Epidemiologiyadan
Jonsizlantirilgan vaksinalar
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy vaksinalar.
Jonsizlantirilgan vaksinalar. Bunday vaksinalar patogenlik va virulentlik
xususiyatlari yaxshi rivojlangan kasallik qo’zg’atuvchi shtammlaridan tayyorlanadi. Maxsus oziqli muhitda o’stirilgan bu qo’zg’atuvchilar shtammlari qizdirish yo’li bilan yoki formalin, etil spirti, aceton va boshqa bakterisid moddalar yordamida inaktivatsiyalash (jonsizlantirish) yo’li bilan olinadi. Jonsizlangan vaksinalarni konservalash uchun ularga tozalangan kuchsiz fenol va mertiolet suyuqligi qo’shiladi. Tirik vaksinalardan farqli o’laroq faqat 2-3 qayta yuborilgandan so’nggina immunitet hosil qiladi; immunitetning davomiyligi 6-10 oydan oshmaydi. Jonsizlantirilgan vaksinalar muzlatilganda yaroqsiz holga keladi. Hozirgi vaqtda jonsizlantirilgan vaksinalar ich terlama, ko’kyo’tal, kanali encefalit, leptospiroz kabi kasalliklarga qarshi emlash uchun ishlatiladi. Jonsizlantirilgan vaksinalarning qulayliklaridan biri ularni tayyorlash tirik vaksinalarga nisbatan ancha osonroq yo’llar bilan amalga oshadi, undan tashqari bu vaksinalarni uzoq muddatda saqlash imkoniyati bor. Kimyoviy vaksinalar. Kimyoviy vaksinalar bakteriyalardan ularning tarkibida joylashgan eruvchan antigenlarni toza holda ajratib olish uchun murakkab kimyoviy va fermentativ ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bakterial hujayralardan ajratib olingan eruvchan antigenlar organizmga yuborilganda tez so’rilib ketadi, kuchsiz immunitet hosil qiladi va organizmga kimyoviy moddalarning qoldiqlari zaharli ta’sir ko’rsatadi. Bunday kamchiliklarni yo’qotish uchun vaksinaga suvda erimaydigan odam organizmi uchun zararsiz bo’lgan moddalar (alyuminiy gidroksidi yoki alyuminiy fosfat tuzi) qo’shiladi. Bu moddalar antigenlarni o’ziga shimib oladi (sorbsiya) va ularning organizmga so’rilishini sekinlashtiradi. Shimdirilgan (sorbsiyalangan) vaksinani teri ostiga yuborilganda shu joyda antigenlar "deposi" hosil bo’ladi va organizmga asta-sekin so’rilishi natijasida toksik (zararli) ta’siri kamayadi. Antigenlarning asta-sekin so’rilishi organizmda kuchliroq va uzoq muddatli immunitet hosil bo’lishini ta’minlaydi. Bu esa saralangan kimyoviy vaksinani bir marta yuborish bilan kerakli immunitet hosil qilishini ta’minlaydi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling