Epidemiologiya asoslari
Yuqumli kasalliklar tasnifi
Download 22.42 Kb.
|
Epidemiologiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sporadik kasalliklar.
- Endemiya
Yuqumli kasalliklar tasnifi
Yuqumli kasalliklar qaysi muxitda tarqalishiga qarab 2ga bo'linadi. Faqat odamzodga xos bo’lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi. Masalan:qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruhga kiradi. L.V.Gromoshevskiy yuqish yo’llariga qarab yuqumli kasalliklarni 5 guruxga ajratadi. 1. Ichak yuqumli kasalliklari. Bu kasalliklar fekal-oral yo’l bilan tarqaladi. Bemor ichagidagi patogen mikroblar, uning axlati orqali tashqariga chiqariladi va har xil yo’llar bilan sog'lom odamning og'zi orqali ichagiga tushadi. Bu kasalliklarga ich burug', ich terlama, xolera, gelmintozlar kabi kasalliklar misol bo'ladi. 2. Nafas yo'llari infeksiyasi. Bu kasaliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar va viruslari bemorning nafas yo'llari shilliq qavatida joylashgan bo'lib, yo’talganda, gapirganda tupik zarrachalari bilan tashqariga chiqariladi va havo orqali sog'lom odamlarga yuqadi. Gripp, qizamiq, ko’k-yo’tal, bug’ma shunday kasalliklar jumlasidandir. 3. Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklarni qo’zg’atuvchilari faqat bemorning qonida bo'ladi. Shu sababdan bu kasalliklar faqat qonso’rar hashoratlarning chaqishi orqaligina yuqadi. Ular asosan rikketsioz kasalliklardir (bezgak leyshmanioz qaytalama tif, sariq isitma kabilar). 4. Teri va tashqi shilliq pardalarida joylashadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklar kiyim-kechak, bosh kiyim, choyshablar, idish-tovoqlar, kundalik ro’zg'ori buyumlari, suv ifloslangan qo'l orqali yuqadi (qo’tir.kuydirgi, qoqshol, bo’g'ma va boshqalar). Ba'zi hollarda kasallik bemor bilan bevosita muloqatda bo’lganida yuqadi. (venerik kasalliklar, quturish, OITS va boshqalar) 5. Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga mansub kasalliklarda patogen mikrob odam tanasiga turli yo’llar bilan tushadi. Ayniqsa kasalliklardan brusellyoz, kuydirgi, o’lat, tuberkulyoz, bug’ma mikroblari shu tariqa yuqadi.Yuqumli kasalliklarning muayyan jamoada kelib chiqishi, tarqalish yo’llari va ularning oldini olishga asoslangan qonuniyatlarini o'rganadigan ta'limot epidemiologiya deyiladi. Epidemiologiya lotin tilidan epi-ko'p, demos-aholi degan ma'noni anglatadi. Epidemiologiya nuqtai nazaridan har bir yuqumli kasallikka xos epidemik jarayon mavjud. Lekin har qanday epidemik jarayon 3 bo’g'indan iborat. l.Infeksiya manbai. 2.Kasallik mikroblarning tarqalishi. 3.Kasallikka moyil odam. Infeksiya manbai. Antroponoz kasalliklarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. U bemor odam yoki bakteriya tashuvchi bo'lishi mumkin.Zoonoz kasalliklarida infeksiya manbai odam yoki hayvon hisoblanadi. Masalan brusellyozda infeksiya manbai faqat uy hayvonlari hisoblanadi. Kuydirgi o’lat kabi kalliklarda kasal hayvon ham infeksiya manbaidir. Kasallik mikroblarining tarqalishi yo’llari. Epidemik davom etishi uchun patogen mikrob, infeksiya manbaidan tashqariga chiqishi kerak. Har bir kasallikda mikrobning tarqalish yo’llari turlicha bo'ladi. Nafas yo'llari infeksiyasi havo - tomchi yo'li bilan tarqalsa, ichak infeksiyalari mikroblari esa asosan najas bilan ajralib, sog’lom kishi organizmiga og'iz orqali tushadi. Odam va hayvon to'qimalairida kasallik qo’zg'atuvchisi ko'payishi uchun imkoniyat bo’lgan taqdirdagina shu organizm yuqumli kasallikka moyil bo'ladi. Qizamiq, gripp kabi kasalliklar atrofdagi odamlarga juda oson yuqadi. Bo’g'maning yuqish ehtimoli o'rtacha, ichak infeksiyalarida undan ham kamroq. Boshqa tomondan, yuqumli kasalliklarning qanchalik og'ir o’tishi odam organizmining genetik hususiyatlari, ushbu mikrobga qanchalik bardosh berishiga bog'liq. Shu sababdan bir xil sharoitda xastalik yuqqan bo’lsa hali, ba'zilarda uning alomatlari unchalik sezilmasa boshqalarda o'rtacha og'irlikda, hatto g’oyat og’ir holda kechishi mumkin. Yuqumli kasallikka yo'liqqan odamlarning ko'p yo ozligiga qarab, epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi. 1.Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kishilar soni unchalik ko'p bo'lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi. 2. Epidemiya-yuqumli kasallikning bironta o’lka, viloyatda yoki mamlakatda keng tarqalib ketishi. 3.Pandemiya - bir vaqtda xalqaro miqyosda, ya'ni bir necha mamlakat va qit'alar bironta yuqumli kasallikning keng tarqalib ketishi (masalan: xolera, gripp epidemiyalari). 4.Endemiya - muayyan hududda bironta, yuqumli kasallikning doimiy uchrab turishi 5.Ekzotik kasalliklar-xorijdan keltirilgan yuqumli kasalliklar (masalan: bezgak, OITS kabilar). Yuqumli kasalliklarning profilaktikasi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda amalda oshiriladigan chora-tadbirlarini shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin. 1.Umumiy chora-tadbirlar. 2. Maxsus chora - tadbirlar. Umumiy chora - tadbirlar davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bunda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmatini takomillashtirish, odamlarning ishlash va dam olish sharoitlarini qulaylashtirish, uy-joy sharoitini talabga javob beradigan bo'lishi va shu kabi boshqa chora-tadbirlar ko'zda tutiladi. Maxsus profilaktik chora-tadbirlar sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy va maxsus chora-tadbirlar epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Profilaktik chora-tadbirlar uch yo’nalishda olib boriladi: 1.Infeksiya manbaini zararsizlantirish; 2. Kasallikning yuqish yo’llarini qirqish; 3. Odamlarda yuqumli kasalliklarda qarshi immunitet hosil qilish. Infeksiya manbaini zararsizlantirish avvalo tashxisni barvaqt aniqlab, bemorni tezda kasalxonaga joylab uning organizmidagi yuqumli mikroblarni yo’qotish choralarini ko’rish kerak. Bakteriya tashuvchilar qattiq nazorat ostiga olinadi. Ular sanasiya qilinadi. Bemorning idish-tovoqlari, kiyim-kechaklari, choyshablari va buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Bemorni imkoni boricha yaxshilab davolash va uni kasallik qo’zgatadigan mikroblardan halos qilish zarur. Infeksiya o’choqlarida, yuqumli kasallikdan sog'aygan kishilar va ayniqsa oziq - ovqatga, ichimlik suvlariga aloqador, bolalar muassasalarida ishlaydigan xodimlar orasida bakteriya tashuvchilarni izlab topib, ishdan vaqtincha chetlashtiriladi, nazorat ostiga olinib qayta-qayta tekshiriladi va davolanadi. Bemorlar bilan muloqatda bo’lgan kishilar nazorat ostiga olinib tibbiy tekshiruv o’tkaziladi. Bu nazorat yuqumli kasallik inkubasion davri muddatiga qarab aniqlanadi. Aholida o’ta havfli kasalliklarda (o’lat, vabo, kuydirgi) bemorlar bilan muloqatda bo’lgan hamma odamlar, maxsus izolyatorlarga yotqiziladi (observasiya qilinadi). Izolyatorda saqlash muddati kasallik inkubasion davriga bog'liq. Masalan, o’latda 6 kun, vaboda 5 kundir. Zoonoz kasalliklariga qarshi chora-tadbirlar veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Kasallik manbai kemiruvchi hayvonlar (kalamush va sichqonlar) bo’lgan hollarda, deratizasiya choralari amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi epidemik jarayonning ikkinchi bosqichi, kasallikning yuqish yo’llarini qirqish katta muhim o'rin tutadi. Bu yo’nalishda bajariladigan profilaktik choralar 3 guruhga bo'linadi: 1.Sanitariya va gigienaga taalluqli chora-tadbirlar. 2.Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizasiya. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning uchinchi bosqichi, aholining yuqumli kasallarga moyilligini kamaytirishdir ya'ni organizmning immunitetini oshirishdir. Aholining umumiy kuch qudratini oshirishda ularning turmush sharoitlarini, moddiy imkoniyatlarini oshirish muhimdir. Bundan tashqari, odamlarni emlash yo'li bilan yuqumli kasalliklarga qarshi sun'iy immunitet hosil qilish alohida o'rin tutadi.Yuqumli kasalliklar profilaktikasida dizenfeksiya ishlarining amalga oshirilishi katta ahamiyatga ega.Dezinfeksiya tashqi muhitdagi yuqumli kasalliklarning qo’zg'atuvchilarini va ularning manbalarini yo’qotish usullari va vositalari.
Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling