Epidemiologiyadan
Epidemik jarayoning omillari
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epidemik jarayoning omillari Epidemik jarayonning biologik omili - bu evolyutsion taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan parazit-qo’zg’atuvchi bilan xo’jayin-odam o’rtasidagi o’zaro munosabatlardir, ya’ni biologik omil deganda parazitar sistema tushuniladi (bu sistema asosida parazit va xo’jayin organizmi o’rtasidagi evolyutsion taraqqiyot natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi va tur sifatida saqlanib qolishini ta’minlovchi o’zaro munosabat yotadi). Odam organizmi antroponoz kasalliklarning qo’zg’atuvchilar uchun asosiy yashash muhiti, zoonoz kasalliklarni qo’zg’atuvchilari uchun esa hayvon organizmi, sapronoz kasalliklari qo’zg’atuvchilari uchun tashqi muhit ob’ektlari asosiy yashash muhitidir. Kasallik manbai evolyutsiya jarayonida tarkib topgan kasallik qo’zg’atuvchilari uchun tabiiy yashash muhitidir. Kasallik qo’zg’atuvchilari o’zlarining yashash faoliyati davomida odam organizmida va undan tashqarida o’z yashash muhitlarini o’zgartirib turishadi. Bosh (asosiy) yashash muhitini ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi zamon bilim darajasida odamlarda kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarning 3-ta asosiy yashash muhitlari tafovut qilinadi. 1) Odam - antroponozlar uchun; 2) hayvonlar - zoonozlar uchun; 3) tashqi muhit - sapronozlar uchun. Parazitlar populyatsiyalari yashaydigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari: 1) maxsus xo’jayinlar va tashuvchilar populyatsiyasi. 2) kasallik yuqishining maxsus abiotik omillari. Parazit o’z hayoti davomida ikki davrni o’tadi: odam organizmida yashash (oziqlanish, ko’payish) davri, o’z xo’jayinini almashtirish davri. Bu davrlarsiz parazitlar yashay olmaydilar, chunki har qanday organizmning hayoti chegaralangandir. Antroponoz kasalliklarining qo’zg’atuvchilar bir xo’jayinli parazitlardir. Odam organizmidan tashqarida kasallik qo’zg’atuvchilarning 2 kichik guruhlari yashaydi: 1) hayvonlar parazitlari va saprofit tipida oziqlanuvchi mikroorganizmlar, bular ba’zi hollarda boshqa hayvonlar va odam organizmiga o’tib qolishlari ham mumkin. Bu guruhdagi kasalliklar zooantroponozlar deb ataladi. 12 Ammo biologik tur sifatida yashash belgilariga qarab ular haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar sapronozlar deb ataladi. Epidemik jarayonda kasallik qo’zg’atuvchilarining asosiy xususiyatlari ularning fenotipik va genotipik geterogenliklaridir. Ular virulentliklari bo’yicha, antigenlik belgilari bo’yicha, ferment ajratishlari bo’yicha, antibiotiklarga sezuvchanliklari bo’yicha xilma-xildirlar. Ekologiya nuqtai-nazaridan qaraganda har xil guruhlar sistemasiga kiruvchi kasallik qo’zg’atuvchilarni (viruslar, rikketsiyalar, bakteriyalar, spiroxetalar, zamburug’lar, gelmintlar) 4 guruhga birlashtirish mumkin. Obligat parazitlar, odamlar uchun shartli-patogen bo’lgan obligat parazitlar, bular antroponoz kasalliklarini qo’zg’atuvchilar. Odamlar uchun patogen bo’lgan, hayvonlarning obligat parazitlari. Odamlar va hayvonlar uchun shartli-patogen bo’lgan fakultativ parazitlar, bular zoonoz kasalliklarni qo’zg’atuvchilar. Odamlar uchun obligat patogen bo’lgan parazitlar chaqirgan antroponozlarda kasallik manbai, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchilarning tabiiy yashash muhiti odam organizmi hisoblanadi. Bu holda epidemik jarayon infeksiya bilan zararlangan odamlar zanjiridan iborat bo’ladi. Infeksion jarayonning bu xil ko’rinishida kasallik manbaining epidemiologik xavflilik darajasi organizmga tushgan qo’zg’atuvchilar soniga, virulentligiga va odam organizmining chidamliligiga bog’liq bo’ladi. Odamlar uchun obligat shartli patogen parazitlarga tegishli mikroorganizmlar (esherixiyalar, klebsiellalar, stafilokokklar, difteriya tayoqchalari va boshqalar) odamlarning doimiy yo’ldoshlari hisoblanadi va organizmning og’ir jarohatlar, jiddiy jarrohlik muolajalari, leykemiya, nur bilan davolashlari oqibatida chidamliligining pasayganligida kasallik chaqirishi mumkin. Sog’lom odamlar o’rtasida ''normal" mikrofloralar almashilganda shartli patogen mikroorganizmlar ham boshqa organizmga tushib ekzogen infeksiya chaqirishi mumkin. Infeksiyalar, shartli patogen parazitlar, chidamliligi kamaygan organizmda odatdagi joylashgan joyida patologik jarayon vujudga kelsa, endogen turdagi infeksiya rivojlanadi yoki organizmning o’z mikroflorasi joylashgan odamdagi joydan boshqa patologik jarayon yuzaga kelsa, autoinfeksiya turida bo’ladi. Zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilar, hayvonlarning obligat parazitlari ko’p xo’jayinli parazitlar hisoblanadi. Bunda bir turdagi hayvonlar kasallik qo’zg’atuvchilarning asosiy manbai hisoblanadi. Boshqa turdagi hayvonlar esa oraliq xo’jayin hisoblanadi, chunki bu hayvonlar organizmda parazitlar biologik tur sifatida tabiatda saqlanib qololmaydi. Epizootik jarayon hayvonlar orasida yuqumli kasallik tarqalishi uchun o’zaro uzluksiz bog’langan zanjir bo’lib xizmat qiladi. Bunday hollarda asosiy manbadan tashqari qo’shimcha manba ham bo’lishi mumkin. Qo’zg’atuvchilarning bunday aylanish jarayonida ular odam organizmiga ham tushishi mumkin. Bunday hollarda epidemik jarayon vujudga keladi. Shunday bo’lishiga qaramay, ba’zan inson organizmi qo’zg’atuvchi uchun "biologik boshi berk ko’cha" (tupik) sifatida, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchisi kasal kishidan sog’ odamga o’ta olmaydi. Shuning uchun zoonozlarda epidemik jarayon bir-biri bilan 13 bog’lanmagan holda bo’lib, kasallik onda-sonda hayvonlardan odamga yuqishi mumkin. Ba’zi zoonoz kasalliklarda (o’pka touni, sariqlik isitmada), odam qo’shimcha kasallik qo’zg’atuvchilar manbai hisoblanishi mumkin, chunki bunday hollarda kasallik bemor odamdan sog’lom odamga o’tishi mumkin. Lekin bu holat o’tkinchi bo’ladi, chunki qo’zg’atuvchilar tabiatda biologik tur sifatida uzoq vaqt yashay olmaydilar. Bunday mikroorganizmlarga klostridiyalar, ko’pgina zamburug’lar, meliodozlar, soxta tuberkulyoz qo’zg’atuvchilari va boshqalar kiradi. Bu mikroorganizmlar ma’lum hollardagina kasallik chaqira oladi. Masalan, qoqshol og’iz orqali yuqqanda kasallik chaqirmaydi, agarda qo’zg’atuvchi jarohatlangan teriga tushsa kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Shunday qilib, fakultativ ko’zgatuvchilarning manbai bo’lib, tabiatda jonsiz muhit (tuproq va boshqa), hayvon yoki odam organizmlari hisoblanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling