"Entomologiya" fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimida fanlardan


Download 38.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi38.85 Kb.
#1757452
1   2   3   4
Bog'liq
Entomologiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimid

PEDAGOGIK ANNOTATSIYA 
 
O‘quv uslubi: Yangi pedagogik va axborot texnologiyalar asosida, mavzularga oid o‘quv 
va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, internet ma’lumotlari, tarqatma materiallar, elektron 
materiallar (slaydlar) va ko‘rgazmali qurollardan foydalanib olib boriladi. 
Kursning asosiy maqsadi: Talabalarda entomologiya fanining maqsadi, vazifalari, 
ahamiyati hamda hasharotlar bioxilmaxilligi, ularni muxofaza qilishning nazariy asoslari, soxaga 
doir muammolar, ularni bartaraf etishga doir asosiy yo‘nalishlar va tushunchalarni shakllantirish.
O‘quv faoliyatidan kutilgan natijalar:


 
Talabalar

Hasharotlar morfologiyasi, klassifikatsiyasi. 

Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar: To‘g‘riqanotlilar va tripslar turkumi. 

Tengqanotlilar va yarimqattiqqanotlilar turkumlari. 

To‘la o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar: Tangachaqanotlilar va pardaqanotlilar 
turkumlari. 

Qattiqqanotlilar va ikkiqanotlilar turkumlari. 

Hasharotlar ekologiyasi. Abiotik va biotik omillarning hasharotlarga ta’siri. 

O‘simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muxit muhofazasi. 

Hasharotlarning asosiy guruxlarini o‘rganish va ularni kolleksiyalar yordamida aniqlash. 

Danak va urug‘ mevali bog‘lar, texnik ekinlar, donliekinlar zararkunandalarining tur 
tarkibi va bioekologiyasi. 

Entomofag hasharotlar, ularning qishloq xo‘jalik zararkunandalari tur sonini 
boshqarishdagi ahamiyati to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalarga ega bo‘lishadi. 
Ushbu kursni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun talabalar oldindan zaruriy bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur: 
Talaba quyidagi bilim va tushunchalarni o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak: 
- Zoologiya, ekologiya, botanika, genetika, kimyo, geografiya, anatomiya, morfologiya; 
milliy qadriyatlar, milliy mafkura, ma’suliyat, burch va boshqa tushunchalar.
- Talaba quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i kerak: 
- taqdimot ko‘nikmalari, xamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalari; ma’lumotlar, natijalarni tahlil 
qilish ko‘nikmalari; qiyosiy tahlil etish ko‘nikmasi; tahlillarni umumlashtirish, xulosalash 
ko‘nikmalari.

Download 38.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling