Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
-yillarda va 90-yillarning boshlarida Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
80-yillarda va 90-yillarning boshlarida Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati.
M.Tetcher hukumatining tashqi siyosiy strategiyasi Buyuk Britaniyaning buyuk davlat mavqeini tiklashni, Britaniya siyosati doirasiga keng global va mintaqaviy muammolarni, jumladan, mamlakat manfaatlariga daxldor bo‘lmagan muammolarni ham kiritishni ko‘zda tutgan edi. “Temir xonim”ning siyosiy uslubiga xos bo‘lgan qat’iylik va qattiqlik Britaniya diplomatiyasi harakatlarida ham namoyon bo‘lardi. Tetcher jamoasining hokimiyat teppasiga kelgandan atigi bir oy o‘tganda unga favqulodda keskin vaziyatda diplomatik sahnada o‘zini namoyish qilishga to‘g‘ri kelgandi. Lusakada bo‘lib o‘tgan 1979 yilda Hamdo‘stlik konferensiyasida ko‘p yillik Janubiy Rozediya inqirozini hal qilishni qat’iy hal qilishga urinib ko‘rildi. Britaniya tomoni Janubiy Rodeziyada konstitutsion islohot hamda saylovlar o‘tkazish tashabbuskori va kafili sifatida o‘zini namoyon qildi. 1980 yildayoq mustaqil (mamlakatda yashovchi millat nomiga ko‘ra) Respublikasi Hamdo‘stlik a’zosiga aylandi. Lusaka konferensiyasida Tetcher nafaqat o‘zining Hamdo‘stlikni rivojlantirishda faol qatnashishga bo‘lgan harakatlarini, balki bunda milliy siyosat manfaatlarini ham himoya qilishga tayyor ekanligini namoyish qildi. Konferensiyada qabul qilingan “Irqchilik va irqchilik aqidalariga oid deklaratsiya”ga qo‘shilgan holda Buyuk Britaniya immigratsiya siyosati tamoyillarini, irqiy teng huquqlik tamoyillarini buzayotgan davlatlarga nisbatan hamdo‘stlikning kelishilgan siyosatida qanday shaklda ishtirok etishni mustaqil belgilash huquqini o‘z ixtiyorida qoldirdi. Keyingi yillarda NSAR dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (vega) yordam berishini oldini olish uchun Buyuk Britaniya Hamdo‘stlikning bu mamlakatga qarshi fraksiyalarda faqatgina rasman ishtirok etdi. Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan iqtisodiy, munosabatlarni rivojlantirayotgan Tetcher hukumati ularni pragmatizm va ratsionallik ruhida tuzmoqchi edi. Hamdo‘stlik salohiyati nafaqat eng qoloq mamlakatlarga yordam berish uchun, balki mujassam o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun foydalana boshlandi. O‘zining paternatizm an’analarida voz kechishga bo‘lgan harakati tufayli Tetcher Hindistonning eng qashshoq mamlakatlari uchun maxsus iqtisodiy fond yaratish, Yamayka bosh vazirining rivojlanayotgan mamlakatlarga norkomafiya bilan kurashishni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus xalqaro organni shakllantirish loyihasini bekor qildi. Tetcher Hamdo‘stlikni asta-sekin o‘z faoliyatini “maxsus munosabatlar” asosida emas, balki xalqaro huquqning odatdagi normalari asosida tashkil qiluvchi ko‘p tomonlama xalqaro tashkilotga aylanishini qo‘llab-quvvatlayotgan edi. Bu yondoshuv Hamdo‘stlikning 1987 yildagi Venkuver deklaratsiyasida mustahkamlandi. Ammo oqibatda Buyuk Britaniyaning yetakchilik mavqei yanada kuchaydi. Sobiq mustamlakalar bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarga yon bosib, Buyuk Britaniya 80-yillar oxiri, 30-yillarning boshida o‘zining an’anaviy ta’sir doirasidagi mintaqalarida o‘zining iqtisodiy va harbiy-siyosiy ishtirokini ancha mustahkamlab oldi. Tetcher hukumati o‘z manfaatlarini Yer asarining xohlagan nuqtasida himoya qilishga tayyor ekanligini 1982 yilda namoyish etdi. Bunda Folklend (Molvina) orollari bo‘yicha Angliya-Argentina to‘qnashuvi ro‘y bergandi. Bu arxipelag (orollar to‘plami) Atlantika okeanining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, ikkala mamlakat uchun bir yarim asr davomida bahs-munozaraga sabab bo‘lgan hudud edi. 1833 yilda u inglizlar boshqaruvida edi. XX asr o‘rtalaridan boshlab, Argentina orollarini qayta egallash uchun kurashni faollashtirdi. 1982 yil 2 aprelda Argentina qurolli kuchlari “suverenitet” operatsiyasini bajarish davomida bu orollarga kiritildi. Gubernator L.Xont (orollar gubernatori) vazifasidan ozod qilindi va yuzta dengiz piyoda gornizoni bilan uyga jo‘natildi. O‘sha kunning o‘zidayoq Argentina bilan aloqalarini uzish va Folklend orollariga 40 ta kemadan iborat harbiy eskadrom jo‘natishga qaror qilindi. Aprel oxirida Britaniya ekadrosi Folklend orollari hududida harbiy harakatlarni boshladi. 2 mayda ingliz suvosti kemasi “Konkeror” tomonidan Argentina flotiga tegishli “General Belgrano” kreyseri cho‘ktirilgandan so‘ng Argentina harbiy kemalari o‘z bazalariga qaytishga majbur bo‘lishdi. Keyinchalik, urushlar faqat havo orqali amalga oshirildi. Argentina uchuvchilari Britaniyaning eng zamonaviy raketa tashuvchi ESMINETS “SHeffild” va bir nechta boshqa kemalarni cho‘ktirishga muvaffaq bo‘lindi. 21 mayda Britaniya maxsus harbiy qismlari orollarga qo‘nishga erishishdi. Faqatgina 15 iyunga kelib, qaqshatqich urushlardan so‘ng Argentina gornizoni taslim bo‘ldi. Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida urush harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risida biror-bir rasmiy kelishuvga kelinmagan edi (eslatib qo‘yish kerakki, aslida, urush ham rasman e’lon qilinmagan edi). Argentina qurolli kuchlari talofati 1300 kishini, inglizlarniki 250 kishini tashkil etdi. Tetcher hukumati “qisqa muddatli g‘alaba keltirgan urush”ning targ‘ibotda juda ustalik bilan foydalanishdi. Folklend voqeasi Britaniya-AQSH ittifoqchilik munosabatlarini ancha mustahkamladi. BMT Xafvsizlik Kengashida ikkala tomonni qurolli to‘qnashuvni to‘xtatib, masalani muzokora yo‘li bilan hal etishga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etilganida, Buyuk Britaniya va AQSH uning qabul qilinishiga ikkilangan veto bilan to‘sqinlik qilishdi. Bu davrda Buyuk Britaniya va AQShning yaqinlashishi ko‘p jihatdan Tetcherning prezident Ronald Reygan bilan shaxsiy munosabatlariga ham bog‘liq edi. Ikkala davlat rahbari ham o‘xshash siyosat ideallarga ega bo‘lib, o‘xshash radikal ichki o‘zgarishlarni amalga oshirishgan. Ular “yangi konservativ inqilob”ning DPOYSTVENNO‘Y sotsial-psixologik oqibatlariga duch kelishgan va yorqin diplomatik yutuqlarga zarurat sezishardi. Tetcherning 1983 yil sentabridagi Vashingtonga tashrifi Buyuk Britaniya va AQSH o‘rtasidagi “maxsus munosabatlar” eng gullagan davrga yetganligini namoyish etdi. 1983 yil oktabrida Vashingtonning Buyuk Britaniyaga nisbatan ochiqchasiga nomaqbul harakatidan so‘ng ham ahvol o‘zgarmadi. O‘shanda amerikaliklar Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi Grenada namoyishkorona “politsiya” harakatini uyushtirgan edi. 80-yillarning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya mintaqaviy mojarolar masalasida o‘zining strategik ittifoqchisiga muntazam ravishda yon bosib keldi. London AQShning Eronga nisbatan dushmanona siyosatiga Afg‘onistondagi mujohidlarni va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan Pokistondagi tuzumga yordam berayotganligini, Nikoraguadagi milliy-ozodlik harakatiga qarshi kurashiga xayrixoh edi. London AQShning 1986 yildagi Liviyaga qarshi harbiy harakatini qo‘llab-quvvatladi va Amerika harbiy havo kuchlari Tripoliga havo zarbalarini berish uchun Britaniya aerodromlaridan foydalanishgan edi. AQSH izidan Fransiya va Italiya bilan birgalikda Buyuk Britaniya ham Livanga tinchlikparvar kuchlarni jo‘natdi. Vashingtonning Kemp-Devid strategiyasini rivojlantirish uchun Britaniya diplomatiyasi Arab-Isroil muzokoralar jarayonini tartibga solishda ishtirok etdi. Gravel masalalarda Buyuk Britaniya va AQShning ittifoqchilik munosabatlari ancha mustahkamlandi. Tetcherning hokimiyat tepasiga kelishi, ikkala qarama-qarshi harbiy bloklarning Yevropa hududida eng yangi yadro qurollarini joylashtirgani, Sovet armiyasining Afg‘onistonga bostirib kirishi, Polshada harbiy holatning joriy etilishi bilan yuzaga kelgan yangi xalqaro konfrontatsiya (keskin qarama-qarshi frontlarga ajralish) davriga to‘g‘ri keldi. Shovqinli antisovet targ‘ibotga Buyuk Britaniya ham hissa qo‘shdi: Moskvadagi olimpiadaga boykot e’lon qilinishi qo‘llab-quvvatlandi va SSSR bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlik ancha qisqartirildi. Tetcher NATO qurollarini oshirib borishni ma’qulladi, Buyuk Britaniya hududida 160 ta o‘rta uchar raketalarning joylashtirilishiga va yadro suvosti kemalarni yangi “Traydent” Amerika raketalari bilan jihozlash dasturini amalga oshirishga rozilik berdi. U AQShning SOI loyihasini ham ma’qulladi. O‘z hukmronligining dastlabki yillarida qat’iy antisovet mavqeini egallagan Tetcher SSSRda siyosiy o‘zgarishlar ro‘y bergandan so‘ng xalqaro munosabatlarning o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlagan birinchi G‘arb rahbarlaridan edi. 1984 yil oxirida M.Gorbachyov Londonga rasmiy tashrif buyurdi. Tetcher bilan muzokoralarning boshlanishi Gorbachevning dunyo miqyosdagi diplomat sifatida birinchi jiddiy qadam bo‘ldi. Tetcher yangi sovet rahbarining maxsus SHARM sohibi ekanligi, uni ochiq va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotga kirisha olish qobiliyatiga yuksak baho berdi. Keyinchalik, ular o‘rtasidagi munosabat konstruktiv va o‘zaro hurmat asosida amal qildi. 1986-1987 yillarda E.SHeverdnadzening Londonga va M.Tetcherning Moskvaga bo‘lgan tashrifida Sovet-Britaniya o‘zaro munosabatlarining barcha jihatlari bo‘yicha kelishuvlar paketi qabul qilindi. J.Meyjorga Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar masalasida butunlay yangi muammolarga duch kelishga to‘g‘ri keldi. Sovet va Rossiya rahbarlarining ochiqchasiga qarama-qarshiligi, SSSR respublikalarida milliy harakatning faollashuvi, SSSR parchalanishining geosiyosiy samarasi, yadro quroliga ega buyuk davlatning parchalanishi, xorizmatik Gorbachevning Yelsinga almashishi o‘sha paytdagi G‘arb rahbarlarini og‘ir tanlash muammosiga duch keltirdi. Meyjor ingliz-sovet siyosiy muloqotidan ingliz-Rossiya siyosiy muloqotiga o‘tish samarali yo‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi. Separatizm (ayirmalik)ni to‘xtovsiz qoralagani va sovet davlatchiligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlagani holda u 1991 yil yanvaridayoq Litva va Latviyadagi voqealarga qat’iy munosabat bildirdi (Fransiya, AQSH va Italiyadan farqli o‘laroq). 1991 yil avgustida Meyjor Yevropa davlat rahbarlari ichida birinchilardan bo‘lib Moskvadagi to‘ntarishni (balvoni) qoraladi. Shunday qilib, SSSRning parchalanishini hech bir tantanasiz qabul qilgan Buyuk Britaniya Rossiyani ikkilanishsiz merosxo‘r davlat sifatida qabul qildi. Uzoqni ko‘zlay olishini Meyjor keyinchalik ham namoyish etgandi. 1993 yil oktabridagi voqealaridan so‘ng u birinchilardan bo‘lib Yelsinni qo‘llab-quvvatladi. Chechenistondagi urushni qoralagan Mitteran va Koldan farqli o‘laroq, Britaniya bosh vaziri Moskvada g‘alabaning 50-yilligini nishonlash marosimida qatnashib, bu masala bo‘yicha biroz “tashvishda” ekanligini bayon qildi, xolos. Britaniya rahbariyatining Rossiyadagi voqealarga nisbatan to‘g‘ri pozitsiyasi bu ikkala mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatilishga asos bo‘ldi. Ammo Meyjor va Yelsinlar o‘rtasida “maxsus” shaxsiy munosabatlar o‘rnatilmadi. Bu Yelsinning 1992 yil noyabrida Londonga qilgan tashrifida namoyon bo‘ldi. Rossiya va Birlashgan qirollik o‘rtasidagi munosabatlar tamoyillari to‘g‘risida muddatsiz Shartnomaning imzolanishi ikkala mamlakatning barcha sohalardagi hamkorligida yangi davrni boshlagan bo‘lsada, strategik hamkorlik uchun asos bo‘la olmadi. Bu holat 1994 yilda, ikkala mamlakat rahbarlari besh marta uchrashganlari, qiroliga Yelizaveta 1 ilk bor Rossiga rasmiy tashrif buyurganidan keyin ham o‘zgarmadi. Meyjor hukmronligi davrida Ingliz-Amerika munosabatlari ham noaniq xarakterga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya BMTning Fors qo‘ltig‘idagi harbiy harakatlarida faol qatnashdi. Allaqachon 1990 yil kuzdan boshlab, Britaniya samolyotlari Saudiya Arabistoni havo hududlarini nazorat qila boshlashdi. O‘shandayoq xalqaro koalitsiya tarkibiga kiruvchi 45 minglik Britaniya harbiy qismi qo‘ltiq mintaqasiga yuborildi. Buyuk Britaniya 1990 yil noyabrida BMTning Iroqqa quvayt hududidan qo‘shinlarini chiqarishini talab qiluvchi Ultimatum qo‘ygan rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Britaniya jamoatchiligi boshqa G‘arb mamlakatlariga nisbatan ham Iroqdagi rejimiga nisbatan pozitsiyani egalladi. 80% dan ortiq inglizlar qo‘ltiq zonasidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlashdi. Meyjor ham barcha eng yirik siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlagan holda Saddam Husayn bilan har qanday muzokoralarga qarshi chiqib, pozitsiyani egalladi. Iroq masalasida Britaniya diplomatiyasi tutgan mavqe va 1991 yil fevralidagi “sahrodagi bo‘ron” operatsiyasida Britaniya harbiy qismlarining qatnashuvi Buyuk Britaniya va AQSH yaqinlashishiga yangi turtki bo‘ldi. Ammo 1993 yildan boshlab Ingliz-Amerika hamkorligi kamayib bordi. London AQShdagi prezident saylovlarida ochiqchasiga respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatladi, yangi prezident B.Klinton (demokratik partiya vakili) bilan Meyjor o‘rtasida iliq munosabatlar o‘rnatilmadi. Keyingi yillarda Britaniya diplomatiyasi Vashington uchun prinsipial muhim bo‘lgan masalalarda to‘liq mustaqil pozitsiyani egalladi. Bu Bosniya va Gersogovinadagi millatlararo mojaro paytida, qurol sotishga embargoni bekor qilish, serblarga qarata bomba zarbalari berish masalasida Buyuk Britaniya va AQSH qarama-qarshi pozitsiyani egallaganda namoyon bo‘ldi. London Yugoslaviyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni qo‘llab-quvvatladi, ammo xalqaro tinchlikparvar kuchlarni harbiy harakatlar uchun kiritishga qat’iy qarshi chiqdi. Faqatgina 1995 yil aprelida Meyjor Vashingtonga bo‘lgan tashrifi paytida Bosniya masalasida yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldi, 1995 yil dekabrida esa Britaniya diplomatiyasi mojaro tomonlarini tinchlik shartnomasiga imzo qo‘yishini tashkil etish vositachisi bo‘ldi. Buyuk Britaniyaning 80-yillar 90-yillar birinchi yarmida tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishi Yevropa integratsiyasi jarayonida qatnashishdan iborat bo‘ldi. M.Tetcher Yevropadagi hamkorlar bilan munosabatlarda o‘ziga xos bo‘lgan qat’iylik va maqsadga yo‘nalganlikni joriy etdi va Buyuk Britaniya uchun noqulay bo‘lgan iqtisodiy hamkorlik hamda YEIHning budjetiga to‘lovlar masalasini qayta ko‘rib chiqishini talab qilardi. 1979 yildan boshlab, uzoq muddatli murakkab muzokoralar davri boshlandi. Ular davomida shov-shuvlar va savdo urushlari ham bo‘lib turdi. Buyuk Britaniya egallagan qat’iy pozitsiya YEIH budjet tizimini barqarorlashtirishga to‘sqinlik qilar, ko‘pgina integratsion dasturlarning amalga oshirilishini kechiktirar va YEIHga Ispaniya va Portugaliyaning qo‘shilishi to‘g‘risidagi muzokoralarni murakkablashtirardi. To‘rt yildan keyingina bu masalada kelishuvga kelishga muvaffaq bo‘ldi. YEIHning fermerlarni dotatsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash asoslangan agrar siyosati ham Britaniya hukumatida norozilik uyg‘otardi. Tetcher YEIHning bu sohadagi narxlar siyosatini bekor qilish uchun tez-tez veto huquqidan foydalanar edi. Britaniya diplomatiyasining qattiq bosimi ostida Umumiy bozor mamlakatlari 1983 yilda qishloq xo‘jaligi dasturida xarajatlarni asta-sekin kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘lishdi. 80-yillarning ikkinchi yarmida Yevropa siyosatining asosiy muammosi Yevropa Hamjamiyatlari tizimini Yevropa Ittifoqiga aylantirishdan iborat bo‘ldi. Bu maqsad 1986 yil fevralida qabul qilingan Yagona Yevropa aktida bayon qilingan edi. Buyuk Britaniya hech qanday davlatlardan yuqori bo‘lgan va umumevropa tashkilotlarga qo‘shimcha vakolatlar berishsiz siyosiy va tashqi siyosiy hamkorlikni faollashtirish tarafdori edi. 80-yillarning ikkinchi yarmida yangi integratsion tuzilma - Yevropa siyosiy hamkorligi aynan shu asosda shakllandi. Yevropa Kengashini tuzish g‘oyasini inkor etmasdan turib, Tetcher hukumati, bir qator yangi integratsion loyihalar, jumladan, yagona pul tizimiga o‘tishni ko‘zda tutgan Yevropa valyuta ittifoqini tuzish loyihasiga qarshi chiqardi. Tetcher Buyuk Britaniyaning bunday loyihalarga qo‘shilishini iloji boricha kechiktirishga umid qilardi. U soliq, mehnat va immigratsiya (muhojirlik) to‘g‘risidagi qonunlarni ham yagonalashtirish haqidagi taklifni ham qabul qilmadi. Tetcher 1986 yilda imzolangan SHengen kelishuvlariga Buyuk Britaniyaning qo‘shilishiga qarshi chiqdi. Meyjor Yevropaga nisbatan strategiyani tubdan o‘zgartirdi. Uning fikricha Buyuk Britaniya milliy manfaatlarini, integratsiya chuqurlashishiga to‘sqinlik qilmasdan, balki Yevropa kelajagi to‘g‘risidagi o‘z tasavvuri asosida, kelajakda Yevropa ittifoqining konsepsiyalari va huquqiy asoslarini ishlab chiqishda faol qatnashish bilan himoya qilish samaraliroq edi. Meyjor Yevropa Ittifoqining tuzilishida federalistik konsepsiyadan voz kechish va “Yevropa ittifoqi” tushunchasini yangi davlatlardan yuqori bo‘lgan tuzilma emas, balki Yevropa mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi sifatida talqin etilishida katta rol o‘ynadi. Britaniya diplomatiyasining muhim yutug‘i Maastrixt shartnomasiga ilova sifatida “Hamjamiyat huquqiy aktlarini qo‘llash to‘g‘risida deklaratsiya”ning ishlab chiqilishi bo‘ldi. Unda ta’kidlanishicha YEI qonunlarining amalda qo‘llanilishi har bir mamlakatning o‘z huquqiy tizimi, institutlari va boshqa holatlar asosida tashkil qilinadi. Meyjor tashabbusi bilan YEI huquqiy konsepsiyasiga subsidiarizm tamoyili kiritildi. Unga ko‘ra u yoki bu masalaning hal qilinishi, u davlat hududida samarali va yuqori darajada hal qilinmaydigan taqdirdagina Ittifoq doirasida hal qilinishi kerak edi. Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi Maastrixt shartnomasida integratsiyaning uchta asosiy yo‘nalishi ko‘zda tutilgan edi- yagona Yevropa bozorining yaratilishi (jumladan, yagona valyuta tizimining yaratilishi), tashqi siyosat va mudofaa sohasida yagona yo‘lning shakllanishi, a’zo mamlakatlarning ichki va qonunchilik siyosatini yagonalashtirish. Meyjor ham bu umumiy strategiyani qabul qilishga majbur bo‘ldi. Ammo Britaniya diplomatiyasi ilgarigidek integratsion aloqalarning yangi shakllariga bosqichma-bosqich, tanlagan holda qo‘shilishga umid qilardi. Meyjor “turli tezlikdagi integratsiya” g‘oyasining yorqin tarafdori bo‘ldi. Unga ko‘ra, YEI a’zolarining hammasini integratsiya yo‘li bir vaqtda (sinxrop) ro‘y berishi shart emas, balki milliy xususiyatlar maxsus o‘tish mexanizmlarining yaratilishi va YEI dasturiga kirishning turli muddatlarini belgilashga asos bo‘lishi mumkin edi. “Turli tezlikda integratsiya” konsepsiyasi Meyjor hukumatiga, boshqa hamkorlar bilan munosabatlarni yomonlashtirmasdan, YEI rivojlanishining bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha ba’zi majburiyatlardan xalos bo‘lishga imkon berdi. Obhinalar partiyasida Maastrixt shartnomasining muhokamasi “yevroromantik” (YEI ta qo‘shilishga xayrixohlar) va “yevroskeptik” (Yeiga qo‘shilishga shubha bilan qaraydigan deputatlar) guruhlar o‘rtasidagi keskin bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Hukumat tutgan yo‘lga qarshi kurashish, g‘alati tarzda konservativ partiya o‘ng qanotini Yeining ijtimoiy qonunchiligiga qo‘shilish tarafdori bo‘lgan leyboristlar bilan qo‘shilishiga olib keldi. Bahs-munozaralar 1993 yil 23 iyunda leyboristlar sal bo‘lmasa Buyuk Britaniyani sotsial xartiyaga qo‘shilishiga muvaffaq bo‘lishganida o‘z cho‘qqisiga yetgan edi. Meyjor siyosatiga norozilik tarzida bu rezolyutsiya uchun tori partiyasidan 23 ta “yevroskeptiklar” ham ovoz berishdi. Ooz berish natijasi kutilmagan bo‘ldi: 317 ovoz 317 ovozga qarshi. Hukumatni faqatgina yagona parlament stikeri ovozi qutqarib qoldi. Keyingi kuniyoq Meyjor Britaniya parlamentlari tomonidan 600 dan ortiq tuzatishlar kiritgan Maastrixt shartnomasi implementatsiyasi to‘g‘risidagi masalani ham ovozga qo‘ydi. Konservatorlarning parlamentdagi fraksiyasi hukumatni boy berishdan qo‘rqib, bu xujjatni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga majbur bo‘ldi. Parlamentdagi g‘alabaga qaramasdan hukumat integratsion siyosatga katta o‘zgartirishlar kiritishga majbur bo‘ldi. “Turli tezlikdagi” Yevropa Ittifoqi g‘oyasini rivojlantirgani holda Meyjor Yeida hamkorlikning “o‘zgarayotgan geometriyasi”ni qo‘llab-quvvatlardi. Unga ko‘ra, integratsion hamkorlikning turli jihatlari Ittifoqning barcha a’zolariga joriy qilinmasdan, mamlakatlarning turli guruhlari kelishuvlari asosida amalga oshirilishi kerak edi. 1996 yilda hukumat iqtisodiy integratsiya tamoyillarining o‘zgarishi va referendum o‘tkazilganiga qadar ittifoqqa qo‘shilish to‘g‘risidagi qarorni kechiktirish uchun kurashish haqida bayon qildi. 1996 yil aprelida ro‘y bergan “sigir inqirozi” tufayli Buyuk Britaniya va YEI bo‘yicha hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlar ancha yomonlashdi. Sigirlarning yoppasiga pufakli ensifalit (quturish) bilan kasallanishidan keyin YEI mamlakatlariga Britaniyada ishlab chiqarilgan mol go‘shtini import qilish taqiqlandi. Bu esa 1,2 million bosh qoramolning qirilib ketishi va yirik moliyaviy talofatga (5 milliard funt sterling) olib keldi. YEI tomonidan embargoni yumshatish va uni bekor qilish sanasini belgilashdan bosh tortilganiga javoban Meyjor kal qilinishi konsepsusni talab etuvchi YEI masalalari hal qilishda to‘sqinlik qilishni ma’lum qildi. Bu “hamkorlik qilmaslik” siyosati natijasida Britaniya hukumati 1996 yilda 76 ta qaror qabul qilinishini yo‘qqa chiqardi. Yevropadagi hamkorlar bilan munosabatlardagi inqiroz davri yangi saylovoldi kompaniya davriga to‘g‘ri keldi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling