlari to‘g‘risidagi muzokoralarning natijalari Briatniya parlamentdagi Yevropeistlik kayfiyatini biroz tinchlantirdi. Ikkala partiyada ham “yevro skeptik”lar va “yevroromantik”lar guruhlari tuzildi. Keskin bahs-munozaralardan so‘ng, 1971 yil 28 oktabrida umum palatasi ko‘pchilik 356 ta ovoz (244 ta qarshi va 22 ta ovoz berishmagan) bilan integratsion loyihani qo‘llab-quvvatladi. 1972 yil 22 yanvarda Bryusselda Buyuk Britaniyaning 1973 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Hamjamiyati tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu qarorga qarshi bo‘lganlar mamlakatda referendum o‘tkazishni talab qilishsa, Xit va Vilsonlar bu shartnomani parlamentda tasdiqlanishi tarafdorlari edi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati tizimlariga qo‘shilishining huquqiy jihatlari o‘ziga xos bo‘ldi. Yevropa huquqi uchun ikkita asosiy tamoyillarining birligi xarakterli edi: Hamjamiyat hududining milliy huquqlarga nisbatan ustunligi va Yevropa hududining a’zo mamlakatlar hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi. Buyuk Britaniya uchun ushbu huquqiy doktrina, undagi o‘ziga xos konstitutsion tamoyil birligi sababli to‘g‘ri kelmas edi. Bu tamoyilga ko‘ra (“parlament ustunligi”) parlament huquqiy xujjatlarining har qanday tashqi manbalar, jumladan xalqaro shartnomalardan ham ustunligi e’tirof etilardi. Shu sababli Buyuk Britaniyada implementatsiya, ya’ni xalqaro shartnomalarning Milliy huquq normalariga bo‘ysundirilishi shakllangan. Xalqaro shartnomani mamlakat hududida amalga tatbiq etish uchun Britaniya parlamenti implementatsiya tartibida xalqaro shartnoma matnini saqlab qoluvchi yoki uni ingliz huquqi asosida qayta yozilishi asosida qonuni chiqaradi. Bu xalqaro huquq normalarining boshqa mamlakatlardan ratifikatsiyasi (kuchga kirishi)dan tubdan farq qiladi va shartnomaning oliy boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanishidan iborat. Buyuk Britaniyada ushbu amaliyot natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat milliy huquq amal qiladi, ingliz huquqlari esa milliy huquqqa, ichki davlat va xalqaro, zarur bo‘lgandagina amal qiluvchi huquq sifatida ko‘rsatishadi. Britaniyaning hukumat ekspertlari va xalqaro komissiyalarining sa’i-harakatlaridan so‘ng 1972 yil yoziga kelib, Yevropa Hamjamiyati uchun yagona bo‘lgan Yevropa huquqining Buyuk Britaniya hududi amal qilish tartibi ishlab chiqildi. U “dualistik model” nomini oldi va bu holatda Yevropa va Milliy huquqlar yetarlicha mustaqil tizim ekanligini ta’kidlardi. Yevropa huquq aktlarini Buyuk Britaniya hududiga amal qilishi uchun implementatsiya amaliyoti qo‘llanishi kerak edi, ammo Yevropa huquq normalariga zid bo‘lgan milliy qonunlar o‘z kuchlarini yo‘qotardi. 1973 yil 1 yanvarida Buyuk Britaniya Yevropa Hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga aylandi. Ammo leyboristik partiyaning so‘l qanoti va konservatorlar - “yevrosketik”lar ilgarigidek Buyuk Britaniyaning YEIHga a’zolik prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni talab etishardi. Bu talabning jarchisi J.Kollagen bo‘ldi. Vilson esa 1974 yildagi parlament saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng, aksincha “Yevropacha siyosatni” tubdan isloh qilishdan voz kechdi. Uzoq muddatli “Yevropa uchun kurash”ga 1975 yil 5 iyunda ro‘y bergan referendum nuqta qo‘ydi. Referendum a’zolarining uchdan ikki qismi mamlakatning Yevropa Hamjamiyati tarkibida bo‘lishini yoqlab ovoz berishdi. Ammo bosh vazir lavozimiga Kollagen kelgandan so‘ng Britaniya diplomatiyasi Hamjamiyat budjeti to‘laydigan mablag‘lar miqdorini kamaytirishga harakatlarni davom ettirdi. Buyuk Britaniya YEIH ga “yagona hisob-kitob birligi” (EKYU)ni joriy etish, valyuta ittifoqini tashkil etish loyihasi va Yevroparlamentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarga nisbatan salbiy munosabatda edi. Kollagen bunday saylovlarni 1980 yilgacha (Buyuk Britaniyada) kechiktirilishiga erishdi. Britaniya diplomatiyasining yana bir muhim g‘alabasi shundan iborat ediki, Yevrokomissiya 1975 yilda Milliy Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan YEIH davlatlari o‘rtasida imtiyozli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buyuk Britaniyaning Yevropaga oid siyosatining faollashuvi Londonning Vashington bilan “maxsus” munosabatlarini susaytirdi. Atlantik hamdillikni rad etmasdan G.Vilson AQShning “kichik sherigi” rolidan voz kechardi. AQShning 60-yillardagi o‘ta avantyuristik siyosati Londonda unga nisbatan nafratni kuchaytirdi. Ingliz-Amerika munosabatlaridan yaqqol ko‘rsatuvchi voqea Londonning Vyetnamga hech bo‘lmasa ramziy harbiy kuchlarni jo‘natishdan bosh tortganligi bo‘ldi. O‘z navbatida Amerika diplomatiyasi Buyuk Britaniyaning Gonkong, Malayya va Fors qo‘ltig‘idagi mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi sa’i harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdi. Xit hukumatining hokimiyat tepasiga kelgan davrida ham Ingliz-Amerika munosabatlaridagi sovuqlik o‘zgarmadi. Ikkala mamlakat manfaatlari to‘qnash kelishiga hech qanday asos bo‘lmasada, lekin diplomatik qarama-qarshiliklar tez-tez bo‘lib turardi. 1971 yilda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi davrida Buyuk Britaniyaning betaraf bo‘lishga harakat qilishi va vositachi bo‘lishga urinishiga qaramasdan AQSH Pokistonni qo‘llab-quvvatladi. O‘sha vaqtda AQSH Xitoy bilan o‘ziga xos siyosiy muloqot yurgizib, o‘zining hatti-harakatlarida Buyuk Britaniyaning janubiy Osiyodagi manfaatlarini hisobga olmadi. O‘z navbatida Buyuk Britaniya ham 1965 va 1973 yillarda Yaqin Sharqda yuz bergan halqaro inqirozlar vaqtida AQShning arablarga qarshi tutgan keskin pozitsiyasidan ikki xil tushunib bo‘lmaydigan darajada oraliq masofa saqlashga harakat qildi. 1974 yilda leyboristlar hokimiyat tepasiga qaytganidan so‘ng Ingliz-Amerika munosabatlarida ko‘zga tashlanarli iliqlik boshlandi. Leyboristlar hukumati Yevropaga nisbatan va atlantik siyosatini muvozanatga keltirishga urinib ko‘rdi. Kollagen hattoki Yevropa Amerika siyosiy muloqotida vositachi bo‘lishga da’vogar bo‘ldi. Bunga Vashingtonning NATO doirasida ancha teng huquqli munosabatlarga o‘tishi ham yordam berdi. 60-yillarda Sovet-Britaniya munosabatlari juda sovuq xarakterga ega bo‘ldi. Bu munosabatlardagi normallashish tashqi ishlar vaziri Duglas-Xyumning yangi 1973 yilda va ngi bosh vazir Vilsonning 1974 yilda Moskvaga tashrifidan so‘ng ro‘y berdi. Keyingi yillarda London nafaqat G‘arbiy Germaniyada “ko‘priklar qo‘yish” siyosatini qo‘lladi, balki Umumevropa xavfsizlik tizimining shakllanishida ham ishtirok etdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishni tayyorlashning oxirgi bosqichida Buyuk Britaniya delegatsiyasi uni samarali ishlashida faol yordam berdi. 1975 yil 1 avgustda Bosh vazir G.Vilson boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan birgalikda Xelsinki yig‘ilishining so‘nggi aktiga imzo qo‘ydi. Bosh vazir lavozimiga J.Kollagen kelgan paytlarda Britaniya tashqi siyosatining SSSR bilan iqtisodiy hamkorlik, siyosiy qurolsizlanishini qo‘llab-quvvatlash, Umumevropa Xavfsizligini ta’minlash yanada kuchaydi. Murakkab muammo Buyuk Britaniyaning uchinchi dunyodagi rolini aniqlashdan iborat edi. Britaniyaning “Suvayshdan sharqqa qarab” siyosati tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish kerakligi 60-yillarning boshlaridayoq yaqqol bo‘lib qoldi. Ammo Makmillanning “o‘zgarishlar shamoli”ni tan olishga chaqiruvchi hali globalistik kayfiyatlardan butunlay voz kechishini bildirmasdi. U paytda gap siyosiy usullarni o‘zgartirish to‘g‘risida borardi, an’anaviy ta’sirlik taqalarini tark etish haqida emas. Hokimiyat tepasiga kelagn G.Vilson hattoki “Britaniya chegaralari Himolaydan o‘tishi” haqida jar soldi. Britaniya pozitsiyasiing uchinchi dunyo mamlakatlarida susayganligi Hindiston-Pokiston to‘qnashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. 1965 yil bahorida Londonning vositachilik harakatlariga qaramasdan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keng ko‘lamdagi harbiy harakatlarning oldini olishga muvaffaq bo‘linmadi. Faqatgina sentbrga kelib bu mamlakatlar BMTning urushni to‘xtatish haqidagi talabiga bo‘ysunishdi, ulardagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilish SSSR tomonidan amalga oshirildi. Hindiston-Pokiston o‘rtasidagi yangi to‘qnashuv 1971 yil dekabrida ro‘y berdi. Bu galda SSSR amalda ochiqchasiga Hindistonni qo‘llab-quvvatladi va BMTning Xavfsizlik Kengashining urush harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini bajarmadi. AQSH Pokistonga yordam berdi. Hindiston armiyasining g‘alabasi Bangladeshda mustaqil davlatining tashkil etilishiga olib keldi. Pokiston shu davrdan boshlab AQShning strategik hamkoriga aylandi, Hindiston esa SSSR bilan yaqinlashdi, Buyuk Britaniyaning esa bu mintaqadagi ta’siri ancha pasayib ketdi. Britaniya diplomatiyasining Yaqin Sharq inqirozini hal qilishga bo‘lgan harakatlari ham muvaffaqiyat keltirmadi. Buyuk Britaniyaning bu mintaqadagi manfaatlari asosan Suvaysh kanalidan foydalanish muammolari va Yamandagi protektorat taqdiriga bog‘liq edi. 1962 yilda Shimoliy Yamanda inqilob ro‘y berdi. Fuqarolik to‘qnashuviga yirik arab mamlakatlari ham jalb qilindi (Misr respublikachilarni, Saudiya Arabiston monarxistlarni qo‘llab-quvvatladi). Buyuk Britaniya bu voqealardan amalda uzoqlashib, Janubiy Yamandagi boshqaruvini (hukmronligini) saqlab qolishga harakat qildi. U yerda 1962 yilda 17 ta Britaniya protektoratlari asosida Janubiy Arabiston Federatsiyasi tashkil qilingan edi. Ammo bir yil o‘tmasdan bu yerda ham kelishmovchilik ro‘y berdi. Milliy frontning qurolli otryadlari Britaniya harbiy qismlariga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. 1964 yilda hokimiyat teppasiga kelgan leyboristlar hukumati Yaman muammosini huquqiy yo‘l bilan bartaraf etishga urinib ko‘rdi. Janubiy Yamanga suverenitet berilishi jarayoni 1968 yilga kelib yakunlandi. 60-yillarning oxirida Arab-Isroil to‘qnashuvlari ham keskinlashdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil va Misr-Suriya harbiy kuchlari o‘rtasida harbiy harakatlar boshlandi. Isroil uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan “olti kunlik urush” portlash xavfi bo‘lgan mintaqadagi keskin vaziyatni yana keskinlashtirdi. 1970 yilda Nosirning vafotigacha Misrning sovetparast rejimi AQShga tayangan Isroilga qarshilik ko‘rsatib keldi. Britaniya diplomatiyasi esa aksincha biror bir faol pozitsiyada voz kechdi. Aynan, 1967 yil oxirida Vilson hukumati “Suvayshdan sharq tomon”dagi mintaqalarni “tark etish” haqida amalda e’lon qildi. Bu Londonning sobiq ishtirokchilik, globalistik kayfiyatlardan butunlay voz kechganligini bildirardi. 1973 yildagi Arab-Isroil urushida Buyuk Britaniya Yevropaning boshqa mamlakatlari qatorida so‘nggi marta tinchlik yo‘li bilan hal qilishda tashabbus ko‘rsatishga urinib ko‘rdi va hattoki Isroilda ishlatilayotgan Britaniya harbiy texnikasi uchun Isroilga Buyuk Britaniyadan ehtiyot qismlar jo‘natilishiga emborga ham qo‘ygan edi. Ammo, oxir-oqibatda London AQShning qadamlarini to‘la qo‘llab-quvvatladi, bu esa 1979 yilda Kempdevid shartnomasining imzolanishiga olib keldi. 60-70 yillarning ikkinchi yarmida Millatlar Hamdo‘stligining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy asoslarining takomillashtirilishi va uning tarkibining kengayishi davom etdi. Bu o‘zgarishlarning umumiy leytmotivi (asosiy g‘oyasi) Hamdo‘stlikning xalqaro tashkilotlarning umum qabul qilingan qonunlariga yaqinlashishi bo‘ldi. Hamdo‘stlik tabiatini aniqlashga yangicha yondashuv ilk bor 1965 yilda “Hamdo‘stlik Kotibiyati to‘g‘risidagi muvofiqlashtirilgan memorandumi”da aks ettirilgan edi. Bu xujjatda ta’kidlanishicha Hamdo‘stlik mustaqil davlatlar birlashmasi bo‘lib, xalqaro huquq nuqtai nazaridan norasmiy tashkilot xarakterini saqlab qoladi va o‘z a’zolaridan biror-bir umumiy qarorlarni qabul qilish yoki biror yagona harakatlarni bajarishni talab qilmaydi. Hamdo‘stlik faoliyatining umumiy asoslarining to‘laroq xarakteristikasi (tavsifi) 1971 yildagi Hamdo‘stlik tamoyillarining Singapur deklaratsiyasida berildi. Unda yozilishicha “Hamdo‘tlik-bu mustaqil suveren davlatlarning ko‘ngilli birlashmasi bo‘lib, bu davlatlarning har biri o‘z siyosati uchun javobgar, ammo ular o‘z millat va xalqlar umumiy manfaatlari va xalqaro yakdillik va tinchlik yo‘lida o‘zaro maslahatlashadilar va bellashadilar”. Uning faoliyatining asosiy shakllari “maslahatlar, muhokamalar va hamkorlik” deb ataldi. Deklaratsiyada ko‘rsatilishicha Hamdo‘stlikka a’zolik butunlay ixtiyoriydir va Hamdo‘tlikka qabul qilingan har qanday davlat uning tarkibida qolish jumladan undan chiqish masalalarini butunlay o‘zi mustaqil hal qiladi. Hamdo‘stlikning ko‘pchilik yangi a’zolari uchun irqiy muammo va mustamlakachilikka qarshi harakatlar masalasi juda muhim edi. Singapur deklaratsiyasi Hamdo‘stlikning eng muhim maqsadlarining biri sifatida mustamlakachilik hukmronligi va irqchilikning har qanday shakliga qarshi kurashishni e’lon qildi. Deklaratsiya Hamdo‘stlik a’zolariga o‘z davlati hududida irqchilikka qarshi faol kurash olib borish, hamda irqiy kamsitishga yo‘l qo‘yayotgan har qanday mamlakatni qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini yukladi. Xitning hukumati bu yo‘nalishni umuman qo‘llab-quvvatladi, ammo Hamdo‘stlikning Britaniya davlatining ichki ishlariga, ayniqsa, muhojirlar siyosatiga aralashuviga yo‘l qo‘yildi. Singapur konferensiyasida Xit hukumatining Janubiy Afrikadagi rejimga qurol sotishni yana qaytadan tiklash haqidagi qarori keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Sobiq mustamlakalar hududidagi Milliy va irqiy to‘qnashuvlar isloh qilinayotgan hamdo‘stlik uchun eng og‘ir muammo bo‘ldi. 1967 yil kuzida Nigeriyaning federal hukumati Buyuk Britaniyadan ayirmachi (separatist)larga qarshi kurashda ko‘mak so‘radi. Ammo, Londonning sustkashligidan norozi bo‘lgan holda SSSRga harbiy texnik yordam uchun murojaat qildi. 1969 yil martida Vilsonning shaxsan o‘zi Nigeriyaga tinchlikni barqarorlashtirish uchun borishga majbur bo‘ldi. 1970 yilga kelibgina to‘qnashuv bartaraf etildi. Britaniya hukumati Janubiy Rodeziyadagi voqealarga nisbatan esa yanada ko‘proq ojizligini namoyish qildi. 1964 yilda Yan Sintning irqchilikka moyil rejimi hokimiyat teppasiga keldi va bir yildan so‘ng mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. Vilson hukumati Rodeziyadagi tuzumning o‘zaro hamkorlikdan bosh tortganligini qoraladi, ammo muammoni hal qilish uchun zo‘ravonlik choralarini qo‘llash imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. Afrikaning Hamdo‘stlik tarkibidagi davlatlari Sint rejimga nisbatan qat’iy chora ko‘rishni talab etishdi. Vilsonning 1966 va 1968 yillarda Sint bilan yakkama-yakka uchrashuvlari hech qanday natija bermadi. Rodeziya hukumati Janubiy Afrika Respublikasiga tobora yaqinlasha borib, undagi apartsid xususiyatlaridan nusxa olib boshladi. Tez orada Rodeziya muammosini bartaraf qilishga oid tashabbusni AQSH diplomatiyasi o‘z zimmasiga oldi, bu masalaga esa 1979 yilda M.Tetcher boshchiligidagi yangi Britaniya hukumati uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling