102
YUQUMLI KASALLIKLAR KO’P YILLIK DINAMIKASINI TAHLIL
QILISH
Ushbu tahlilning maqsadi:
- Kasallanishning ko’p yillik tendensiyasini aniqlash;
- Epidemik siklning jadallashish va davom etishini aniqlash;
- Epidemiyaga qarshi o’tkazilgan tadbirlarning
samarasini aniqlab,
ularga baho berishdir.
Kasallanishning ko’p yillik o’zgarish sur’atini tahlil qilish uslubi
Ko’p yillik o’zgarish sur’ati - bu ma’lum yillar
ichida kasallanishning
o’zgarishi. Bu o’zgarishlar har xil sabablar ta’sirida bo’ladi.
Bu sabablar uch guruhga bo’linadi:
1. Doimo ta’sir qiluvchi sabablar.
2. Davriy ta’sir etuvchi sabablar. Ularning ta’siri ma’lum
yillarda davriy
qaytariladi.
3. Epidemik jarayon jadalligining o’zgarishiga sabab bo’luvchi
tasodifiy
uzluksiz o’zgaruvchi omillar. Shunday qilib ko’p yillik
tendensiyalarning turlari
quyidagicha:
1. Bir taraflama yo’naltirilgan o’zgarishlar.
2. Davriy tebranishlar.
3. Davriy bo’lmagan tebranishlar.
Ko’p yillik epidemik tendensiya
Tendensiya to’g’ri yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin:
a) to’g’ri chiziqli tendensiya infeksiya tarqalishidagi sabablarning o’zgarishi
bilan bog’liq.
b) egri chiziqli tendensiya - sabablar notekis ta’sir etganda sodir bo’ladi.
Ko’p yillik epidemik tendensiya asosida odamlarning
hayot sharoitlarining
o’zgarishi, ya’ni ijtimoiy omillar yotadi. Har xil infeksiyalarda ko’p
yillik
epidemik tendensiyalarning o’zgarishi bir xil emas.
Boshqariladigan infeksiyalar ko’p yillik tendensiyasi
profilaktik emlash
tadbirlarining sifatiga bog’liq boshqarilmaydigan infeksiyalar (gripp, ORZ)
tendensiyasi asosida aholi soni o’zgarishi va uning
aholi punktlarida va ular
orasida muloqotda bo’lishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: