"Entomologiya" fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimida fanlardan
Entomologiya yunoncha “entomo” - hasharot, “logos” - fan, ya’ni hasharotlar
Download 38.85 Kb. Pdf ko'rish
|
Entomologiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua, oliy ta’lim tizimid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi.
Entomologiya yunoncha “entomo” - hasharot, “logos” - fan, ya’ni hasharotlar
xaqidagi fan. ENTOMOLOGIYA FANINING TARIXI Hasharotlarga qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ular dastlab oziqa mahsuloti sifatida qaralgan bo‘lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo‘lga qo‘yilgach, zararkunandalar sifatida o‘rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi aniq bo‘ldi. Natijada ipakchilik, asalarichilik kabi entomologiyaning shohobchalari paydo bo‘ldi. Hasharotlarni ilmiy asosda o‘rganish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim I.Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini o‘rgandi va ular hozir «Malpigi naylari» deb ataladi. Golland olimi Y. Svammedam (1637-1680) hasharotlarning anatomik tuzilishini o‘rgandi va taraqqiyoti metamorfoz yo‘li bilan borishini aniqladi. Shvetsariyalik tabiatshunos Sh. Bonne 1765 yilda hasharotlarda partenogenez hodisasini aniqladi. K. Linney (1707-1778) «Tabiat sistemasi» asarida hasharotlarni alohida sinf sifatida ajratadi. R.A.Reomyur (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Rus olimi P.S. Pallas (1741-1811) hasharotlar faunasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. 1832 yilda Fransiyada, 1833 yilda Angliyada entomologlar jamiyatlari tuzildi. 1859 yilda Rossiyada entomologlar jamiyati tuziladi va uning birinchi prezidenti akademik K.M. Ber edi. Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi. Rossiyada entomologiyani fan sifatida rivojlanishda G.Y.Fisher-Valdgeymning (1771-1853) «Entomografii Rossiyskoy imperii», professor E.K. Brantning (1839-1891) «Hasharotlarning nerv sistemasi», F.P. Keppenning (1833-1908) 3 tomlik «Zararkunanda hasharotlar» kitoblari, A.O. Kovalevskiy (1840-1901), I.I. Mechnikovlarning (1843-1916) asarlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rossiyada 1894 yilda «Entomologiya byurosi» tashkil etildi va uni I.A. Porchinskiy (1848- 1916) boshqardi. N.A. Kolodkovskiy (1858-1921) «Nazariy va amaliy entomologiya kursi» asarini yozdi. N.V. Kurdyumov (1885-1917) qishoq xo‘jaligi entomologiyasi nazariyasini yaratdi. I.Y. Shevirov (1986-1920) o‘rmon xo‘jaligi entomologiyasiga asos soldi. 1904 yilda V.P. Pospelov (1872-1949) Kiyevda entomologiya stansiyasini tashkil etdi. Stansiyaning asosiy vazifasi qand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. G.G. Yakobsan (1871-1916) to‘g‘ri qanotlilar va qo‘ng‘izlarni o‘rgandi. A.K.Mordvilko (1867-1938) o‘simlik shiralari sistematikasi va biologiyasini o‘rgangan. G.Y. Bey-Biyenko (1903-1970) tomonidan «Obshaya entomologiya» darsligining yaratilishi, yo‘nalishga oid ko‘plab ilmiy ma’lumotlarni jamlanishiga va tizimli asosda o‘rganish imkonini yaratilishiga muxim xissa bo‘lib qo‘shildi. 1911 yilda V.P. Plotnikov (1877-1949) tomonidan Turkiston entomologiya stansiyasi tashkil etildi. Bu keyinchalik O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutini tashkil etilishiga olib keldi. A.P. Semyakov-Tyan-Shanskiy (1866-1942) O‘rta Osiyo hasharotlari faunasi va tarqalishini o‘rganadi. Dunyoga mashhur olim O‘zFAning muxbir a’zosi Yaxontov Vladimir Vladimirovich (1899-1970)ning «O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi zararkunandalari» (1962) nomli asari soxaga doir manbaa sifatida muxim ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim tomonidan g‘o‘za va beda zararkunandalari o‘rganilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Tripslarning 10 ta yangi turi aniqlangan. O‘zFA muxbir a’zosi, R.A. Olimjonovning «Sug‘oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi» hamda «Entomologiya» darsligi soxa mutaxassislarini tayyorlashda – ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Dubovskiy Grigoriy Karpovich, zoolog – entomolog. G‘o‘za, beda, makkajo‘xori, sholi va boshqa ekinlarning zararkunandalari (saraton, chirildoqlar)ni o‘rgangan. Muhammadiyev Alisher Auliyanovich, zoolog-entomolog. Sharqiy O‘rta Osiyo shiralari (Nomortera, Arhidinea)ni o‘rgangan. Olim tomonidan shiralar biotsenoz va agrotsenozlar entomofaunasining muhim komponenti ekanligi, ularning mazkur ekologik tizimlardagi o‘rni va roli keng qamrovli izoxlab berilgan. Hozirda O‘zbekistonda entomolog olimlardan S.Alimuxamedov, A.Hamrayev, A.Kojevnikova, X.Kimsanboyev va boshqa entomologlar samarali mehnat qilmoqdalar. Download 38.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling