Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha


Download 1 Mb.
bet19/56
Sana18.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1708483
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
Йилларда франция-fayllar.org (2)

Respublika tuzumiga o‘tish.
Ikkinchi jahon urushida Italiyaning mag‘lubiyatga uchrashi xalq ommasini ruhiy jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Mamlakat tang ahvolda qoldi. Italiya o‘z milliy boyligining 1g‘3 qismidan ajraldi. Urush tufayli 330 ming kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, 85 ming kishi yarador bo‘ldi. Urush tugashi arafasida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligi yuzaga keldi. Chayqovchilik va qora bozor gullab yashnadi. Inflyatsiya juda katta hududni egallab, ishsizlar soni 2 mln kishiga yetdi. Mamlakat hududi ingliz-amerikaliklar qo‘shini tomonidan okkupatsiya qilingan edi.
Shu bilan bir vaqtda italiyaliklar fashizm bilan kurashda katta tajribaga ega bo‘ldi. qarshilik ko‘rsatish harakatining tabiati va an’analari esa urushdan keyingi dastlabki yillardagi demokratik taraqqiyotda o‘z izini qoldirdi. qarshilik ko‘rsatish harakatida yetakchilik qilgan ishchilar sinfining partiyalari ommabop bo‘lib (IKP saflarida 4,5 mlndan ortiqroq kishi, Sotsialistik partiya saflarida esa 0,7 mln kishi), siyosat maydonida katta e’tibor qozondi. So‘l va o‘ng qutblar o‘rtasida, siyosat shkalasining markazida qarshilik ko‘rsatish harakatida o‘ziga xos muvaffaqiyat qozongan ommaviy partiyalardan yana biri - Xristian-demokratik partiyasi (1 mln kishidan ortiq) ham bor edi. XDP 1919 yilda tuzilgan katolik xalq partiyasi “Popolari”ning negizida 1943 yili tashkil topgan edi. “Xristian demokratiyasi” atamasi xalq partiyasining asoschisi, italiyalik ruhiniy don Luidji Stursoga tegishli edi. XDP dasturining matni 1943 yilning 25 iyulida Mussolini hokimiyatdan chetlatilgan kuni matbuotda e’lon qilingan edi.
qarshilik harakatining an’analariga ko‘ra, urushdan keyingi davrning dastlabki yillarida bu partiyalar o‘rtasidagi hamkorlik saqlanib qoldi. Lekin shu narsa ma’lum ediki, fashizmga qarshi qurolli kurash olib borish, Italiyada yangi jamiyatini shakllantirishga qaraganda ancha oson edi. Italiyaliklar Mussolining fashistik rejimi tomonidan oyoq osti qilingan burjua-liberal demokratiyadan uzoqlashishga ulgurishgan edi. Mamlakatda Italiyaning kelgusidagi istiqboli va taraqqiyot yo‘llari haqida qizg‘in bahs ketardi. Ayniqsa, boshqaruv tizimi masalasi katta tortishuvlarga sabab bo‘ldi. 1946 yil mayida qirol Viktor Emmanuil 111 siyosiy hiylani amalga oshirdi. U o‘zining o‘g‘li shahzoda Umberto 11 foydasiga taxtdan voz kechdi. Shu sababdan italiyaliklar Umberto 11 ga “may qiroli” deb nom berishdi.
Fashizm tanazzulga yuz tutgach, italiyaliklarning monarxiyaga munosabati keskin o‘zgardi. Dastlab monarxiyaga nisbatan ijobiy fikr bildirilgan bo‘lsa, urush tugagach, salbiy munosabatlar kuchayib bordi. Bunga sabab, Italiya monarxiyasining Mussolining fashistik rejimini qo‘llab-quvvatlagani bo‘ldi. Jamiyatda respublikachilik kayfiyati mustahkamlanib borsada, monarxiyaning tarafdorlari ham asosan liberallar va monarxiyachilar qisman esa xristian demokratlar orasida yetarlicha edi. 1946 yil iyunida davlat boshqaruvi shakli to‘g‘risida referendum bo‘lib o‘tdi. Bu referendumda ovoz berganlar foizi nihoyatda ko‘p bo‘lib, ayollar ham bunday tadbirda birinchi marotaba qatnashdi. Respublika boshqaruv shaklini o‘rnatishni yoqlab ovoz berganlar soni 2 mlndan oshiq edi. “May qiroli” Umberto 11 ovozlarni sanab chiqishda xatoga yo‘l qo‘yilganligini va mamlakatdan chiqib ketishdan bosh tortishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bunga javoban juda katta norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va hukumat ham referendum natijalarining to‘g‘riligini rasmiy jihatdan tasdiqladi. Taxtda bir oycha o‘tirgan Umberto 11 xalq ommasi katta qismining irodasiga bo‘ysinishga va vatanini bir umrga tark etishga majbur bo‘ldi. Italiya respublikaga aylandi.
Referendum bilan bir vaqtda, Ta’sis majlisiga ham saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra XDP yetakchisi Alchide De Gasperi (1881-1954) Italiyaning o‘sha vaqtdagi umumiy siyosiy yetakchisi bo‘la olish iqtidoriga ega bo‘lgan, jamoat arboblaridan biri edi. De Gasperi o‘ta o‘qimishli inson, antifashist harakatning faol namoyondalaridan biri bo‘lib, faoliyatini va boy hayotiy tajribasi tufayli katolik harakatda ko‘zga ko‘ringan.

Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari va adliya ministri lavozimiga, o‘sha vaqtda nufuzli partiyalardan hisoblangan IKPning bosh kotibi, mamlakatning obro‘li siyosiy arboblardan biri Palmiro Tolyattiga nasib etdi. (1948 yil iyul oyida Tolyattiga suiqasd uyushtirilgan vaqtda (kunduz kuni yosh sitsiliyalik yigit unga o‘q otgan edi), bunga javoban mamlakatda yuzaga kelgan norozilik namoyoishida 7 mlnga yaqin kishi qatnashgan edi).


Referendum bilan bir vaqtda saylangan Ta’sis Majlisi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga kirishib ketdi. Ta’sis Majlisi tarkibidagi deputatlarning 80% antifashistik harakatda faol ishtirok etganlar edi. Yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish uchun deputatlarga 272 kun vaqt ketdi. Ta’sis Majlisi tomonidan 1947 yil dekabrida tasdiqlangan yangi konstitutsiya rasman 1948 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kirdi. Urushdan keyingi davrda siyosat kuchlarining bu tarzda taqsimlanishi Italiya konstitutsiyasini rivojlangan mamlakatlar ichidagi eng demokratik konstitutsiyalaridan biri bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra Italiyada tarqatib yuborilgan fashistik partiyaning biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi batamom ta’qiqlandi, fashizm davrida yuqori lavozimlarni egallab kelgan shaxslar konstitutsiya kuchga kirgan kundan boshlab to besh yilgacha hukumat tashkilotlariga saylash va saylanish huquqidan mahrum etildi. Konstitutsiyaga ko‘ra zadogonlik unvonlari bekor qilinib, Savayya sulolasining barcha a’zolari va bo‘lajak avlodlariga mamlakat hududida yashash ta’qiqlandi, ularning barcha mol-mulklari esa davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. Konstitutsiyaning dastlabki moddalari davlatning asosiy prinsiplarini o‘zida mujassam etib, Italiya insonlarning haq-huquqlari va kafolatlari tan olingan demokratik respublika deb e’lon qilindi. Chunonchi, bunday huquqlarga; qonun oldida barcha kishilarning tengligi, shaxsning ham kirardi. Konstitutsiyada urushlardan “hech qachon boshqa xalqlarning ozodligiga rahna soladigan qurol sifatida va xalqaro nizolarni bartaraf etishda foydalanmaslik” masalalari qonun bilan mustahkamladi. Konstitutsiyaning 1 qismida fuqarolarning huquqi va burchlari to‘g‘risidagi moddalari yozilgan edi.
Barcha fuqarolarning mehnat qilish va ularni rag‘batlantirish huquqi tan olindi. Teng mehnat uchun teng haq to‘lash prinsipi kiritildi, har haftada dam olish, yilida bir marta haq to‘lanadigan ta’tilga chiqish huquqini ijtimoiy ta’minot ko‘zda tutildi. Kasaba uyushmalarining erkinligi va namoyoish o‘tkazish huquqi tan olindi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, ikki turdagi mulk-davlat va xususiy mulklarga joriy etildi.
Konstitutsiyaning 11 qismi davlat boshqaruv organlari va hokimiyatning bo‘linishi prinsiplarining reglamantini aniqlab berdi. Davlat boshlig‘i - prezident bo‘lib, u parlament tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentlikka saylanadigan fuqaroning yoshi 50 dan oshgan bo‘lishi belgilanib qo‘yildi. Prezidentga Ministrlar Kengashining raisini, undan tashqari vatanlarini o‘zlarining buyuk xizmatlari bilan mashhur qilgan fuqarolardan beshtasini doimiy (umrbod) senatorlikka tayinlandi; parlamentga hukumatning qonun loyihalarini yuborish, parlamentni tarqatib yuborish, referendumni tayinlash, qonun kuchiga ega bo‘lgan dekretlarni qabul qilish, qurolli kuchlarning Oliy bosh qo‘mondoni bo‘lish va parlament qaroriga asoslanib urush holatini e’lon qilish kabi juda katta vakolatlar berildi. Hukumat tarkibi rais va ministrlardan iborat bo‘lib, ular rais taklifi va parlament nazorati ostida prezident tomonidan tayinlanadi. Parlament deputatlar Palatasi va Respublika Senatidan iborat umumiy va to‘g‘ridan ovoz berish yo‘li bilan proporsionallik prinsipiga asoslanib, 5 yil muddatga saylanadi. Parlamentdan tashqari, Italiya xalqi ham qonunchilik jarayonida ishtirok etish huquqiga ega edi. Konstitutsiya xalq tashabbusi bilan petitsion (50 ming saylovchilar tomonidan qonun loyihasini kiritish) va otlagatel (500 ming saylovchi tomonidan qonunni “xalq veto”si yo‘li bilan bekor qilish ) shakldagi referendumlar o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi.
Mamlakatda kongressiya an’analarining chuqur iz qoldirganligi tufayli cherkov va davlat o‘rtasidagi aloqalar katta ahamiyatga ega edi. 7-moddaga ko‘ra “davlat va katolik cherkovi o‘zlariga tegishli bo‘lgan sohalarda mustaqil va suveren”, bo‘lib, ularning munosabatlari 1929 yilda qabul qilingan Lateran shartnomalariga ko‘ra belgilangan edi. Bu shartnomaga ko‘ra, cherkov oilaviy munosabatlar qonunchiligida va maktab ta’limi sohasini o‘z nazorati ostiga olgan edi. Masalaning bu tarzda qo‘yilishi xristian demokratlar va so‘l partiyalar o‘rtasidagi kompramissni belgilab berdi. 1947 yilgi konstitutsiya mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini 20 ta viloyat, 93 ta provinsiya va 8 mingga yaqin jamoaga ajratdi.
Urushdan keyingi davrdagi dastlabki yillarda Italiyaning siyosiy hayotidagi muhim voqea 1947 yil fevral oyida Parijda Italiya bilan Ittifoqchilar o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra, Italiyadagi fashistik tashkilotlarni tarqatib yuborish, chegaralarni aniqlashtirish, harbiy jinoyatchilarga beriladigan jazolarni tasdiqlash, mamlakat hududida harbiy bazalarni joylashtirishni ta’qiqlash, SSSRga 100 mln dollar, Yugoslaviyaga 125 mln dollar, Gretsiyaga 105 mln dollar, Albaniyaga 5 mln dollar va Efiopiyaga 25 mln dollar miqdorida reparatsiya to‘lash kabi masalalar belgilab olindi. Italiya o‘z mustamlakalaridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ilgari Italiyaga qaragan Xorvatiyaning bir qismi Yugoslaviyaga olib berildi. Gretsiyaga Egey dengizidagi Dodekan orollari (Janubiy Sporadalar) qaytarildi. Anglo-amerikalik harbiy-ma’muriyati nazoratida bo‘lgan. Triyest BMT nazorati ostidagi erkin shaharga aylantirildi, (oradan 7 yil o‘tgach, 1954 yilda Yugoslaviya va ittifoqchilar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq Triyest Italiyaga berildi). 1947 yil oxirida Amerika Buyuk Britaniyaning qo‘shinlari va harbiy ma’muriyati Italiya hududidan chiqib ketdi. Tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Italiyaga mudofaa uchun lozim bo‘lgan qurolli kuchlarni saqlash huquqi berildi. Bu qurolli kuchlarning soni 250 ming askar 65 zobitdan oshmasligi belgilab qo‘yildi. HHK (harbiy havo kuchlari) va HDK (harbiy dengiz kuchlari)ning shaxsiy tarkibi 25 ming kishi bilan chegaralandi. Italiyaga suvosti kemalari, avianosetslar va torpedo bilan qurollangan katerlarga ega bo‘lish ta’qiqlab qo‘yildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada Italiya oldida muhim va jiddiy masala turar edi. Bunga urush tufayli tanazzulga yuz tutgan hali xo‘jaligini qayta tiklash va tinchlik sharoitidagi ishlab chiqarishga moslashtirish, demobilizatsiya o‘tkazish va demobilizatsiya qilinganlarni ish bilan ta’minlash kabilarni amalga oshirish kirardi. Shu maqsadda 1948 yil iyun oyida “Marshall rejasi”ga ko‘ra, ikki yil muddatga Italiyaga yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutgan bitim imzolandi. Bu bitim italiyaliklar va amerikaliklar o‘rtasida imzolandi. “Marshall rejasi”ga ko‘ra AQSH Italiyaga 1,5 mlrd dollar hajmida (oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat jihozlari) yordam berishni mo‘ljallagan edi. Shu bilan bir vaqtda Amerika yordamining siyosiy qiymati - premyer-ministr De Gasperiga tazyiq o‘tkazish orqali so‘l partiyalarning vakillarini hukumat tarkibidan chiqarish ko‘zda tutilgan edi. Shu narsa ma’lum ediki, hukumat tarkibiga kirgan partiyalarning asosiy maqsadlari turlicha bo‘lganligi tufayli ular o‘rtasidagi hamkorlik uzoq davom etishi mumkin emas edi. Lekin aynan tashqaridan o‘tkazilgan tazyiqlar, garchi mamlakat ichkarisidagi voqealar bahona qilib ko‘rsatilgan bo‘lsada, hamkorlikning buzilib ketishiga sabab bo‘ldi. 1947 yili Sitsiliyada mafiyaning bir guruh to‘dasi bir oz kamayishida ishtirok etgan ishchilarni o‘qqa tutdi. Bu voqea mamlakatda inqirozni yuzaga keltirish bilan birga, hukumatning tarqatib yuborilishiga ham sabab bo‘ldi, De Gasperi boshchiligida tuzilgan yangi hukumat tarkibiga kommunistlar va sotsialistlarning vakillari kiritilmadi. Sotsialistlar yetakchisi Pyetro Nenni agar ahvol shunday davom etaversa, Italiyaning ichki ishlari tashqi omillarga yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolishini achinish bilan ta’kidladi. U tashqi faktorlar deganda, Vatikan va AQShni nazarda tutgan edi. O‘z tarafdorlari bilan sotsialistik partiya tarkibidan chiqib, kommunistlar bilan hamkorlik qilmaslik siyosatini olib borayotgan Italiya sotsial demokratik partiyasida (ISDP) rahbarlikni o‘z qo‘liga olishga erishgan sotsialstlar so‘l qanotining yetakchisi Djuzeppe Saragat yangi tuzilgan hukumatda premyer-ministr o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Kommunistlarni cherkovdan ajratib tashlash to‘g‘risidagi dekretni chiqarish bilan, Vatikan antikommunistik siyosatni qo‘llab-quvvatladi.
Urushdan keyin dastlabki yillarda neofashistlarning harakati yuzaga keldi. Italiyada fashizm qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan va yangi konstitutsiyaga ko‘ra, tarqatilib yuborilgan fashistik partiya biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi tamoman ta’qiqlab qo‘yilgan bo‘lsada (11 razdel, P.X11 - ) , jamiyatdagi ba’zi guruhlar o‘z hayrihohliklarini saqlab qoldi. Ular fashizmning mag‘lubiyatini qayg‘u bilan qabul qilishdi. Fashizm tarafdorlari safida monopolistlar, harbiy va davlat amaldorlari, (Mussolini diktaturasi davrida yuqori lavozimlarga ega bo‘lganlar) kichik burjuaziyaning ma’lum bir qismi IIH ham bor edi. 1946 yil dekabrida neofashistlarning ijtimoiy harakati partiyasiga asos solindi. Bu partiyani dastlab DJ. Almirante, keyinchalik esa A.Mikelini boshqardi. Italiya ijtimoiy harakati partiyasi dasturida fashistik korparativ tizimni o‘rnatish, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, antimarksizm, tashqi siyosatda “imperik” g‘oyalarning ustunligini ta’minlash vazifalari ilgari surildi. Partiya a’zolari ichidagi taktik ba’zan fraksiyalar o‘rtasida keskin ixtiloflar yuzaga chiqishiga sabab bo‘lsada, umuman IIH legal siyosiy faoliyat olib borish va neofashistlarning o‘ng radikal liberal-monarxistik doiralar bilan birlashish yo‘lidan bordi. Italiya isteblishmentida IIH kichik partiyalar qatoriga kirib, ularning elektorati parlament saylovlarida ko‘pincha, 6 % dan oshmas edi.
1948 yil bahorida parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Neofashistlar 2 % ovozga ega bo‘ldi. Kommunist va sotsialistlarning birlashgan bloki uchun saylovchilarning 1g‘3 qismi ovoz berdi. Xristian demokratik partiya deyarli 50% ovoz olib, katta muvaffaqiyatga erishdi. De Gasperi, parlamentda asosan XDP a’zolaridan iborat bo‘lgan hukumatini tuzdi. Bu hukumat De Gasperi boshchiligida tuzilgan 5-hukumat edi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling