Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha


Download 1 Mb.
bet20/56
Sana18.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1708483
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Йилларда франция-fayllar.org (2)

XDP hokimiyat tepasida.

Xristian-demokratlar siyosatda rahbarlik mavqeiga ega bo‘lib olishgach, mamlakat iqtisodiyotini tiklash jarayonini boshlab yuborishdi. Bunda, AQShning Marshall rejasiga ko‘ra ko‘rsatgan moliyaviy yordami muhim ahamiyat kasb etdi. Italiya 40-50 yillar orasida Marshall rejasi asosida 3,2 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam oldi. Bundan tashqari iqtisodiyotni tiklash va yanada rivojlantirish uchun boshqa mablag‘lardan ham foydalanildi. Xo‘jalik proteksionizmi (assistensializm, - italyanchada “yordam” ma’nosida), davlat tomonidan moliyalash va kredit berish, davlat sektori shaklida davlat-monopolistik nazoratni kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. Italiyaning yirik monopolist-oligarxlarida Anyelli, Pirelli, Orlando, Pezenti, Mardzotto, Ferrutssi va boshqa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta miqdordagi sarmoya (investitsiya)lari bilan o‘z hissalarini qo‘shishdi. Jahon bozorida xomashyo va energonositeli () lar uchun qo‘yilgan arzon narxlar, ishlab chiqarishda fan-texnika inqilobi yutuqlaridan foydalanish, ish haqining o‘sishini majburiy ravishda ushlab turish (mehnat samaradorligi 40% ga o‘sgan holda, real ish haqi bor yo‘g‘i 8,9 % ga oshdi) va Italiyaning Yevropadagi iqtisodiy integratsiya jarayoniga qo‘shilishi (Italiya 1957 yilda umumiy bozorga a’zo bo‘ldi) nafaqat iqtisodiyotni tiklashda, balki “Italiyaning iqtisodiy mo‘jizasi” nomini olgan iqtisodiy taraqqiyotida qo‘shimcha kuch bo‘ldi. 50-60 yillar boshlarida iqtisodiy taraqqiyotdagi yuqori sur’atlar Italiya Milliy daromadining deyarli ikki baravar oshishiga olib keldi. Infrastruktura, bazis va strategik jihatdan nihoyatda muhim bo‘lgan xo‘jalik sohalarini o‘z ichiga olgan, kuchli davlat sektori yuzaga keldi. Davlat sektorida sanoatni rekonstruksiyalash Instituti (SRI) rahbarlikni o‘z qo‘liga oldi. SRI - hukumat xoldingi hisoblanib, 1933 yildayoq tashkil topgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda SRI Italiyadagi yirik xo‘jalik komplekslaridan biriga aylandi. qudratli davlat sektori, o‘rta va kichik biznes hamkorligidagi yirik xususiy sektor bilan birgalikda foydali qazilma boyliklari deyarli yo‘q darajada bo‘lgan sharoitda iqtisodiyot strukturasini qayta qurish vazifasini amalga oshirdi. Italiya zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chet davlatlarining ilg‘or patentlarini sotib olish uchun katta miqdordagi sarmoyalarni hech ayamasdan sarfladi. Tashqarisiga “ortiqcha” ishchi kuchini eksport qila boshlagan Italiyaga, AQSH va Yevropa hamdo‘stligi mamlakatlaridan katta miqdordagi sarmoya oqib kela boshladi. Chet el sarmoyalarining kirib kelishi, Italiya iqtisodiyotining tez taraqqiyo etishiga imkon berdi. Shu bilan bir vaqtda yirik milliy tadbirkorlar asosan subpodryad va kooperatsiyalar evaziga ko‘p sonli kichik tadbirkorlarni monopolistik ishlab chiqarish tizimiga kiritishga muvofiq bo‘ldilar. Bundan tashqari, ishchi kuchiga sarflanayotgan harajatlarning nihoyatda pastligi tufayli “tenevoy iqtisodiyot”ning imkoniyatlaridan keng foydalanildi. (Hozir ham foydalanilmoqda). “Tenevoy iqtisodiyot” mavjudligining salbiy oqibatlari ham bor bo‘lib, bunga uning strukturasiga mafiyaning kirib kelishini misol keltirsak bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlar ijtimoiy-siyosiy hayotda jumladan, italiyaliklarning fikrlash doirasi turmush tarzi va iste’mol qlish standartlarida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishga sabab bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda “iqtisodiy mo‘jiza” mamlakat uchun bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Chunonchi, iqtisodiyo taraqqiyotning notekisligi va davriyligi sarmoyalari va import texnologiyalariga qaramlik, qishloq xo‘jaligining qoloqligi, qishloq aholisining shaharlarga ligratsiyasi (1,8 mln kishi), ishizlar sonining ortishi transport va uy-joy muammosining kuchayishi, ish haqi hajmining sekin o‘sishi kabilar shular jumlasidandir. Ayniqsa, “Janub muammosi” o‘z keskinligini yo‘qotmagan edi. Janubiy mintaqalarning qoloqligi (oltita janubiy viloyatlar, Sitsiliya va Sardiniya orollari) Italiyaning tarixan og‘riqli nuqtasi hisoblanib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning nomutanosib joylashishiga sabab bo‘layotgan edi. 50-yillarning boshlarida Janubiy hududlarning mamlakat qishloq xo‘jaligidagi ulushi 33,2 % ni, sanoat ishlab chiqarishida esa 15,1 % tashkil etardi. Mehnat samaradorligi Shimoliy mintaqalarga qaraganda, ancha past ko‘rsatkichlarga ega edi. Shu bilan bir vaqtda muammo nafaqat iqtisodiy qoloqlikda edi. Bunda siyosiy va ijtimoiy sohalardagi passivlik ham muammoning ikkinchi tomonini tashkil etar edi. Janubiy mintaqalar mamlakat hududining 43 % tashkil etib, Italiya aholisining 1g‘3 qismidan ko‘prog‘i shu hududda yashar edi. 50-yillarda aholi jonboshiga to‘g‘ri keladigan daromad ko‘rsatkichi mamlakatning qolgan qismidagi darajaning 50% ni tashkil etar edi. Ishsizlik darajasi shimoliy hududlardagiga nisbatan ikki baravar ko‘p edi. Bu yer agrar aholi o‘ta zich joylashgan, ishsizlik va nochorlik qilayotgan mintaqa hisoblanib, mablag‘ topish uchun ish qidirib mamlakatning shimoliy hududlari va xorijiy mamlakatlarga yuz minglab kishilar ketgan edilar (italiyalik muhojirlarning 80 % ga yaqini janubliklar hisoblanar edi). Janub hukumat budjetidan berayotganiga nisbatan ikki baravar mablag‘ olayotgan edi. Janubning tarixan zaif rivojlanishi, aholining ijtimoiy va madaniy jihatdan qoloqligi, hayotning barcha jabhalarida mafiyaning ta’siri, mamlakatning umuman iqtisodiy yuksalishiga to‘siq bo‘layotgan edi. 1950 yilda qoloq hududlarni uzoq muddatli moliyalashga mo‘ljallangan hukumatning ixtisoslashtirilgan fondi - Janub Kassasining tashkil etilishi bilan hukumatning Janubiy hududlarni doimiy va katta miqyosda rivojlantirish siyosati boshlanib ketdi. Janubiy hududlardagi xo‘jaliklarni aralash (qo‘shma) korxonalar tomonidan moliyalashtirilishi qo‘shimcha manba bo‘ldi.
Hukumat siyosatida bu masalani hal qilish bo‘yicha ikkita asosiy yo‘nalish ko‘zga tashlandi. Dastlab Janubiy mintaqa iqtisodiyotini mustaqil rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu sababli, qishloq xo‘jaligi, infrastruktura va keyinchalik sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun katta miqdordagi sarmoyalar yo‘naltirildi. Bir necha yildan so‘ng “muxtoriyat” konsepsiyaining zaif tomonlari namoyon bo‘lib qolgach, bu reja qayta ko‘rib chiqildi va 1956 yili “Vanoni rejasida” (XDPdagi funksionerlardan biri) ifodalangan g‘oya qabul qilindi. “Vanoni rejasi”ning asosi Janubiy mintaqani iqtisodiy jihatdan yuksaltirish uchun uni Italiyaning umumiy iqtisodiy tizimiga kiritish g‘oyasi ko‘zda tutilgan edi. Bu g‘oya amaliy jihatdan 60-70 yillarda “so‘l markaz” tomonidan hayotga tadbiq etildi.
70-yillarda hukumat sarmoyalarining deyarli 50 % ini tashkil etgan moliyaviy oqim, Janubiy mintaqada hattoki og‘ir sanoatning metallurgiya va mashinasozlik kabi sohalarini ham barpo etish imkoniyatini berdi. Janubiy mintaqa qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lgan hududdan industrila-agrar hududga aylandi.
Janubiy mintaqaning taraqqiyoti Shimoliy mintaqalardan kelayotgan mablag‘ hisobiga amalga oshirilayotgani sababli, nisbatan kuchliroq hisoblangan sherik o‘z shartnomalarini qabul qildirishga harakat qilishi tabiiy hol edi. Janubiy mintaqalarning taraqqiyotidagi tobelik modeli saqlanib qolayotgan edi. Janub Shimolning manfaatlaridan kelib chiqib rivojlanayotgan edi.
40 yil davomida “janub siyosati”ni amalga oshirish uchun ishlatilgan katta miqdordagi moliyaviy xarajatlar kamtarona bo‘lsada o‘z samarasini ko‘rsatdi. Aholining yashash tarzdagi farq 10 % ga qisqardi, ko‘pgina oilalar hali ham chet mamlakatlarda ishlayotgan qarindoshlari yuborayotgan mablag‘lar hisobiga yashayotgan edi. Aholi o‘sishidagi yuqori sur’atlar bandlik muammosini bartaraf etish imkonini bermadi.
Janub bilan bog‘liq yana bir muammo bo‘lib bu yer muammosi edi. Shuning uchun XDP hukumati o‘tkazgan muhim tadbirlaridan biri yer islohoti edi. Bu islohot dehqonlar va ijarachilar tomonidan yirik yer egalarining bekor yotgan yerlarini egallab olish uchun misli ko‘rilmagan keng miqyosdagi harakatning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. Ommaviy harakatlarning tazyiqi tufayli xristian demokratlarning hukumati Konstitutsiyaning 44 moddasiga muvofiq, 1950 yilda yer islohoti to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ministri A.Senining loyihasi bu qonun uchun asos qilib olindi. qonunga ko‘ra 8000 ga yaqin yirik yer egalari ortiqchasini hukumatga sotishlari kerak edi. Shunday yo‘l bilan tashkil etilgan fondga bundan tashqari, ba’zi yirik kompaniyalarning yer uchastkalari va davlat yerlari ham kiritildi. Keyinchalik bu fonddagi yerlar qur’a tashlash orqali aniqlanib, 30 yil muddat ichida narxini to‘lash sharti bilan muhtoj dehqonlarga sotildi. To‘g‘ri, yer islohoti barcha yersiz va kam yerli dehqonlarning istaklarini ro‘yobga chiqara olmagan bo‘lsada, ko‘pgina (200 mingga yaqin) kishilar o‘z ahvollarini yaxshilab olishdi.
Xristian demokratlarning tashqi siyosat sohasidagi ko‘ra g‘arb sivilizatsiyasi qadriyatlarining ustunligini tan olib va AQSH bilan yaqinlashishni ko‘zda tutar edi. Italiya NATOning tashkil etilishida ishtirok etdi va uning hududida NATO harbiy qo‘shilmalari va shtablari joylashtirildi. Italiya hukumati bilan AQSH o‘rtasida “mudofaa maqsadida o‘zaro yordam ko‘rsatish” bitimi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Italiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi, Italiya tomoni esa HHK va HDK bazalaridan foydalanishga ruxsat berishi kerak edi. XDPning tashqi siyosatida AQSH bilan yaqinlashish yo‘lini tutishi so‘l oppozitsiya, asosan sotsialistlar va kommunistlar tomonidan tanqid ostiga olindi.
Italiyaning siyosiy isteblishmentida XDP sentristik pozitsiyada bo‘lib, hukumat boshqaruvida ijtimoiy konservatizm unsurlaridan tashqari, ijtimoiy nayranglardan ham keng darajada foydalanar edi. Ommaviy harakatlarning siquvi ostida XDP, ba’zan ijtimoiy masalalarda mehnatkashlarga yon bosishlar berishga majbur bo‘lar edi.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda bunday chiqishlarda ishtirok etgan namoyishchilarni jazolash va qatag‘on qilish choralari ham qo‘llanildi. Bunda asosan motorlashtirilgan politsiyaning maxsus bo‘linmalari (chelere) astoydil “xizmat” qilishdi. Bu oppozitsion potensialning to‘planishiga sabab bo‘ldi. 1953 yili o‘tkazilgan navbatdagi parlament saylovlarida XDP 50 % lik marrani egallay olmadi. De Gasperi iste’foga chiqdi va bir yildan so‘ng vafot etdi. De Gasperining ketishi XDPning siyosiy yo‘liga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Endi hukumatga boshqa kishilar intilayotgan edi. XDPda o‘ng qanot (gasperistlar) vakillarining ta’siri zaiflashib, sotsialistlarga kaolitsiyani taklif etgan so‘l qanot vakillarining mavqei oshdi. Lekin umuman olganda, XDPning siyosiy kotibi Amintore Fanfani boshchiligidagi sentristik fraksiya ustun edi. A.Fanfani boshchiligida bir necha bor 50,60 va 80 yillarda hukumatlar tuzilgan edi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling