English for management students” nomli o’quv qo’llanmasiga taqriz
Download 18.5 Kb.
|
TASHQI TAQRIZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- “English for management students”
- Jizzax davlat pedagogika Universetiteti proffesori (Ds) Umid Jumanazarov.
Jizzax politexnika instituti "Xorijiy tillar” kafedrasi assistenti Dushabayev Abdulla Musaevich tomonidan tayyorlangan “English for management students” nomli o’quv qo’llanmasiga TAQRIZ Mamlakatda O`zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g’risida“ gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya‘ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo`naltirilgan tizim yaratildi. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda chet tillarni o‘rganish tizimini, fan va ta‘limini amaliyot bilan uzviy integratsiyasi jarayonlarini takomillashtirishga alohida e`tibor berilmoqda. Taraqqiyot tamoyillariga asoslangan holda ilmiy tadqiqot va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratishga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, hozirgi kunda chet tillarini ko‘nikmalar asosida o`rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o'qitishning maqsadi oliy ta`limning keng ixtisosligi bo‘yicha adabiyotlarni o‘qish, tinglab tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish, muayyan mavzular doirasida suhbatlashish malakalarini o'zlashtirishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun sohaga oid so‘z va iboralarni chet tilida o‘rganish, talabalarning ilmiy adabiyotga xos bo‘lgan atamalarni matnda o‘qishlari va to‘g‘ri tushunishlarini ta‘minlashi, suhbatda yo‘nalishga xos bo‘lgan bir qancha grammatik shakllardan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Mazkur o’quv qo‘llanmada ‘‘Menegement“ sohasiga doir matnlar, leksik birliklar, mazkur matnlar yuzasidan tayyorlangan mashqlar,gramatik qoida va mashqlar gabirish va yozish ko’nikmalariga doir ko’rsatmalar o’rin olgan. Talabalarga mutahassisliklariga doir matnlar bilan birga zamonaviy test tizimiga doir ma’lumotlar batafsil berilgan. Ushbu o’quv qo`llanmaning afzallik tomoni shundaki, talabalar o’z mutahassisliklariga oid ma’lumotlarni ingliz tilida o’rganadilar va xar bir darsga doir mavzular mustaqil bajarish uchun dars yakunida uy ishi vazifasida berib boriladi. O’quv qo‘llanmadagi topshiriqlar matni talabalarga qo'shimcha qiyinchilik tug'dirmaslik uchun mavzuga bog`langan holda berilgan. Matnlarning maqsadi til ko`nikmalarini oshirish. Ular talabalar bilimini kengaytiradigan yoki chuqurlashtiradigan, ularga tegishli mavzuda suhbat yoki munozara o'tkazish imkoniyatini beradigan bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, Dushabayev Abdulla Musaevichning “English for management students” nomli o’quv qo’llanmasi bugungi tilshunoslik ilmi oldida turgan muhim masalalarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etishiga asosiy e‘tiborini qaratgan, shu jihatlarini tadqiq etish bilan muallif kasbiy ingliz tilini tahlili o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sifatida muhim ahamiyatga egadir. Ushbu o’quv qo’llanma oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari va kasbiy ingliz tiliga qiziquvchi keng kitobxon foydalanishi mumkin. Shularni xisobga olgan xolda o`quv qo`llanmani nashrga tavsiya qilsa foydadan xoli bo`lmaydi. Ushbu darslik oliy o’quv yurti chet tili o’qitish dasturiga muvofiq keladi va ingliz tili fanidan amaliy mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. Jizzax davlat pedagogika Universetiteti proffesori (Ds) Umid Jumanazarov. Download 18.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling