"Entomologiya" fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimida fanlardan
Download 38.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Entomologiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimid
KIRISH “Entomologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimida fanlardan innovatsion ta’lim texnologiyalarni yaratish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan dars mashg‘ulotlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash qonun-qoidalariga tayangan xolda ishlab chiqilgan. O‘quv-uslubiy majmuada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri, o‘zida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad va vazifa, ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek bu, o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasini, yani o‘qituvchi va talabaning mazkur o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatining bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi. O‘quv-uslubiy majmua tarkibiga kirish, ta’lim texnologiyasini konseptual asoslari - har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada tartibga solingan, ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan. O‘quv-uslubiy majmuaning konseptual asoslari qismida biologiyaning zamonaviy muammolari fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan. Amaliy mashg‘ulotda muammoli amaliy, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan hamda aniq holatlarning yechimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tish texnologiyalari mavjud. Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga o‘qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda, hamda ulardan amalda samarali foydalanilmoqda. O‘qituvchi bilim olishning yagona manbai bo‘lib qolishi kerak emas, balki talabalar mustaqil ishlash jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o‘quv jarayonining menejeri bo‘lishi lozim. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish jarayonida aynan shu tamoyillarga tayanilgan. Download 38.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling