Epidemiologiyadan


Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Dezinfeksiya kameralarining tuzilishi 
Har qanday tipdaga dezinfeksiya kameralari asosan buyumlar solinadigan asli 
kameradan, issiqlik manbalaridan (olov yoqiladigan o’choq, elektr asboblari va 
bug’ qozon) va nazorat qiluvchi o’lchov asboblaridan (termometrlar, monometrlar) 
iborat bo’ladi. 
Deyarli hamma tipdagi kameralarda ishga soladigan moslama (bug’ enjektori, 
motorli shamol haydagich bo’lgan yoki bunday moslama bo’lmagan) sof havoni 
kiritib, eskisini chiqaradigan shamol haydagich mavjud. Bu moslama kamera 
ichida haroratni boshqarishga, undagi bug’ni chiqarib yuborishga, Shuningdek 
zararsizlantirish tugagandan keyin buyumlarni sovutishga xizmat qiladi. Bundan 
tashqari, kameralarda dezinfeksiya qiluvchi kimyoviy moddalarni (formalin, 
ammiak va boshqalar) kiritish uchun forsunka, lotok va boshqa moslamalar 
shaklidagi maxsus asboblar ham bo’lishi mumkin. 
Asli 
kameralarning 
ichki 
va 
tashqi 
hajmi 
kamera 
tipiga, 
dezinfeksiyalanayotgan buyumlarning oz-ko’pligiga va ularning kameralarda 
qanday joylashishiga ko’ra turlichadir. Bug’ kameralari odatda yassi-yumaloq 
shaklda yasaladi, joylarda quriladigan kameralar esa to’rt burchak shaklida bo’lib 
hajmi va sig’imi yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari, ba’zan kamera uchun 
mo’ljallangan xonaning hajmiga bog’liq bo’ladi. Issiqlik manbalari kameralar 
tipiga ko’ra har xil bo’ladi. Kamera haroratini kuzatib turish uchun burchakli yoki 
to’g’ri texnik termometrdan foydalaniladi. Namlik maromi psixrometrlar 
yordamida o’lchab boriladi. Vakuum-kameralardagi siyraklashgan havoni bosimini 
mono-vakuummetrlar yordamida o’lchanadi. Kamera binosining yuk tushiradigan 


80 
(toza) qismi tomonida kameraning nazorat o’lchov asboblari o’rnatiladi. 
Xavfsizlikni taminlash maqsadida kameralarda ortiqcha bug’ni chiqarib yuborib
bosimni pasaytiruvchi ehtiyot ochib - yopqichlar o’rnatilgan. 
Mustaqil ish uchun vazifa: 
Talaba masala echishi shart. Masala yozma ravishda yechilib, o’qituvchiga 
baholash uchun topshiriladi 
I — masala. 
Epidemiolog-vrach ich terlama kasalligi o’chog’ida yakuniy dezinfeksiyani 
nazorat kilib, quyidagi kamchiliklarni aniqladi: 
a) dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan quyidagi narsalar: idish-tovoq, tuvak, 
kasalning kiyim-kechaklari dezinfeksiya qilinmagan; 
b) kiyim-kechaklarni, choyshablarni dezinfeksiya qilish usuli noto’g’ri olib 
borilgan, ya’ni ular faqatgina yuvilgan; 
1. Dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aniqlab, ularni dezinfeksiya 
qilish tartibini ko’rsatib bering. 
2. Dezinfeksiya qilish usullariga tavsif bering. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling