Eng yaxshi sovg'a
Download 18.61 Kb.
|
Kitob o\'qi, unga do\'st tutin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqand viloyati Urgut tumani 7- maktab 9-“D” sinf oquvchisi Akbarov Diyorbek
Eng yaxshi sovg'a Bugun kitob o'qigan bitta bola ertaga televizor ko'rib o'tirgan o'nta bolani boshqarishi mumkin! SH. M. Mirziyoyev Bugun Sardor uchun boshqacha kun. Sababi Sardor 12 yoshga to'ldi. Kun davomida oila a'zolaridan ajoyib sovg'alar kutdi va kutgan sovg'alarini ham oldi. Dadasi velosiped, oyisi planshet sovg'a qildi. U bobosidan ham boshqacha sovg'a kutib o'tirgandi. Bobosi - Abdulla bobo ancha keksa, ko'p narsalarni ko'rgan, o'qigan, dunyoning ishlarini biladigan inson edi. Sardor bobosidan juda ajoyib tilaklarni eshitganidan so'ng sovg'ani oldi. Sovg'ani olgani zahotiyoq ko'ngli buzuldi, juda xafa bo'ldi. Sardorga bobosidan sovg'a kitoblar ekan. Buni ko'rgan Abdulla boboning yuzini qayg'u qopladi va shunday deb gap boshladi: " Juda eski, devorlari nuragan, tomdan doim yog'ingarchilik bo'lganida chakka o'tadigan uyda Abdulla ismli bir bola yashardi. Abdullaning dadasi maktabda oddiy qorovul bo'lib ishlardi. Shu sababli oilaning moddiy ahvoli juda og'ir. Shunga qaramasdan Abdullaning dadasi doimo oylik maoshini olsa, uyiga ikkita non bilan qo'shib bitta kitob olib kelardi. Hattoki kiyim- kechak olishga puli yetmasa-da bolasiga kitob olib kelardi. Abdulla doimo dadasiga yordam berishni, oilasi uchun dadasi bilan birgalikda pul ishlab topishni istardi. Lekin har doim rad javobini olardi. Bu javobni ish beruvchilardan emas, balki dadasidan ishlashga ruxsat so'raganida olardi. Dadasi: " Men o'qiy olmadim, shu sababli qora mehnat qilyapman. Men qiynalganim yetadi, sen kitob o'qi, oliy ma’lumotli bo'l, ko'p foydasi tegadi, qora terga botmaysan, eng asosiysi, Vatanga xizmat qilishdek oliy sharafga sazovor bo'lgan holda, xalq dardi bilan birga bo'lib pul topasan", - deb tinmay ta'kidlardi. Shundanmi, doimo kitob o'qishdan charchamas, ba'zi paytlar kechalari uxlamasdan kitob o'qib chiqardi. Ammo huddi shu uy yonida juda hashamatli, bezakdor uy bor bo'lib, u uyda Abdullaning sinfdoshi Ilyos turardi. Uning dadasi juda boy va tadbirkor inson edi. Ilyosga barcha sharoitlarni yaratib bergandi. Kitob o'qish u yerda tursin, dars qilmoqchi bo'lib, darslik kitoblarni qo'lida olganida doimo dadasi: " Ey o'g'lim, yig'ishtirib qo'y bu qog'ozlaringni. Kitob o'qib olim bo'larmiding yoki foyda keltirarmiding, mana men kitob o'qiganim yo'q, dars qilmaganman, lekin shuncha pulim bor. Sen ham qo'rqma, baholaringni men to'g'irlab beraman, kelajakda esa kitob o'qimasdan ham mendek katta tadbirkor bo'la olasan", - degan gaplarni qulog'iga uqtirardi. Natijada esa Abdulla va unga o'xshagan boshqa o'rtahol oilaning bolalari jabr ko'rardi. Abdulla dadasini olib bergan kitoblaridan bosh ko'tarmas, maktabdagi darslarda faol, doimo besh olardi. Kitob o'qigan bolaning fikrlash doirasi keng bo'ladi deganlaridek, Abdullaning fikrlashi kattalarnikidek, gapirishi juda ravon, maktabda turli xil tadbirlar tashkilotchisi, maktab faoli edi. Ilyoschi? Ilyos maktabning zo'ravoni, o'qiganlarni, o'rtahol bolalarni kamsitish bo'yicha rekordchi, kitob uning eng yomon ko'rgan dushmani, kitob o'qigan bolalar esa undanda yomonroq edi u uchun. Doimo dadasini puliga ishonib yurardi. Yillar o'tdi. Abdulla kitob o'qib, doimo harakat qilib, Oliy talim muassasasiga o'qishga kirdi. Ilyos esa maktab davrida doimo darsdan qochishi, kompyuter o'ynashi, o'ziga o'xshagan yomon bolalar bilan yurishi natijasida qimorboz bo'ldi. Ko'p odamlardan qarzdorligini deb, otasi bor yog'ini sotdi, bunga chiday olmasdan vafot etdi. Ilyos esa qimorbozligicha qoldi. Alkogol vositalar ham eng yaqin do'sti edi. Juda xarob ahvolga tushdi. Bu orada Abdulla o'qishni bitirdi. Ko'p kitob o'qiganligi, ko'p bilimlarga ega bo'lganligi va fikrlash doirasi ham o'ziga yetarli ekanligi sababli o'z ishining ustasi bo'ldi, ko'p yutuqlarga erishdi. Juda og'ir ahvoldagi oila kitob o'qiganligi uchun o'zini tiklab oldi. Ilyos esa ko'chalarda darbadar, uysiz qoldi". Abdulla bobo nabirasi Sardorga shu hikoyani aytdi-yu juda yengil tortdi. Bu Abdulla boboni ko'p yillik ichida saqlab yurganlari, kitob o'qib, unga do'st tutingani uchungina shu marralarga erishib boy-badavlat bo'lganligi, jamiyatda o'z o'rnini topganligi sababli farzandlariga ham doimo kitob o'qishni aytardi. Sardorning dadasi ham kitob o'qigan, uni eng yaqin do'st deb biladigan odam edi. Sardor bu gaplarni eshitdi-yu jim qoldi. Bobosi sovg'a qilgan kitoblarni olib xonasiga chiqib ketdi. Oradan ko'p kunlar o'tdi. Abdulla bobo yangi kitob olib, nabirasi Sardorga o'qish uchun bergani xonasiga kelganda uxlab yotgandi. Xona devorida osilgan yozuvlarni ko'rib bobo juda xursand bo'ldi: " Kitobni sev, unga do'st tutin" , " Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir" Abdulla bobo ochiq turgan daftar sahifasidagi misralarni o'qidi: Kitobim, barchadan boyim o'zingsan, Tunimni yoritguvchi oyim o'zingsan. Badanim ilmga tashnalab tursa, Sug'orib turguvchi soyim o'zingsan. Abdulla boboning yuzida tabassum paydo bo'ldi, nabirasini kitobga oshno qilganligidan ko'ngli taskin topdi. Samarqand viloyati Urgut tumani 7- maktab 9-“D” sinf o'quvchisi Akbarov Diyorbek Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling