Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha


Download 1 Mb.
bet22/56
Sana18.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1708483
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
Йилларда франция-fayllar.org (2)

Siyosiy ekstremizm va terrorizm.
So‘l markazning, ayniqsa, 1969 yildagi “jazirama kuz” dan so‘ng mehnatkashlar bilan murosa qilishga urinishi, iqtisodiy qiyinchiliklar, ishsizlikning ko‘payishi va marginalizatsiya () o‘ng radikal oppozitsiya ichida qarama-qarshi reaksiyaning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Neofashistik guruhga va tashkilotlar faollashib, ularning soni 30 taga yetib qoldi. Ularning ichida “Yangi tartib”, “Milliy avangard” va ayniqsa, “Milliy front” eng yiriklari hisoblanar edi. Sobiq harbiy jinoyatchi yirik moliyachilar bilan aloqa o‘rnatgan, zolim, beshafqat va o‘taketgan mutaassib (fanatik)ligi uchun “qora knyaz” laqabiga ega bo‘lgan knyaz Y.V.Borgeze tashkilotida rahbarlikni o‘z qo‘liga olgan edi. 1969 yili Paduya shahridabo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tasdiqlab olingan “grafik” asosida neofashistlarning terrorchilik aksiyalarining soni keskin ravishda ko‘paydi (portlatishlar, faol jamoatchilar va so‘l kuchlarning ma’muriy binolariga xujumlar uyushtirish va boshqalar shular jumlasidandir). O‘ta o‘ngchilar (“qora”) terrorizmning asosiyo maqsadi mamlakatda davlat to‘ntarishi kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirish, juda bo‘lmaganda esa minimum rejaga ko‘ra mamlakatda “tartib o‘rnatish” vazifasi qo‘yildi. O‘ta o‘ngchilarning bu yo‘nalishi “keskin strategiya” nomini olgan bo‘lib, 1969 yil dekabrida Milandagi Fantana maydonida joylashgan qishloq xo‘jaligi banki binosining portlatilishi bu siyosatning boshlanishi desak xato bo‘lmaydi. Bu terrorchilik harakati 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa, 100 ga yaqin kishi yarador bo‘ldi. Fontana maydoni milliy halokat terrorchilikka qarshi kurashning ramziga aylandi. Mana shu fojiadan so‘ng, yana bir qancha yirik terrorchilik harakatlari bo‘lib o‘tdi. Chunonchi, 1970-1971 yillarda Redjo-di-Kalabriya shahrida neofashistlarning politsiya va harbiylar bilan bir necha oy davom etgan qonli to‘qnashuvlari, barrikada janglari; 1971 yil martida Akvila shahrida barcha siyosiy partiya binolarining portlatilishi; Borgeza boshchiligidagi “Milliy front”ning respublikaga qarshi tayyorlagan fitnasining oshkor bo‘lishi; 1974 yil mayida Breshe shahrida o‘tkazilgan mitingdagi portlash natijasida 8 kishining halok bo‘lishi; 1974 yil avgustida Balonya yaqinida poyezdning portlatilishi oqibatida 12 ta yo‘lovchining halok bo‘lishi va boshqalar shular jumlasidandir.
Neofashistik harakatning boshida Italiya ijtimoiy harakati (IIH) turgan bo‘lib, 70-yillarning birinchi yarmida bu tashkilot a’zolarining soni 400 ming kishiga yetdi. Bu vaqtga kelib neofashistlar saylovlarda ham bir qancha muvaffaqiyatga erishdi. Masalan, 1972 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda ular deputatlar palatasida (630 o‘rindan) 56 ta o‘ringa, senatda esa (315 o‘rindan) 26 ta o‘ringa ega bo‘lishdi. O‘z huzur halovatini o‘ylab IIH monarxiya talabdorlarining qoldiqlari bilan birlashdi. Bu vaqtincha bo‘lsada, IIHning mamlakatda obro‘ jihatidan to‘rtinchi siyosiy partiyaga aylanishiga olib keldi. 1973 yildan boshlab IIH Italiya ijtimoiy harakati - Milliy o‘ng kuchlar (IIX- MO‘K) deb atala boshladi va uning raxbari etib yana Jorjo Almirante saylandi. Ishchilar harakatining faollashishidan norozi bo‘lgan shimoliy xududlardagi kichik va o‘rta burjuaziya vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tufayli IIX ning ta’siri yanada ortib ketdi. Ammo IIXni 70-yillarning boshlarida qo‘llab-quvvatlagan tabaqalar asosan shahar aholisining o‘rta qatlami, lyumpen-proletariat vakillari va janubning mariginal () qatlamlari bo‘ldi. 1972 yilda IIX uchun janub aholisining 1g‘3 qismi ovoz berdi. Neofashistlar milliy va chet eldagi reaksion kuchlar tomonidan mablag‘ bilan ta’minlab turildi. Kichik sarmoyalardan tashqari, neofashist tashkilotlarga Italiyaning yirik tadbirkorlari ham xomiylik qila boshladi (Pezenti, Monti va boshqalar). Mablag‘larning bir qismi Fransiya, Ispaniya, AQSH, Portugaliya banklaridan ham kelib tushardi. So‘l markazning tadqiqotlaridan xavotirga tushgan obro‘yli doiralar mamlakatdagi vaziyatni o‘zgartirish va “kuchli davlat” siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, neofashist tashkilotlarni doimo qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Fashistlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar, ularning obro‘si tushishiga olib keldi. 1976 yildagi saylovlarda IIX oldingi saylovlardagiga qaraganda 1g‘3 qism oz ovoz oldi. Buning oqibatida, IIX ichida ichki qarama-qarshiliklar kuchayib ketdi. Bu xol partiyani zaiflashishi va tarqoqlashishiga olib keldi. Bunga 70-yillarning o‘rtalaridagi terrorchilik harakatlari va siyosiy fitnalarning qatnashchilariga nisbatan olib borilgan sud jarayonlari va xibsga olishlar ham sabab bo‘ldi. Ammo, mamlakatdagi yetuk partiyalarning bu jarayonlarga nisbatan e’tiborsizligi tufayli neofashistlar ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning aksariyati samarasiz yakun topar edi. Chunonchi, sud jarayonlarida bor-yo‘g‘i 20 ta neofashist jinoiy javobgar deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan. Almerantining deputat sifatidagi daxlsizlik vakolati olib tashlandi va “Yangi tartib” tashkilotining faoliyati batamom ta’qiqlab qo‘yildi.
Shunday qilib 70-yillarning o‘rtalariga kelganda o‘ng radikallarning “qora” terrori ikkinchi darajaga tushib qoldi va so‘l radikallarning “qizil” terroriga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. So‘l ekstremizmning yoshlar orasida keng tarqalganligi, talabalarning 1967-68 yillardagi xarakati bilan chambarchas bog‘liq edi. 1968 yilning bahorida talabalarning norozilik chiqishlari Italiyaning barcha 36 ta universitetlariga yoyildi. Talabalar oliy ta’limning eskirib qolgan va nodemokratik tizimiga qarshi bosh ko‘tardi. Ammo, tez orada spektitsizm va har qanday avtoritetni rad etish bu chiqishlarga ommaviy isyonkorlik va antikapitalistik tus berdi. Butun mamlakat ommaviy noroziliklar girdobiga tortildi, politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turdi, ma’muriy binolar ishg‘ol etildi va ishchilar bilan talabalar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatildi. So‘llarning o‘sha vaqtda tashkil topgan guruxlari (“ kurash”, “Ishchilar hokimiyati”, “Mehnatkashlarning sotsializm uchun kurash harakati”, “Manefesto”) siyosiy jixatdan sodda pozitsiyalarni egallagan bo‘lib, o‘zlarini “inqilobiy” kurash olib bormoqdamiz deb ishontirishga harakat qilar edi.
70-yillarning 2-yarmiga kelganda turlicha fikrlashning kriminalashuvi va uning odatiy jinoyatlarga qo‘shilib ketishi (“Otayapman, demak mavjudman”, “o‘g‘irlayapman, demak pul topayapman”)jarayoni yuz berdi, shunda yoshlarning 1968 yil avlodlarining xayoliy (utopistik) rejalaridan ixloslari batamom qaytdi va ular terrorchilik taktikasini tanlashdi. 1977 yilga kelganda, o‘ta so‘llarning “qizil”, “inqilobiy” bayroq ostida faoliyat ko‘rsatayotgan 97 ta terrorchilik tashkilotlari borligi ma’lum edi. So‘l ekstremistlarning yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgan terroristik tashkilotlari ichida eng xavflilaridan biri 1970 yilning sentabr oyidayoq tashkil topgan “qizil brigadalar” bo‘ldi. Ular mamlakatda zo‘ravonlikni yanada kuchaytirish, burjua-demokratik davlatni esa fuqarolar urushi ochish imkonini beradigan repressiv va avtoritar davlatga aylantirish g‘oyalarini ilgari surdi. “qizil brigadalar” siyosiy maqsadlarni o‘kach qilib olib odamlarni o‘g‘irlay boshlashdi, ular hattoki garov tariqasida taklif etiladigan pullardan ham hazar qilishmas edi. 70-yillarning oxiriga kelganda “qizil brigadalar”ning qurbonlari safida siyosatchilar, sudyalar, katolik arboblar, tadbirkorlar, jurnalistlar va politsiya xizmatining yuqori mansabdor kishilar ham bor edi. Bu qurbonlarning ichida Aldo Morodek siyosatchining o‘g‘irlanishi va vahshiylarcha o‘ldirilishi eng shov-shuvli voqea bo‘ldi. Ekstremizm davlatning huquqiy normalarini oyoq osti qilib aslida jinoiy guruxlardan biriga aylanib ulgurgan edi.
“Milliy birdamlik” (1976-1979 yillar).
Ekstremistik, terroristik tashkilotlar va mafiyaning faollashishi muhiti so‘l kuchlarning ham sezilarli darajada faollashuviga imkoniyat yaratildi. 1975 yili bo‘lib o‘tgan viloyat va munitsipal saylovlarda, neofashistlar o‘z elektoratining bir qismidan mahrum bo‘lishgan bo‘lsa so‘l partiyalar esa saylovchilar soni jihatidan sentrischilar va o‘nglardan ham o‘zib ketishdi. IKP 70-yillarning o‘rtalariga kelganda mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni va nufuzini saqlab qolmoqda edi. Saylovchilarning kattagina qismi IKPga demokratiyani himoya qilish va o‘ng kuchlarning xujumlarini qaytarishga qodir kuch sifatida qarar edi. IKPning 1975 yili bo‘lib o‘tgan syezdida bosh kotib Enriko Berminguerning tashabbusi bilan kommunistlar “tarixiy kompromiss” deb nomlanuvchi taktikani qabul qilishdi. Unda kommunistlarning sotsialistlar va hattoki katoliklar bilan ham hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan edi. 1976 yil iyunida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari so‘l kuchlar uchun ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan buyon birinchi marta maksimal darajadagi muvaffaqiyatni keltirdi. Kommunistlar va sotsialistlar birgalikda, xristian-demokratlarga nisbatan ko‘p ovozga ega bo‘ldi. XDP uchun ovoz berganlar, IKP uchun ovoz berganlardan bor yo‘g‘i 4,4 % ko‘p edi. Bu kompartiya va shaxsan Berminguerning muvaffaqiyati edi. Saylovlar kommunistlarning qo‘llab-quvvatlashisiz har qanday hokimiyat tanazzulga yuz tutishi mumkin degan xulosaga olib keldi. So‘l markaz tarqalib ketdi. Yangi hukumat faqatgina XDP vakillaridan tashkil topdi. Tajribali siyosiy arbob xristian-demokrat Djulio Andreotti (1989 yilda tug‘ilgan) yangi hukumatning premyer-ministri lavozimini egalladi.
Andreotti siyosatchi-katoliklar oilasida o‘sib ulg‘aydi. Rim papasi Pavel U1 bilan yaqin do‘st edi. O‘zining siyosiy faoliyatini de Gasperining ko‘magida boshlagan. Andreotti ko‘pgina hukumatlarda ministr, yetti marta esa premyer-ministr lavozimlarida ishlagan. Unga xristian demokratlarning ayyor, qari va jangovar oti deb baho berishgan. U 50-yillarda partiyaning o‘ng qanotiga mansub bo‘lsa, 60-yillarda esa so‘l markazni qo‘llab-quvvatladi. 70-yillarning boshida kommunistlarning “tarixiy kompromiss” taktikasini qo‘llab-quvvatladi, keyinchalik esa xuddi shu taktikaning barbod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Kommunistlar va boshqa so‘l respublikachilar partiyalari bilan birgalikda parlamentda “betaraflar koalitsiyasi” - deputatlar blokini tashkil etdi. Bu blok parlamentda Andreotti hukumatini qo‘llab-quvvatladi. 1976-1979 yillarda XDP boshchiligidagi hukumat “Milliy birdamlik” siyosatini amalga oshirdi.
Italiyaning oltita siyosiy partiyasi va (IKP ham bor) Andreotti hukumati o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida va boshqa masalalar bo‘yicha dasturiy shartnoma imzolandi. Shu dastur doirasida o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida, Italiya 1974-1975 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlariga bardosh berdi. Shu davrda yoshlarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Bu mamlakat siyosiy hayotida kommunistlarga nisbatan o‘tkazib kelinadigan diskriminatsiya siyosatining zaiflashuviga olib keldi.
XDP hukumatining so‘l partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi o‘ng kuchlarda g‘azablanish hissini qo‘zg‘atgan bo‘lsa, so‘l ekstremistik terrorchi guruhlarda norozilikni keltirib chiqardi va ular navbatdagi siyosiy bosqinchilik harakatini amalga oshirdi. 1978 yil 16 mart kuni ertalab “qizil brigada”ning terrorchilari 10 daqiqa ichida hech bir qiyinchiliksiz 5 ta qo‘riqchini o‘ldirib, XDPning raisi Aldo Moroni o‘g‘irlab ketishdi.1
U bir qancha vaqt davomida garovda ushlab turildi. Hukumat “qat’iy pozitsiya”da utrishga va terrorchilar bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Deyarli har kuni 35000 ga yaqin kishi A.Moroni qidirish ishlarida ishtirok etdi, bundan tashqari 1,500 ga yaqin harbiylar kecha-kunduz jangovor navbatchilikda turdi. Politsiya va maxsus xizmat xodimlari har bir uyni sinchiklab tekshirib chiqishga harakat qilishdi.
Atigi bir necha yuz kishini tashkil etadigan “qizil brigada” terrorchilarining shafqatsiz harakati barcha uchun haqoratomuz chaqiriq bo‘lib, davlat apparatining zaifligi va inqirozga yuz tutayotganligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Mana shu vahshiylikka javoban kasaba uyushmalarining chaqirig‘i bilan Italiyada umumiy ish tashlash e’lon qilindi. Umumiy ish tashlashda 16 mlndan ortiq italiyaliklar ishtirok etib, demokratiyani himoya etish va terrorizmga qarshi kurashishga tayyor ekanliklarini namoyish etishdi. Terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklar, ularga ergashuvchilar va yoqlovchilar sonining keskin kamayishiga olib keldi.
Terrorizmning yangi to‘lqini yana italiyani 70-80-yillar oralig‘ida o‘z girdobiga tortdi. Navbatdagi siyosiy suiqasdlar, qotilliklar va boshqa zo‘ravonliklar sodir bo‘ldi. Faqatgina 1980 yilning o‘zidayoq 1200 ga yaqin turli terrorchilik aksiyalari amalga oshirildi. Ularning orasida - Balonya vokzalida 1980 yil 2 avgust kuni terrorchilar tomonidan qo‘yilgan bombaning portlatilishi o‘ta ketgan qonxo‘rlik aksiyasi bo‘ldi. Portlash oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi va 200 ga yaqin kishi yaralandi. Hammasi bo‘lib, 1969 yildan 1980 yilgacha 7866 ta terrorchilik aktlari qayd etilgan bo‘lib, bu harakatlar tufayli 362 kishi halok bo‘lgan, 4530 kishi yaralangan.
Mafiya strukturasida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi: ayollarni o‘ldirishni ta’qiqlaydigan va zaruriyat tug‘ilgan taqdirdagina qotillik qilishga ruxsat beradigan mafiyaning or-nomus izzat kodeksi endi o‘tmishda qoldi. Mafiyaning Sitsiliya va undan ham shafqatsizroq hisoblangan Kalibriya shu’basi o‘z yo‘llariga to‘g‘anoq bo‘ladigan har qanday kishining hayotiga zomin bo‘lishga tayyor edi. Ular o‘z maqsadlari yo‘lida har qanday to‘siqni ham hech o‘ylamasdan parchalab tashlashga bel bog‘lagan edi.
Shu bilan bir vaqtda korrupsiya Italiyaning siyosiy hayotining ajralmas xususiyat bo‘lib qoldi. U bilan bog‘liq bo‘lgan mashmashalar yanada balandroq sado bermoqda edi. 1978 yilda xristian-demokratlar partiyasining a’zosi, mamlakat prezidenti Dj.Mone soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamaganlikda va korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, unga AQShning “Lokxid” nomli avia komserni bilan bog‘liq poraxo‘rlikda aloqador degan ayb qo‘yildi. Dj.Leone iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Italiya prezidenti etib ilk marotaba ISP a’zosi, qarshilik ko‘rsatish harakatining faol ishtirokchisi Italiya millatining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassma eta olganligi tufayli hurmat va samimiylik obro‘ga ega bo‘lgan 82 yoshli Aleksandro Pertini tayinlandi. Yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning respublikaga qarshi uyushtirgan fitnasi - “P-2” (“Propaganda-2”) nomli Masonlar lojasi bilan bog‘liq jinoyatini jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Haqiqatda esa “Milliy birdamlik” siyosati mohiyati o‘z funksiyasini bajarmay qo‘ygan edi. 1979 yilning yanvar oyida kommunistik partiya parlamentdagi ko‘pchilikni tark etib XDP hukumatiga qarshi oppozitsiyaga o‘tdi. Prezident Pertini tomonidan muddatidan oldin o‘tkazilishi e’lon qilingan parlament saylovlari 1979 yilning iyunida bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovlari xristian demokratlar va ayniqsa kommunistlarning bir qism ovozdan mahrum bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. Shunday bo‘lsada, kommunistlar hali ham kuchli oppozitsion partiya sifatida faoliyat ko‘rsatishga qodir edi. IKP “tarixiy kompromiss” taktikasidan voz kechdi va “demokratik alternativa” nomli yangi dasturni qabul qildi. Unga ko‘ra kompartiya hokimiyat uchun kurashda XDP bilan raqobatlasha oladigan so‘l partiyalarning koalitsiyasini tuzishni ko‘zda tutgan edi. Sotsialistlar, sotsial-demokratlar va radikalar esa aksincha o‘z mavqeini yaxshilab olishdi. O‘zlarining mavqeilariga katta baho berib yuborganliklari sababli ISP kommunistlar tomonidan ilgari surilgan dasturni qo‘llab-quvvatlamadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling